Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.44K subscribers
10.7K photos
1.29K videos
10 files
3.24K links
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Download Telegram
#Tavsiya

⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!


Multfilmlar bilan quyida tanishing:

🟢“Qiziqarli matematika”;
🟢“Charxpalak”;
🟢 “Super kitob”;
🟢“Avtosarguzashtlar”;
🟢 “Aqltoyning sarguzashtlari”;
🟢“Jajji pari”;
🟢"Qari bilganni pari bilmas";
🟢"Rustam va Said";
🟢"Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
🟢"Gʻildirakli uy";
🟢 "Quvvat";
🟢 “Dovyurak oshpaz”;
🟢 "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
🟢 "Afandi va laqma boy"

❗️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ижтимоий_ролик

❗️Фарзандингиз йўлларда сиз ёнида бўлсангиз ўзини хавфсиз сезади!

👉
@YHXX_UZ
Qishki ta'til davrida Shayxontohur tumanidagi 186-umumta'lim maktabida tashkil etilgan “Malaka oshirish markazi”da o'qituvchilarning o'z ustida ishlashlari, metodikalarini boyitishlari hamda o’zaro tajriba almashishlari maqsadida 2024-yilning 3-yanvar kuni Rus tili uslub birlashmasi tomonidan seminar-trening  tashkillashtirildi.                                                             

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
Forwarded from Akkreditatsiya
#натижалар #2023й #ЗМ #умумий 🟩🟩

Ушбу расмдан ҳудудлар бўйича жорий йилдаги натижалар билан батафсил танишишингиз мумкин.

🟢Унда жумладан, жами ўрганилган мактаблар сони, мақом олган мактабларнинг даражалар бўйича сони, моқом берилмаганлар сони ҳамда натижанинг ўрганилган мактаблар сонига нисбатан улушларини кўришингиз мумкин бўлади.

📊 Бундан ташқари, умумий натижаларни ўтган йилган нисбатан ижобий ёки салбий ўзгариш бўлганлиги кўрсатиб ўтилган.

⭕️Жадвалда эса, мақом олганлар фоизига кўра ҳудудлар рейтинги келтирилган.

Каналга уланиш:
📱 @Maktablar_reytingi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

“Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazilmoqda!

🇺🇿O‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli tashkil etish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn koʻrik-tanlov tashkil etilmoqda!

I. TANLOV SHARTLARI

1️⃣ Umumta’lim maktablari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida ikki nafar o‘quvchi (1 nafar qiz bola va 1 nafar o‘g‘il bola) maktabda kitobxonlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatishi lozim!

2️⃣ Videorolikda umumta’lim maktablari tomonidan kitob taqdimoti, bahru-bayt, ijodiy kechalar, teatr tomoshalari o‘tkazilganligi ochib berilgan bo‘lishi lozim!

3️⃣ Maktab kutubxonasi o‘ziga xos jihozlangan va yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berilgan bo‘lishi zarur!

4️⃣ Tanlovga yuboriladigan videoroliklar 10 megabaytdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi lozim!

5️⃣ Videoroliklar 2023-yil 28-dekabrdan 10-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar @rahimjon070 telegram akkauntiga yuboriladi. 📤

II. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI

🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

🥇1-o‘rin - 2 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
🥈2-o‘rin - 1 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
🥉3-o‘rin - 1 ta ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan va kitoblar to‘plami hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat.

2 ta nominatsiya: Kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi!

🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga kirim qilinadi (smart soat ishtirokchi uchun).

Telegram kanalimiz: 👉@beshtashabbus_maktabda
#Faoliyatimizdan

🏆Shayxontohur tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi bolajonlarni qishki ta'tillarini maroqli o'tkazish maqsadida "Libos dizayn" va "Tasviriy san'at" to'garak o'quvchilari
❄️"Qish ziynati" shiori ostida ko'rgazma tashkil qildilar.

🎨Ko'rgazmada o'quvchilar o'zlarining yil davomida chizgan ijodiy bilimlari asosida qiziqarli bellashuvlar o'tkazdilar.

Telegram | Instagram | Facebook
| Art shop |
Ҳаёт ҳаракатдан иборат...

❄️Мана янги йил ҳам бошланди, ҳаётимизнинг яна бир йили ўз ниҳоясига етиб, янги саҳифаси бошланди.

❄️Катта-катта мақсадлар билан бошланган 2023 йил, яна доимгидек кимлар учун катта-катта армонлар билан ниҳоясига етди.

❄️Мақсадга эришишнинг энг яхши услубларидан бири бу “занжирни узма” услубидир.

❄️Услуб жуда ҳам оддий.Ўз олдингизга бирор бир мақсад қўясиз ва бу мақсад йўлида ҳар куни кичик бир вазифа бажарасиз, ҳамда вазифа бажарилган ҳар бир кунни тақвим(календар)га белгилаб борасиз. Ва бу жараённи ҳар куни бажаришингиз керак ва қарабсизки, тақвимда белгилардан иборат мустаҳкам занжир пайдо бўлади.

❄️Асосий вазифамиз бу занжирни узмаслик. Бу усулни исталган мақсад учун қўллаш мумкин.Масалан: кўпроқ китоб ўқиш, янги тилларни ўрганиш, спорт билан шуғулланиш ва ҳакозо.

❄️Келинг, бошланган янги йилдан олдимизга янги мақсадлар қўямиз ва йил давомида “занжирни узмасликка” ҳаракат қиламиз.

❄️Агар қадам ташламасангиз –сиз жойингиздан қўзғалмайсиз.

❄️Ҳа, барчаси сизнинг ўзингизга боғлиқ, шундай эмасми!?

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
⭕️⭕️⭕️⭕️

RESPUBLIKA BOʻYLAB “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TASHKIL ETILADI

BIZ BOSHLADIK!

🔵Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.

⚡️⚡️Festivalning ilk manzili Namangan viloyati!

⌨️Namanganda festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

⚠️ Diqqat! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poyoniga yetgan 2023 yil Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi tizimida yorqin iz qoldirganligi quvonarlidir.

🎥Bu haqda Sevimli telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB