Sevgi She'rlari
15.6K subscribers
11K photos
5.5K videos
9 files
12.6K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
🌸Sogʻinsam soʻzingni🥀

Sog‘insam so‘zingni o‘ylab negadir,
Mening xayollarim ketdi qaygadir.
Bormi aytaqolgin menga  nimadir,
Senga kerakmanmi yoki kerakmas.


Bir kuni xayotdan ketib kelmasam,
Sevgingni koʻrib men armon qilmasam.
Sevmasang yuragim kuydirar tanam,
Senga kerakmanmi yoki kerakmas

Sensizlik yurakni yoqib oʻtarkan,
Sogʻinch koʻzyoshlarin sekin to'karkan.
Sevganlar yetolmay bir- birlariga
Armon quchogʻida oʻlib ketarkan.

Ayt aytaqol yorim  so‘yla  yorginam,
Oshiqlar shunchalik qiynalarmikan.
Xayotga aytaymi  oxu zorginam,
Sensizlikka yuragim ayt ko'narmikan

Yo Rabbim dardima sen bergil shifo,
Dardlarim bepayon yuragim  xasta.
O‘z yorimdan netay ko‘rdima jafo,
Bo‘ldim devonalar nega bir pasta.

Bunday sevgi bo‘lsa o‘t tushsin bunga,
Ortiq chidolmasman yetmas bardoshim,
Ey yaratganim orom  ber  tanga,
Behuda to‘kmayin aslo ko‘z yoshim.

Xamon sog‘inaman gulgun yorimni,
Tinglarmikan bir zog‘ ohu zorimni.
Dunyodan bosh olib ketayinmi yo,
Chertaman g'amgin bu dilim torini.

Sizga kerakmanmi yoki kerakmas

Yusufjanov   Usmonjon

@Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☺️ ФАКАТ АЁЛ-ҚИЗЛАРИМИЗ УЧУН

📈 Ҳалол бизнес.
💵 Ойлик нақд!
🛍 Шартли харид йўқ!
🧕 Мусулмон компания.
🔅 ХАЙРИЯ ЭҲСОН куни бор!
🏠 Уйдан туриб ишлаш имконияти.
Malumot uchun
👇👇👇👇👇👇
http://t.me/+TL7xBq8EbRkzNDk6
http://t.me/+TL7xBq8EbRkzNDk6
http://t.me/+TL7xBq8EbRkzNDk6
http://t.me/+TL7xBq8EbRkzNDk6
Kelmaysan 🥀🥀🥀
Mohinur 🕊 Solihabegim
CHAQIRGANDA KELMAYSAN YOR

Ozorlarga toʻldi qalbim bilmaysan,
Kunda ming bor oʻlganimni  sezmaysan.
Nima uchun jonim meni  qiynaysan,
Chaqirganda kelmaysan yor kelmaysan.

Ketging kelmayapti, boʻldingmi bezor,
Yoʻlingni koʻp kutdim, boʻlib intizor,
Bilsang mehr berdim, chekma deb ozor,
Chaqirganda kelmaysan, yor kelmaysan,

Sensiz yashamoqlik naqadar ogʻir
Qalbimni qiynaydi alamlar ogʻrir,
Sogʻinchlarda tamom boʻlyapman oxir
Chaqirganda kelmaysan, yor kelmaysan.

Orzular sarobmi, ahvolim xarob,
Ishqingda ichgandim may ila sharob,
Kelmasa na qilay sendan bir javob,
Chaqirganda kelmaysan, yor kelmaysan.

Qismatni zarbidan qochib boʻlmaydi,
Siringni oʻzgaga aytib boʻlmaydi,
Bu dunyo yolgʻonga aslo toʻymaydi,
Chaqirganda kelmaysan, yor kelmaysan.

Olislarda yurib, sabrim sinama,
Kelmasang aytgin-da, aslo aldama,
Intizor yuragim, bilmasang bilma,
Chaqirganda kelmaysan, yor kelmaysan.

Mualliflar
Mohinur
Solihabegim
(Dilafruz Shahrixoni)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Seni qanday aldashim mumkin..?

Gumonlarni bas qilgin endi,
Qiynamasdan meni ham tushun.
O'rtamizda bor ahir sevgi,
Seni qanday aldashim mumkin.

Yurak sen deb urib turibdi,
Ishonmaysan ayt menga nechun.
Ahir Hudo kurib turibdi,
Seni qanday aldashim mumkin.

Ayt qandayin keltiray isbot,
Kuksingdan gumonni yulib ot.
Ishonmaysanmi menga nahot,
Seni qanday aldashim mumkin.

Og'ir botar so'zlaring taxir,
Nega o'zgarding ayt ne uchun.
Tushun seni sevaman ahir,
Seni qanday aldashim mumkin.

Oshiq yurak yolg'on bilmaydi,
Aybsiz aybdor bo'lib yig'laydi.
Gumoning aqlimga sig'maydi,
Seni qanday aldashim mumkin.

Oramizga tashlama ora,
Gumon qalbni aylaydi pora.
Ishonmasang ko'zimga qara,
Seni qanday aldashim mumkin.

Seni qanday aldashim mumkin...!

Komola Qiz

@Sherlari_Sevgi
JOYNOMOZDA JONIM OL, XUDO!

Bosgan yo'lim qanchalar xato,
Etma meni, mehringdan judo,
SHu birgina, Sendan o'tinchim,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

Xayot berding, zikring qilmadim,
Nematingga shukring qilmadim,
Nafsim sevdim, farzim bilmadim,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

Obro' uchun qo'ydim ko'p paxta,
YUzimdagi niqobim soxta,
Men qaro yuz, adashgan banda,
Joynamozda jonim ol Xudo...

Ota - onam qadrin unutdim,
Jigarlarim begona tutdim,
Do'stim qolib, dushmanim kutdim,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

Xaridorga tarozdan urdim,
Halollikdan yuzimni burdim,
Molim sotib, shodon ot surdim,
Jaynomozda jonim ol, Xudo...

Boqaman, deb, o'g'il qizimni,
CHo'zdim atay, olgan qarzimni,
Bajarmadim besh vaqt farzimni,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

SHuxrat, deya, yugurib toldim,
Baland - baland imorat soldim,
Doim ish deb, g'aflatda qoldim,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

Riyo terin qoplab betimga,
Sahovatim qilmay yetimga,
Ulfatga osh berdim, tekinga,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

Maishatga pulim ayamay,
Marifatga o'tdim qaramay,
YOlboraman, endi qiynamay,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

Ko'prik qurmay soyu, ko'l uchun,
Yo'l solmabman bitta el uchun,
Sarflabmana, umrim yel uchun,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

Umidvorman inoyatingdan,
Umidvorman sinoatingdan,
Umidvorman xidoyatingdan,
Joynamozda jonim ol, Xudo.

Murod, g'arib dilin navosi,
Bo'lib Rasululloh xamrozi,
Topsam deydi, Rabbim rizosin,
Rahmatingni ko'r, menga ravo,
Joynamozda jonim ol, Xudo...

@Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
X A Y R L I   T U N

M E X R I B O N L A R I M


Falakka hukm etar tangriday boʻlsam,
Falakni qilardim oʻrtadan barham.
Yangidan shunday bir falak tuzardim,
Yaxshilar tilakka yetardi ul dam.

XAYRLI TUN

AZIZLARIM YAXSHI DAM OLING!!!


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va roxmatullohu va barokatuh.

☁️Xayrli Tong!


🍃🌸Bugungi Dushanba 1-uyul kuningiz muborak va xayrli boʻlsin...!!!

🌸🍃Ushbu otayotgan Tong nafasidan baxra olayotgan
barcha - barchangizga boshlanayotgan kun va bugungi ezgu ishlaringizda xayru - baraka tilaymiz...!

🍃🌸Yaxshi insonlarni begʻubor Tong nashidasi bilan siylagan Allohga cheksiz hamdu sano va shukronalarimiz boʻlsin...!🤲

🌸🍃 Barchangizni toza koʻngillaringizni bugungi ajib kun nurafshon etsin...!🤲

🍃🌸 Allohim sizni ikki dunyoda Azizu mukarram qilsin...!🤲

🌸🌼 XAYRLI TONG 🌷🌹

Telegram.me/Sherlari_Sevgi ❄️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

1 - I Y U L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iyul oyida tug‘ilganlar haqida bilib oling!

Shu oy kimni tug‘ilgan kuni!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
#𝘗𝘳𝘦𝘮𝘺𝘦𝘳𝘢_𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪

𝘒𝘰ʻ𝘻𝘪𝘮 𝘣𝘰𝘴𝘪𝘣 ğ𝘢𝘧𝘭𝘢𝘵 𝘶𝘺𝘲𝘶𝘴𝘪 ,
𝘔𝘢𝘺𝘩𝘰𝘯𝘢𝘭𝘢𝘳 𝘥𝘰ʻ𝘴𝘵𝘪𝘮 𝘫𝘰𝘯𝘢𝘫𝘰𝘯 .
𝘖𝘵𝘮𝘢𝘥𝘪 𝘩𝘦𝘤𝘩 𝘩𝘪𝘺𝘰𝘯𝘢𝘵 𝘵𝘰𝘯𝘨𝘪 ,
𝘏𝘢𝘵𝘰𝘭𝘢𝘳 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘺𝘦𝘯𝘨𝘥𝘪 𝘖𝘯𝘢𝘫𝘰𝘯 ...

𝘋𝘰ʻ𝘴𝘵 𝘲𝘰ʻ𝘭𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘵𝘶𝘵𝘮𝘢𝘥𝘪𝘮 𝘢𝘧𝘴𝘶𝘴 ,
𝘡𝘰ʻ𝘳 𝘺𝘪ğ𝘭𝘢𝘥𝘪 𝘬𝘰ʻ𝘬𝘴𝘪𝘮𝘥𝘢 𝘯𝘰𝘮𝘶𝘴 ,
𝘋𝘶𝘯𝘺𝘰 𝘬𝘰ʻ𝘻𝘨𝘢 𝘬𝘰ʻ𝘳𝘪𝘯𝘢𝘳 𝘯𝘶𝘳𝘴𝘪𝘻,
𝘏𝘢𝘵𝘰𝘭𝘢𝘳 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘺𝘦𝘯𝘨𝘥𝘪 𝘖𝘯𝘢𝘫𝘰𝘯...

𝘘𝘢𝘺𝘨𝘢 𝘣𝘰𝘳𝘴𝘢𝘮 𝘱𝘰𝘺𝘨𝘢𝘬𝘥𝘢 𝘫𝘰𝘺𝘪𝘮 ,
𝘚𝘶𝘷𝘨𝘢 𝘵𝘢𝘴𝘩𝘯𝘢 , 𝘲𝘶𝘳𝘪𝘥𝘪 𝘴𝘰𝘺𝘪𝘮 ,
𝘋𝘦𝘳 𝘦𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘢𝘷𝘷𝘢𝘭𝘭𝘢𝘳 𝘣𝘰𝘺𝘪𝘮 ,
𝘏𝘢𝘵𝘰𝘭𝘢𝘳 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘺𝘦𝘯𝘨𝘥𝘪 𝘖𝘯𝘢𝘫𝘰𝘯...

𝘛𝘢𝘳𝘬 𝘦𝘵𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘻𝘢𝘳𝘭𝘢𝘳 , 𝘵𝘶𝘭𝘭𝘰𝘭𝘢𝘳 ,
𝘋𝘰ʻ𝘴𝘵 𝘣𝘪𝘭𝘣𝘢𝘨𝘢𝘯𝘭𝘢𝘳 𝘲𝘪𝘭𝘥𝘪 𝘢𝘥𝘰𝘭𝘢𝘳 ,
𝘊𝘩𝘪𝘯 𝘮𝘦𝘩𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘥𝘪𝘮 𝘨𝘢𝘥𝘰𝘭𝘢𝘳 ,
𝘏𝘢𝘵𝘰𝘭𝘢𝘳 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘺𝘦𝘯𝘨𝘥𝘪 𝘖𝘯𝘢𝘫𝘰𝘯...

𝘠𝘪ğ𝘭𝘢𝘺 𝘥𝘦𝘴𝘢𝘮 𝘤𝘩𝘪𝘲𝘮𝘢𝘴 𝘩𝘢𝘵𝘵𝘰 𝘺𝘰𝘴𝘩 ,
𝘋𝘶𝘯𝘺𝘰 𝘦𝘬𝘢𝘯 𝘴𝘩𝘶𝘯𝘤𝘩𝘢 𝘣𝘢ğ𝘳𝘪𝘵𝘰𝘴𝘩 ,
𝘘𝘢𝘯𝘥𝘢𝘺 𝘣𝘦𝘳𝘢𝘺 𝘣𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘣𝘢𝘳𝘥𝘰𝘴𝘩 ,
𝘏𝘢𝘵𝘰𝘭𝘢𝘳 𝘺𝘦𝘯𝘨𝘥𝘪 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘖𝘯𝘢𝘫𝘰𝘯...


𝘉𝘢𝘹𝘵𝘪𝘺𝘰𝘳 𝘔𝘪𝘳𝘻𝘰
🎙𝘌𝘭𝘳𝘰𝘻

𝘒𝘢𝘯𝘢𝘭𝘪𝘮𝘪𝘻𝘨𝘢 𝘰𝘣𝘶𝘯𝘢 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘯𝘨!
👇👇👇
https://t.me/sherlari_sevgi
🔥Arzimadingiz
  
Nelarni xomxayol surgan ekanman,
Qo'limda yirtildi yozgan xatingiz.
Aldamay, aldanib yurgan ekanman,
Arzirli sevgimga arzimadingiz .


Bariga o'zimni ayibdor etdim,
Topilmas joylarga bosh olib ketdim.
Eh, afsus men juda kech anglab yetdim,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.


Qaytmayman endi hech, yo'l qarab toling,
Boshqani kuting-u o'zingiz qoling.
Borimni bergandim sizga tan oling,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.


Xursandsiz bunchalar bag'rimni tilib,
Hayotni yolg'ondan iborat bilib,
Vafoga javoban xiyonat qilib,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.


Qonimga qaynayman, qilaman nido,
Dushmanim kuladi, ayni muddao!
Sizga ham insofni bersin-da Xudo,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.


Bahra topmaysizku yurakni o'ya?
Charchadim baridan faqat men kuya.
Sezmasam, hali ham sevardimku-ya,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.


Yashayman hislarim guldayin so'lmas,
Biz o'lsak o'larmiz muhabbat o'lmas.
Alamda bularni aytmasam bo'lmas,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.


Ishonchli emaskan har gulning isi,
Shuni bildirdingiz qalbim o'g'risi.
Endi chidaysiz-da rosti-tog'risi,
Arzirli sevgimga arzimadingiz.


Boy ko'nglin xushlaysiz kazo-kazoni,
Alohim beradi bir kun jazoni.
Eslamang shu shoir Sarvar Mirzoni,
Arzirli sevgimga arzimadingiz!

Muallif:Sarvar Mirzo
❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Armonni chetga surib,
Muxabbatni toʻldirib,
Men tomon, asta yurib,
Kechga qolmay bugun kel!

Dilim koʻz yosh toʻkmasdan,
Osmon qovoq uymasdan..,
Meni koʻp kutirmasdan..,
Kechga qolmay bugun kel!

Tugunlarni ochib kel..,
Sogʻintirmay shoshib kel,
Xayollardan oshib kel..,
Kechga qolmay bugun kel!

Kel desam ham kelmasa,
Yolgʻon soʻzlar boʻlmasa..,
Muzlar mehridan erisa,
Kechga qolmay bugun kel!

Visol bizni kutmasin,
Armon kelib qolmasin,
Xayol devona boʻlmasin.,
Kechga qolmay bugun kel!

Intizor qilib koʻzni,
Martlarcha soʻzlang soʻzni,
Aldamaginda hech oʻzni..,
Kechga qolmay bugun kel!

Qadam bosib asta tez..,
Sogʻindimda juda tez,
Kel mehrimni endi sez,
Kechga qolmay bugun kel!

Yonmay kuymay sevingin,
Bir men bilan ovingin,
Bir oz jilmayib kulgin,
Kechga qolmay bugun kel!

Dilnoza...
08.11.2023

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlar nega unaqasizlar😂

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
💋                    😍💋
   💋🥰              😍💋
      😘😘        🥰
         💋😍  💋😘
            🥰💋
            😍😘
         😍 🥰
      😍       🥰
   😍            
😍😘                   😘😍

                   😍
             😍💋😘
            💋😍💋😍
          🥰    💋
        😍       😘💋
        😘💋😍🥰😘
      💋😍😘🥰😍💋😍
   🥰                 💋💋
😍😘                    😘🥰
💋                       🥰🥰

😍😍                    😍😘
   😍🥰              😍🥰
      🥰😍        💋
         😍💋💋😘
            💋😍
              💋
              💋😍
              😘🥰
              😘🥰
              😍😍

😍😘🥰😘😍😍
💋😘💋😍💋
💋                     🥰😍
😍                     😘
💋💋🥰🥰🥰😍😍😍
💋😘🥰😘🥰
💋😘    😍😍
😘😍         😘😍
😘🥰              💋
😘😘                  🥰😘

😘😍
😘
😘💋
💋
🥰
🥰
😍
🥰😍
💋🥰🥰😘😘😍🥰
💋💋😘🥰💋💋😍

🥰🥰😘💋
😍🥰🥰😍😘😍
          😍
          😘
          😍💋
          🥰
          😘
          💋🥰
💋😍😘😍😘
😍💋🥰😘💋🥰







😘😘                  💋💋
🥰💋             😘
😘😍        😍💋
😘😍   😘💋
💋💋
💋🥰 💋🥰
🥰💋     🥰😘
😍         😘
😍              🥰
🥰😘                   💋🥰

🥰🥰😘😍😘😍
😘🥰💋😍💋💋🥰
😘😍
😘😘
😍🥰😍🥰😍🥰
😍😘😍😍
😍
😍
💋😍😍😍💋💋
😘🥰🥰😍💋😍

          💋😘😘😘🥰
     🥰💋😍💋
   💋😘                      🥰
🥰🥰
🥰
😘😍
💋😘
   🥰🥰                      😍💋
     😘😘😘😘😘😘🥰😍
          😍😘😘😍

🥰                        🥰
💋😘                        😘🥰
💋                        💋💋
🥰                        😘😍
😘🥰💋💋😍😘😘😍🥰
🥰💋🥰😍😍🥰😍🥰😍
😘                        💋
😍😍                        😍
😍                        😍😍
🥰😍                        💋😍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🌿XAYRLI TUN🌿🌙

💫🌷Allohga yaqinlashsak, baxtni qidirishimizga hojat qolmaydi.

⭐️🪷Chunki u payt saodatning oʻzi bizni izlashga tushadi.

🌸Baxt uch narsadadir:
🌟🌿Allohning amrini bajarish;
🌟🌻Sizga taqsimlab qoʻyganiga qanoat qilish;
🌟Hukmiga rozi boʻlishda.

💫🌹Kim qalbini Allohga bogʻlasa, baxt unga bogʻlanadi.
🌸Saodatning asosi  Allohning qazoi - qadariga rozi boʻlishdir.

🌺Shuning uchun doimo: “Robbim menga Oʻzing xayrli bilganingni nasib qil!” deng!

🌙TUNINGIZ OSUDA OʻTSIN AZIZLARIM!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧☀️Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

🌸🍃Xayrli tong, Azizlar!

🌸🍃Barchaga xaftaning– Seshanba tongi muborak boʻlsin!

🌸🍃Har tongimiz Bismilloh ila boshlanib, har kunimiz
🌸🍃Alhamdulillah ila yakunlansin.
🌸🍃Barchamizga dunyo va oxiratimizni saodatga bogʻlaydigan xayrli amallar qilish nasib etsin!!

Yangi kunga “Bismillah!”...

Kanalga obuna boʻling!
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

2 - I Y U L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
❤️‍🔥 Sogʻindim-da 💔

Oyday toʻlin jamolingni,
Takalluf-u kamolingni,
Har on qumsab visolingni,
Sogʻindim-da😔

Kechalari bedor boʻlib,
Davosi yoʻq bemor boʻlib,
Yoʻllaringga zor-zor boʻlib,
Sogʻindim-da 🥺

Aytay gapim togʻrisini,
Qalbi qaynoq, bugʻlisini,
Yurakkinam oʻgʻrisini,
Sogʻindim-da 🥹

Changin artib tovonimni,
Axtarib toʻrt tomonimni,
Yakkagina yomonimni,
Sogʻindim-da 😢

Oʻzim yoʻqlab borolmasdan,
Koʻngilchasin ololmasdan,
Yonida bir qololmasdan,
Sogʻindim-da ☹️

Armonlarda yonib-yonib,
Oʻzligimdan tonib-tonib,
Ming hayolga borib-borib,
Sogʻindim-da 😞

Koʻrib Mashrab ming kunini,
Oromi yoʻq har tunini,
Hayotimni mazmunini,
Sogʻindim-da 😭

Mumtozbegim

17.02.2024 yil 18:50

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Kunlik davomatni boshlaymiz☝️
Hamma jim bolsin🤫
–Demak qayg'u?
–Shu yerdaman!😊
–Alam?
–Shu yerdaman!☺️
–Hasrat?
–Shu yerdaman☺️
–Ishonch?
–Keldim🙂
–Nega kamnamosan?🤔
–Ana o'rnimga gumon kelmoqdaku🥺
–O'zing kel.!🤨
–Harakat qilaman😔
–Sevgi?❤️
–Shu yerdaman darsni online kuzatmoqdaman😶
–Qanaqasiga online kuzatasan real hayotda kelsang bo'lmaydimi?😟
–Hayotda qadrim qolmayapti online ekanligimga ham shukur qiling sal kam zotimiz qidirilmoqda so'ngi avlodman o'zi...😔
–Vafo?
–.....
–Vafo dedim😠
–.....
–Yana kelmadi🤦‍♀
–Ishonch Vafo nega kelmayapti?🤔
–Ustoz ular odamlar orasida yurmay qoygan...😔 Uni qadrini bilgan hayvon kuchuklar bilan yashamoqda...😐
–Obbo Uni egizagi ".......... qani?😒
–....
–Qani .......?😳
–Jurnalga ustidan chizib qo'ying u o'z joniga qasd qildi...😞

Men sizlarning o'qtuvchingiz XXI asr . Sizlarga yangi sinfdoshlar olib keldim...!😕 Tanishing "Ajralish va Hiyonat"...💔 Ular XXI asrning eng faol o'quvchilaridir...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Telegramni yomonlar.
Yuzlab minglab insolar.
Telegramda sen ila
O'tmoqda totli onlar!

Rashk qilasan ko'rib sen,
Menda yuzlab chatlarni,
O'chirib tashlang deysan,
Menga kelgan xatlarni!

Guruhlarning ichida,
Kaminani izlaysan,
Jahling chiqsa sensirab,
Boshqa vaqtda sizlaysan,

Yig'lamagin jonginam,
Xatlar o'zi keladi,
Chiroylimanmi deyman,
Qizlar meni sevadi!

Hamma narsa qil biroq,
Qora ro'yxatga solma,
Sendan yurolmam yiroq,
Keyin armonda qolma!

Xazillashdim Laylim
Qalbimni durdonasi,
Yur ketamiz uzoqqa,
Xa. Joningdan onasi!

Qara beg'ubor qizcha,
Chiroyligim guloyim.
Bizga shirin farzandlar.
Xadya etsin Xudoyim!

Kel yonimga sevgilim.
Birga o'ynaymiz Shaxmat,
Bizlarni uchrashtirgan.
Telegramga ming rahmat!

@Sherlari_Sevgi