Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.43K subscribers
10.7K photos
1.29K videos
10 files
3.24K links
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини яхшилаш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по улучшению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablari kutubxonalari uchun taqdim etilgan “Bibtexnika” to'plamlari Toshkent shahar umumta'lim muassasalariga topshirildi.

🔰Dastlab jamlanmalar Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tantanali ravishda mavjud o'n ikki tuman bo'limiga yetkazib berildi. So'ngra har bir tumanda markazlashgan holda maktab kutubxonachilari uchun seminarlar uyushtirilib, umumta'lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida aniq-chora tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilayotganligi alohida ta'kidlandi.

👉Jumladan, ana shunday seminar Shayxontohur tumanidagi 39-sonli umumta'lim maktabida bo'lib o'tdi. Unda mutaxassislar tomonidan kutubxona uchun tayyorlangan yangi qo'llanma va yo'riqnomalardan foydalanish tartiblari batafsil tushuntirib o'tildi.

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 192-sonli umumta'lim maktabida umumta'lim muassasalari pedagog va o'quvchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etish, maktablar hududida telefonlardan foydalanish tartibi kabi masalalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda tumandagi barcha maktab direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari qatnashdi.

❇️Tadbirda 192-sonli umumta'lim maktabi direktori Dildora Islomova hamda direktor o'rinbosari Gulhayo Esonqulovalar pedagoglar va o'quvchilarning kiyinish madaniyati, ichki odob-axloq qoidalari va bu borada amalga oshirgan ishlari yuzasidan hamkasblari bilan fikr almashdilar.

🔰Ochiq va samimiy muloqot ruhida o'tgan tadbir qatnashchilari mazkur ta'lim muassasasi tajribasini o'z muassasalarida amalga tatbiq etish bo'yicha kelishib oldilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB