Diktant sinovlariga tayyorlov
494 subscribers
871 photos
22 videos
74 files
22 links
Savodxonlikni oshirish, dunyoqarashni kengaytirish, yoshlarni diktant, bayon, insho yozish malakasini oshirish uchun onlayn darslar
@diktantgaonlayntayyorlash
Download Telegram
DIQQAT! DIQQAT!
📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚

Hurmatli kitobsevarlar!
Uyda o'tirib zerikdingizmi?
Sizda o'z dunyoqarashingizni oshirishda ajoyib imkoniyat.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@yoshlarkutubxonasiQR

telegram kanaliga a'zo bo'lib, o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlaridan 📕mutolaa yoki 🎧 audio shaklda foydalanishingiz mumkin.

Uyda qoling va dunyoni kitoblar bilan ko'ring!
The account of the user that created this channel has been inactive for the last 5 months. If it remains inactive in the next 20 days, that account will self-destruct and this channel will no longer have a creator.
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi
I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-avgust,
339-son

Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qaroriga

ILOVA

O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI

HARFLAR IMLOSI

Unlilar imlosi
1. A a harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi
2. O o harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. I i harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.
4. U u harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
5. O‘ o‘ harfi o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi, bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6. E e harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba’zan u undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi.
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
v) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
g) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
d) ea: teatr, okean, laureat kabi;
2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli u aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.

@Shoira_Ibragimova
The account of the user that created this channel has been inactive for the last 5 months. If it remains inactive in the next 9 days, that account will self-destruct and this channel will no longer have a creator.
ASSALOMU ALAYKUM!

Sinov imtihonlarida

DIKTANT
BAYON
INSHO


kabi yozma ish topshiruvchi o'quvchilar!

Online darslarimiz davom etmoqda. Har bir ishtirokchi bilan yakka holda ishlanadi. Hozirgi sinovli kunlarda vaqtni samarali o'rkazib, imlo savodxonligingizni yanada oshirib oling!

Murojaat uchun:

+99891 334 07 24
telegram raqamiga bog'laning.
@Shoira_Ibragimova
ASSALOMU ALAYKUM!

Sinov imtihonlarida

DIKTANT
BAYON
INSHO

kabi yozma ish topshiruvchi o'quvchilar!

Online darslarimiz davom etmoqda. Har bir ishtirokchi bilan yakka holda ishlanadi. Hozirgi sinovli kunlarda vaqtni samarali o'tkazib, imlo savodxonligingizni yanada oshirib oling!

Murojaat uchun:

+99891 334 07 24
telegram raqamiga bog'laning.
@Shoira_Ibragimova
Assalomu alaykum, aziz kuzatuvchilar!
Kanalimizda yana
"Chiroyli husnixat" tanlovini o'tkazishimizni istaysizmi?
Siz azizlarning fikringizni bilmochimiz.
DIQQAT TANLOV!

HURMATLI O'QUVCHILAR!
An'anaga aylangan
"Chiroyli husnixat" tanlovini e'lon qilamiz.

Ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan.

G'oliblar ikki yo'l bilan aniqlanadi:

1. Ovoz berish yo'li;

2. Mutaxassislarning tanlovi.

Matn hamma uchun bir xil. Ishtirokchining shaxsiy surati va yozgan matni alohida taqdim qilinadi. Ishtirokchilar ismi sharifi, o'quv muassasi nomi to'liq keltirilgan bo'lishi kerak.
Tanlov natijalari 25-may kuni e'lon qilinadi. G'oliblar maxsus diplom va sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Ishirokchilar ikki yosh toifasida saralanadi:

1. 15 yoshgacha (1,2,3-o'rin)
2. 15 yoshdan kattalar.(1,2,3-o'rin)

O'ziga xos yozuv egalari ham alohida nominatsiyalar bilan taqdirlanadi.
👇👇👇👇👇👇
@tanlovdiktant
👆👆👆👆👆

manziliga yuboriladi.
@Shoira_Ibragimova
Ushbu matnni yozib
@tanlovdiktant manziliga yuboring.
Tanlovning 2019-yil g'oliblari
1- ishtirokchi
Begmanov Ravshan
Toshent shahri Yashnobod tumani 9-sinf o'quvchisi

@Shoira_Ibragimova
2- ishtirokchi
Abdusattarov Samandar Toshkent shahri Yashnaobod tumani 152- maktabning 9- sinf óquvchisi

@Shoira_Ibragimova