Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.43K subscribers
10.4K photos
1.25K videos
10 files
3.13K links
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Download Telegram
🇺🇿Ayol bor jamiyatda, oilada, ijtimoiy muhitda tinchlik-totuvlik, osoyishtalik, ezgulik, tadbirkorlik, saranjom-sarishtalik, sabr-qanoat, mehr-oqibat, insonga xos moddiy va ma’naviy saxovat bo‘ladi

🟢Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi ""O‘zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-37-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, "Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat" tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda, Bosh vazir o‘rinbosari Mahkamova Zulayxo Bahriddinovna, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan rahbar va professorlar ishtirok etdilar.

Qatnashchilarga, "Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ma’rifiy islohotlar", "Xotin-qizlar ma’rifati – mamlakat taraqqiyoti poydevori" mavzularida tushuntirish berilib, Mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga egaligi, ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekanligi haqida fikrlar bildirild

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#call_markaz
#press_tur

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda.

Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Yoz_o’tmoqda_soz.

Тoshkent shahar Shayxontohur tumani  maktabgacha  va maktab  ta'lim bo'limi tasarrufidagi 185-DMTTda pedalsiz velosipedlardan foydalanib sport musobaqalarida  foto lavhalar.

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
#Vazir_soati

Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi.

⚡️
Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi.

❗️Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi.


👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM