Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.44K subscribers
10.7K photos
1.29K videos
10 files
3.24K links
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Download Telegram
#Faoliyatimizdan

🏆Shayxontohur tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi bolajonlarni qishki ta'tillarini maroqli o'tkazish maqsadida "Libos dizayn" va "Tasviriy san'at" to'garak o'quvchilari
❄️"Qish ziynati" shiori ostida ko'rgazma tashkil qildilar.

🎨Ko'rgazmada o'quvchilar o'zlarining yil davomida chizgan ijodiy bilimlari asosida qiziqarli bellashuvlar o'tkazdilar.

Telegram | Instagram | Facebook
| Art shop |
Ҳаёт ҳаракатдан иборат...

❄️Мана янги йил ҳам бошланди, ҳаётимизнинг яна бир йили ўз ниҳоясига етиб, янги саҳифаси бошланди.

❄️Катта-катта мақсадлар билан бошланган 2023 йил, яна доимгидек кимлар учун катта-катта армонлар билан ниҳоясига етди.

❄️Мақсадга эришишнинг энг яхши услубларидан бири бу “занжирни узма” услубидир.

❄️Услуб жуда ҳам оддий.Ўз олдингизга бирор бир мақсад қўясиз ва бу мақсад йўлида ҳар куни кичик бир вазифа бажарасиз, ҳамда вазифа бажарилган ҳар бир кунни тақвим(календар)га белгилаб борасиз. Ва бу жараённи ҳар куни бажаришингиз керак ва қарабсизки, тақвимда белгилардан иборат мустаҳкам занжир пайдо бўлади.

❄️Асосий вазифамиз бу занжирни узмаслик. Бу усулни исталган мақсад учун қўллаш мумкин.Масалан: кўпроқ китоб ўқиш, янги тилларни ўрганиш, спорт билан шуғулланиш ва ҳакозо.

❄️Келинг, бошланган янги йилдан олдимизга янги мақсадлар қўямиз ва йил давомида “занжирни узмасликка” ҳаракат қиламиз.

❄️Агар қадам ташламасангиз –сиз жойингиздан қўзғалмайсиз.

❄️Ҳа, барчаси сизнинг ўзингизга боғлиқ, шундай эмасми!?

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
⭕️⭕️⭕️⭕️

RESPUBLIKA BOʻYLAB “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TASHKIL ETILADI

BIZ BOSHLADIK!

🔵Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.

⚡️⚡️Festivalning ilk manzili Namangan viloyati!

⌨️Namanganda festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

⚠️ Diqqat! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poyoniga yetgan 2023 yil Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi tizimida yorqin iz qoldirganligi quvonarlidir.

🎥Bu haqda Sevimli telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB
🇺🇿Qishki ta'til davrida Shayxontohur tumanidagi 186-umumta'lim maktabida tashkil etilgan “Malaka oshirish markazi”da o'qituvchilarning o'z ustida ishlashlari, metodikalarini boyitishlari hamda o’zaro tajriba almashishlari maqsadida 2024-yilning 4-yanvar kuni Ingliz tili uslub birlashmasi tomonidan seminar-trening  tashkillashtirildi.  On January 4. 2024 a seminar-training was organized by the Foreign language style association in order for teachers to work on themselves, enrich their methodologies and share experience in the “Training Center”, which was established at the 186th Comprehensive School in the Shaykhontohur district during the winter holidays.

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB
5 tashabbus olimpiadasida #eng_namunali va natijador bo'lgan tuman-shaharlar 13 taligi bilan tanishing.

"Besh tashabbus olimpiadasi" 2023 yil sarhisobi bo'yicha 208 ta tuman (shahar)lar o'rtasida respublikada eng yaxshi natija qayd etgan tuman-shaharlarini e'tiboringizga havola etamiz.

@material_5tashabbus
😐 Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida 2023-yilning 30-dekabridan 2024-yil 10-yanvarigacha Toshkent shahar umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari bilimdoni” nomli insholar tanlovini e’lon qiladi.

🟢 Tanlovga qatnashish shartlari va o‘tkazish tartibi:

✔️ Tanlovda qatnashish uchun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi https://t.me/tshbk_rasmiy ga ulanish lozim.

➡️ Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishing!

✍️ Qadrli kitobxon o‘quvchilar! O‘z ijodiy ishlaringizni quyidagi adminlarga yuborishingiz so‘raladi!
@TSHBBoburmirzo - 5-7-sinflar.
@TSHBMuzaffar - 8-11-sinflar.

🛒 Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar Toshkent shahar Bolalar kutubxonasining telegramdagi kanalida e’lon qilib boriladi.

🎁 Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

🥇 1-o‘rin 1 ta telefon 📱.

🥈 2-o‘rin 1 ta bluetoothli quloqchin 🎧.

🥉 3-o‘rin 1 ta aqlli soat ⌚️.

Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱 Telegram I 📹 Youtube I 🌐 Facebook I 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 115-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi 10-“B” sinf o’quvchisi Yo’ldasheva Gulyuz IELTS sertifikatning 6.0 darajasini qo'lga kiritdi.
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Maktab ma'muriyati  chiroyli tarbiya bergan Gulyuzning ota-onasiga chuqur minnatdorchiligini izxor qiladi.
💐💐💐💐💐💐💐💐💐

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.me/ShayxontohurtumaniXTB