Shayxontohur TIM matbuot xizmati
1.23K subscribers
4.32K photos
994 videos
56 files
1.61K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi.

👉http://t.me/shayxontohur_IM_uz

👉https://www.facebook.com/groups/shayxontohur.im.uz

👉https://youtube.com/@Shayxontohur_im_uz?si=tsEDDc_iMzhwVTEA
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Energy_sport_club
#Volleybal_club

Voleybol dunyodagi eng ommaviy sport turlaridan biri sanaladi. Jahonda bukmekerlar o‘rtasida eng mashhur kompaniyalardan biri hisoblangan "Ligalbit"ning ma’lumotiga ko‘ra, voleybolga qiziquvchilar, o‘yinlarni bevosita tomosha qiluvchilar 900 million nafardan ortiqni tashkil etadi.
Yana bir e’tiborli holat. Bugungi kunda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ga tegishli milliy federasiyalar 221 tani tashkil etsa, milliy voleybol federasiyalari 222 ta ekanligi ham mazkur sport turining qamrovi qanchalik keng ekanligini ko‘rsatmoqda.
Xo‘sh, jahon sport turlari orasida eng tomoshabop voleybolning Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabidagi holati qanday?
Afsuski yaxshi emas😔.
Maktabimizning energy sport clubi tashabbusi bilan ''Volleybal club'' ochilishini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. Mashg‘ulotlar mutlaqo bepul. To‘liq ma'lumot volleybal_club guruhida.

@Shayxontohur_im_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi qish oylariga ham sogʻ-salomat yetib borishlik nasib qilsin.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@Shayxontohur_im_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bahor faslining ilk kuni. Ayoz tugab issiq kunlar boshlanadi, inshaalloh. Kumush faslni endi yana 9 oydan keyin koʻramiz.

Ammo tushkunlikka tushmang. Bizni goʻzallik, sevgi va yosharish fasli boʻlgan Bahor kutib oldi. Mazza qilib sumalaklar pishiramiz, bogʻlarda koʻngillar yashnaydi.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@Shayxontohur_im_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi

1-MART – XALQIMIZNING ATOQLI SHOIRASI ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN

Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning Oʻqchi mahallasida tugʻilgan.


Zulfiya dostonlari, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalari bilan o‘zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan. Uning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Sen qaydasan yuragim” , "Sensiz” kabi go‘zal, diltortar she’rlari hali hanuz tillarda jaranglaydi.

Zulfiyaning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon kabi koʻplab tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari eʼtiborga olinib Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etilgan. Agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalarning iqtidorli qizlari ushbu mukofotga sazovor bo’layotgani ayniqsa quvonarlidir.

2017-yilda tashkil etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabimizda esa adabiyotga oshno, shoiraga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.


Shoiraning "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" sheʼrni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Kamola Komiljonova oʻqigan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavallud

🪷"Bahor keldi seni so‘roqlab"
✍️Zulfiyaxonim

💐 Bahorning ilk kuni taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun.

@Shayxontohur_im_uz
📆1-mart - Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun!

Atoqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tugʻilgan. Shoira umr boʻyi jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi. U 1938-1948-yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti boʻlim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar - salkam oʻttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.

Yirik oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush oʻrtogʻi, nafis sheʼriyati bilan millionlab qalblarni maftun etgan shoira 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.

Olimamizning "Bahor", "Bahor keldi seni sòroqlab" va boshqa kòplab she'rlari she'riyat ihlosmandlari tomonidan sevib o'qiladi. 

🏛Shayxontuhur ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Hayot kitobimni bexos varaqlab, 
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. 
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. 
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, 
Yurak boyligidan qilmabman parvo. 
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, 
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, 
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..  

✍️Zulfiya Isroilova.

Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Телеграмма | 🌐Инстаграм | 🌐Фейсбук
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

📣Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari "STEM" fanlari, "Qizlar olimpiadasi" hamda Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida qatnashib, g'olib bo'lgan o'quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

© Mediaclub

Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating👇

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💫 Yangi o'quv yili-yangi imkoniyatlar! 💼💡
🏫 Farzandlaringiz ta'limi uchun aynan Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabini tanlang !!!
⭐️Shayxontohur tuman ixtisolashtirilgan maktab kelajak liderlar tayyorlash maskani.
🌟 Safimizga qo'shiling va bilim olamini kashf eting! 🌍

Aniq va Tabiiy fanlar yo'nalishi.
Professional o'qituvchilar
Interaktiv darslar
Zamonaviy labaratoriya jihozlari.
Rus,ingliz ,xitoy tillarida ravon so'zlashish imkoniyati.

Bundanda qiziqarli postlarni o'qish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

📣Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari "STEM" fanlari, "Qizlar olimpiadasi" hamda Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida qatnashib, g'olib bo'lgan o'quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

☀️Yosh bilimdonlarimizning ota-onalari va ustozlarini ham tabriklaymiz.

💫O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

© Mediaclub

Bizning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Energy_sport_club
#Volleybal_club

Voleybol dunyodagi eng ommaviy sport turlaridan biri sanaladi. Jahonda bukmekerlar o‘rtasida eng mashhur kompaniyalardan biri hisoblangan "Ligalbit"ning ma’lumotiga ko‘ra, voleybolga qiziquvchilar, o‘yinlarni bevosita tomosha qiluvchilar 900 million nafardan ortiqni tashkil etadi.
Yana bir e’tiborli holat. Bugungi kunda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ga tegishli milliy federasiyalar 221 tani tashkil etsa, milliy voleybol federatsiyalari 222 ta ekanligi ham mazkur sport turining qamrovi qanchalik keng ekanligini ko‘rsatmoqda.
Xo‘sh, jahon sport turlari orasida eng tomoshabop voleybolning Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabidagi holati qanday?
Afsuski yaxshi emas😔.
Maktabimizning energy sport clubi tashabbusi bilan ''Volleybal club'' ochilishini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz😊. Mashg‘ulotlar bepul olib boriladi. To‘liq ma'lumot volleybal_club guruhida.

@Shayxontohur_im_uz
Aslo oʻtmishda yashamang!
Ammo doimo oʻtmishdan dars oling!
Xayrli tun yaxshi odamlar 😊!

@Shayxontohur_im_uz
Barcha omadsizliklar oʻzimizdan boshlanadi...

Suzishni bilmaydigan odam vahima bilan daryoda suzar edi. U daryo suvini chapillatdi, toʻlqinlar daryo boʻylab tarqaldi, u qoʻrquvdan buni xavfli oqim deb oʻyladi. U daryo toʻlqinlariga qarshi kurashni boshladi. Nihoyat, choʻkib ketayotgam odam qanday suzish kerakligini tushunib, asta-sekin qirgʻoqqa suzib chiqdi...

Suvdan chiqqach, u orqaga qaradi va daryoda butunlay jimlikni koʻrdi. U doimo oʻzi yaratgan toʻlqinlar va chayqalishlar bilan kurashgan edi...

Fikrlaringiz va oʻy-hayollaringizni tartibga soling!

@Shayxontohur_im_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zingizga ishoning. Cheklovlarni uloqtirib tashlang va maqsadga erishishingizda nima zarur bo‘lsa shuni bajaring.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@Shayxontohur_im_uz
#eco_festival #Shayxontohur_TIM

🌿Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabida “Eco-haftalik”ni 2024- yil 4 martdan boshlaymiz va barcha maktab o'qituvchilari hamda o'quvchilarini “Eco-festival” da faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

📌Ushbu festivalda sizlar uchun har bir sinf o'quvchilari o'z qo'llari bilan tayyorlagan loyiha ishlarini ,tabiatni asrash haqidagi videoroliklarini namoyish etishadi.

🪴Shuningdek, bu haftalikda eng yashil va ko'rkam sinf tanlovi ham joy olgan.

📹 Tayyor bo'lgan videolarni
@adolat_sobirova yuborishingiz so'raladi.

Shayxontohur ixtisoslashtirilgan
maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrdonlar, dunyoni boricha qabul qilingki, shunda yashash osonroq boʻladi. Qoʻlingizdan kelganini oʻzgartiring, oʻzgartirish qoʻlingizdan kelmaydiganlari uchun sabr qiling.

Neʼmatlarga shukr, hayotga teran fikr kerakligini unutmang.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@Shayxontohur_im_uz
Pessimist shamol haqida shikoyat qiladi. Optimist havo oʻzgarishiga umid qiladi. Realist esa yelkanlarni sozlaydi.

👉@Shayxontohur_im_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiyaxonim

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sobirova Zarnigor Gʻanijon qizi hamda 6.03 guruhi o'quvchilari tomonidan Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan "ZEBI ZAMONA ZULFIYAXONIM" nomli tayyorlagan mushoiralik kechasidan videolavha

O'tkazilgan bayram ochiq darsda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan Zulfiyaxonim go'zal she'rlari o'qildi.Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim timsollari mahorat bilan aks ettirildi.