🤗SHIRIN ORZULAR🤗_"uyda qoling"
4 subscribers
1.43K photos
563 videos
6 files
149 links
Gar aslim bilmoq istasang Yuragimga boq!
Eng sònggi mp3lar🎵
Ajoyib videolar🎥
Statusli rasmlar📷
Sizga yoqadigan postlar❤
Faqat siz uchun Giflar💝
Faqat bizni kanalda😎😎😎
Download Telegram
Аслида соғинган инсоннинг СОҒИНДИМ дейишга мажоли ҳам бўлмайди...
Бир неча йил олдин узилиб қолган қадрдоним, тутинган синглим мени излаб ижтимоий тармоқдан топиб олди. Бу хурсандчиликни таърифлашга тилим ожиз. Кимгадир керак эканлигингни билиш, сени соғиниб, истаб, излашлари нақадар улкан бахт!!! (Бу постдан кейин каналдаги айрим сабабларга кўра узилиб қолган қадрдонлар мени излашга тушса ажаб эмас... ☺️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Юрагингдан юрагимга бир финжон қаҳва қўйгин, жон. Қўйгинки, юрагинг қаҳвасидан ичиб, қирқ йил эмас, икки дунёда сенда қолайин...
Forwarded from Kum Gibi...
Bilaman, siz meniki emassiz, lekin men meniki bo'lmasada o'zimga, ko'nglimga yaqin insonlarni qizg'onaveraman, ulardan xavotir ham olaveraman... va bundan afsuslanmayman.
Forwarded from Kum Gibi...
•••
Siz bu dunyoda o‘zingizni keraksiz deb o'ylashingiz mumkin.
Lekin kimdir har kuni ertalab unga sovg‘a qilgan sevimli bokaldan qahva ichadi. Kimdir sizni eslatadigan qo'shiq eshitadi. Kimdir siz unga tavsiya qilgan kitobni o'qiydi. Kimdir sizning hazilingizni eslaydi va kechqurun ishdan qaytib, tabassum qiladi.
Kimdir endi siz sabab o'zini biroz ko'proq seva boshlaydi.

Hech qachon hech narsaga ta'sir qilmayman, deb o'ylamang. O'zingiz qoldirgan izingizni, hatto yaxshilikning kichik harakatlari bo‘lsa ham, yo'q qilish imkoni yo‘q!
Forwarded from Kum Gibi...
Ba'zan chin sevilmoq uchun yaqinlashmaslik, haqiqiy muhabbat uchun esa ayrilmoq kerak ekan.

Balkim qismatimiz nihoyasi anglaganimizdek fojeali emasdir?...
Forwarded from FARAHLI NOYABR "AMOR FATI"🦋 (Sarafroz...)
-Nima qiyin?
-His qilish...
-Tushunish qiyin emasmi?
-Hozir hamma o'zicha tushunadigan bo'lib qolgan...)))

__Sarafroz qiz...🦋__
Forwarded from FARAHLI NOYABR "AMOR FATI"🦋 (Sarafroz...)
**Inson hayoti sevgi uchun uzunlik qiladi...

Sarafroz qiz...
**
Forwarded from FARAHLI NOYABR "AMOR FATI"🦋 (Sarafroz...)
Ayol kishini tushunish emas, his qilish kerak...
Forwarded from FARAHLI NOYABR "AMOR FATI"🦋 (Sarafroz...)
Uning nima diyotgani bilan nima his qiloyotgani bu boshqa boshqa tushunchalardir...!
Forwarded from Kum Gibi...
#hayotiy

O'zi yonimda bo'lmasa-da, hali bir bor diydor nasib qilmagan bo'lsa-da, qalban yaqinim, ruhan dalda bo'lib kelayotgan yaqinim borligiga shukr!

Yaxshilarim, borlaringizga shukr!
O'zlaringizni avaylang, men uchun, o'zingiz uchun, yaqinlar uchun!

Sarafroz qiz...☘☘☘
Forwarded from Kum Gibi...
***

Dilimdagi, ichimdagi so'zlar kimgadir ozor berishidan qo'rqib, ularni qog'ozga tushiramanda olov beraman... Dardlar biroz unitiladi o'shanda...)
Forwarded from Kum Gibi...
- Sevgi nima?
- Sevgi... u xuddi ertalabki tumandek bir nima. Qachonki uyg'onganingizda tonggi quyosh nurlari ko'rinishi bilan juda tez yo'qoladi, shunday qilib tuyg'ular ham kuyib ketadi.
- Rostdanmi?
- Bunga aminman!
- Tuyg'ular ham kuyadimi?
- Albatta, juda tez.
-...
- Sevgi bu - reallikning ilk nurlari ko'ringanidan yo'qoluvchi shunchaki bir tumandir.
Forwarded from Kum Gibi...
.
•••
...O'z hayotingni bo'lishishni xohlaydigan insonni tanlash, bu har birimiz uchun eng kerakli yechimdir, eng kerakli...

Chunki, agar adashsangiz hayot o'z ranglarini yo'qotadi.
Ba'zan... ba'zan hattoki siz bunga e'tibor bermaysiz.
Faqatgina bir kun kelib uyg'onganingizda, ko'zingiz ochilganida qanchalik ko'p yillar yo'qotganingizni anglaysiz...


Bu ikkimizga ham juda tanish tuyg'u...

Sen bilan do'stligimiz hayotimning barcha yo'qotilgan ranglarini qaytardi.
Sen eng og'ir damlarda ham yonimda qolding. Bu uchun sendan juda minnatdorman.


Senga ham shunday javob qaytarishga harakat qilaman...!
Forwarded from Kum Gibi...
Azizim, tinchmisiz, joningiz sog‘mi,
Ko‘nglingiz xotirjam, vaqtingiz chog‘mi,
Baxtingiz bo‘ylari osmonmi, tog‘mi,
Nega tushlarimda bezovtadaysiz?

Ko‘nglimda g‘alayon, ko‘nglimda isyon,
Xavotir sochlari tuzg‘igan har yon,
Mushtdek yuragimning og‘zi, burni qon,
Nega tushlarimda bezovtadaysiz?

Yo‘qlab borolmayman, haqqim boshu xam,
Hatto bir qo‘ng‘iroq qilmoqlikka ham.
Xayol, g‘ayur do‘stim, yuz, ko‘zlari nam,
Nega tushlarimda bezovtadaysiz?

Azizim, tinchmisiz, joningiz sog‘mi...
Forwarded from Kum Gibi...
Baxt balki keyingi sahifadadir... Kitobni yopma...!
"Вақтинг борми?" "кўришсак бўладими?" демасдан эшигини тақиллатиб борадиган дўстлар керак бизга.

Ҳақиқий дўст "борайми йўқми?" дея сўрамайди, эшигингни тақиллатиб келаверади.

Шундай дўстларимиз бор бўлсин...
ДЎСТЛИК — хабардор бўлиш, ҳол -аҳвол сўраш, хавотир олиш, яхшиликда ҳамкор бўлишдир. "Яхшимисан?" дейиш, "Очмисан?", "Юрагинг қандай?", "Бирор жойинг оғримаяптими?" "Бахтимга омон бўлгин, бор бўлгин!" демоқдир.

Ва ҳаммасидан муҳими буларни чин ЮРАКДАН айтиш демакдир дўстлик!...

#Sumayyam_uchun🤗🤗🤗
Ўз истаги билан танланган ёлғизлик инсонни комилликка етказади. Исталмаган ёлғизликка маҳкумлик эса инсоннинг руҳини чиритади...
Баъзи қаҳвалар узоқларга термулиб ичилади. Баъзан қаҳва ҳасрат ифори таратади. Ҳар қултумида соғинч, ҳар томчисида кўз ёши бўлади...

Согиндим...
Қарасам, йўқлигинг билан муроса қилолмайман, ўтирдим, йўқлигингни ҳам севдим...