9.6K subscribers
82.5K photos
2.35K videos
26 files
13.8K links
Telegram: t.me/Shofirkon_matbuotxizmati Vebsayt:https://Shofirkon.buxoro.uz Facebook: //www.facebook.com/shofirkontuman.hokimligi Murojaat uchun: 502-23-63 99 557 9391 Adminga murojaat: t.me/Komiljon_Hamroyev
Download Telegram
#Yashil_makon

Ko‘chat ekish, daraxt o‘stirish, tabiatni asrab-avaylash xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir. Shu maʼnoda, qaysi sohada ishlamasin har bir yurtdoshimiz daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shsam deydi.

Ayni kunlarda viloyatimizning barcha tumanlarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida ko‘chat ekib, bog‘-rog‘lar barpo etish va tevarak-atrof musaffoligini taʼminlashdek xayrli tashabbus izchillik bilan tumanimizda keng quloch yozdi .

Mazkur amaliy tadbirlar mahallalardan mahallarga ko'chdi.

Jumladan Jo'sho'ra mahalla fuqarolar yig'inida mazkur loyiha asosida bugungi kunga qadar 4696 ta mevali va manzarali ko'chatlar o'tqazildi.

Mahalla raisi Xosiyat Farmonova tashabbusi bilan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida mahallada ko'chatlar yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkadan mahalla aholisi 800 ga yaqin mevali va manzarali ko'chatlar sotib olib, xonadon tomorqa yerlariga o'tqazishdi.


Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
#Xalqaro_baģrikenglik_kuni
#repost

Dunyo tarixida kiyim insoniyat taraqqiyotining eng qadim davrlarida, ya’ni 40-25 ming yil ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib, ularda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik va nafosatga bo‘lgan intilishlari yaqqol namoyon bo‘ladi.

Kuni kecha Shofirkon tumani 26-maktabning o'quvchi-qizlari ishtirokida "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida "Milliy an'ana va milliy liboslar" ko'rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda o'quvchi-qizlar tomonidan milliy kiyim hamda milliy urf - odatlarimizni nomoyon etuvchi chiqishlar qilindi.

Yoshlar faolligini ta’minlashning muhim yo‘nalishi ular ongida milliy urf-odat va an’analarni shakllantirishdir. Milliy urf-odatlar hayotimizning har bir sohasiga singib ketgan bo‘lib, bu urf-odatlar bizni aynan qaysi xalq vakili ekanligimizni ko‘rsatuvchi izoh, ya’ni, bizning kim ekanligimizni isbotlovchi dalil hisoblanadi.


✍️ Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
#Xalqaro_baģrikenglik_kuni
#repost

Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi. Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Shofirkon tumani 32-umumiy o'rta ta'lim maktabda 16-noyabr-Xalqaro baģrikenglik kuni munosabati bilan "Milliy liboslarimiz-milliy qadriyatlarimiz bezagi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Ushbu kòrgazmani tashkil etishdan maqsad òquvchi qizlarning milliy udum va qadriyatlar ruhida tarbiyalash ularni oilaviy hayotga tayyorlashdan iborat.


✍️ Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
#Muqaddasdir_vatan_bayroği

Har bir davlatning mustaqilligini, ozodligini koʻrsatuvchi timsollari bor. Ana shunday ramzlardan biri bayroqdir. Zero milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Bugun xalqimizning milliy qadriyatlarini oʻzida ifoda etgan bayrogʻimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tumandagi 4-maktabda "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadosi ostida boshlangan tadbir, o'quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna asarlari va she'riy chiqishlariga ulanib ketdi.

✍️
Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati