Shayxontohur tuman yoshlar
531 subscribers
14.9K photos
1.77K videos
88 files
2.16K links
Shayxontohur tuman Yoshlar telegram sahifasi

Murojaatlar uchun: @Shayxontohur_tuman
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosatimizni qatʼiy davom ettiramiz.

Buning uchun, viloyat, tuman va shahar Kengashlari har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlaydilar.

Joriy yildan boshlab bunday iqtidorli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chet ellarda stajirovka o‘taydi.

Shuningdek, xalqaro nufuzli reytinglarda minǵtalikka kirgan oliygohni tuggatgan va chet elda ilmiy ish qilgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Xabaringiz bor, keyingi paytlarda kelajagimiz egalari bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” hayotga tatbiq etilmoqda.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida o‘tgan 8 oy mobaynida “Yoshlar daftari”ga kirgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli to‘lab berildi.

Bundan buyon, har qanday investitsiya loyihasining bosh maqsadi avvalo yoshlar bandligi masalasini hal etishga qaratilishi kerak. Bu hamma joyda, o‘zgarmas qoidaga aylanishi zarur.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan buyon, maktab bitiruvchisiga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy qoida bo‘ladi.

Bu tizim davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan birga yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Joriy yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston, Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Navoiyda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshiriladi.

Kelgusi yili Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm va Surxondaryoda ham shunday texnoparklar barpo etiladi.

Shuningdek, yoshlarning startap g‘oyalarini saralab olishning ochiq-oshkora tizimi yo‘lga qo‘yilib, eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirishga kelgusi yilda byudjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratamiz.

Viloyat hokimlari yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap loyihalari tanlovini joriy etib, har bir tumandan kamida uchtadan g‘oliblarga mahalliy byudjetdan grantlar berib boradi.

Bitta grantning summasi o‘rtacha 50 million so‘mni tashkil etadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Yoshlarni biznesga o‘qitish, “Loyihalar fabrika”larida yangi g‘oyalar asosida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hamda yoshlarga qulay va qiziqarli bo‘lgan yangi tizimni yaratish zarur.

Xorijdagi yoshlarimizga Vatanimizga qaytib ishlash, o‘z biznesini tashkil etish, ularni uy-joy sharoitlariga yordam berish yo‘lga qo‘yilishi kerak.

Ushbu ishlarni moliyalashtirish maqsadida, byudjetdan qo‘shimcha 100 million dollar mablag‘ ajratiladi.

Milliy bank, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi nufuzli xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish bo‘yicha yangi biznes maktab tashkil etsin.

Kelgusi yildan ushbu biznes maktabning barcha hududlarda filiallari ochiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini rivojlantirish doimiy eʼtiborimiz markazida bo‘ladi.

Farzandlarimizga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlarni ko‘paytirish va ularning mualliflarini rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, mualliflar uchun birinchi o‘ringa – 100 million so‘m, ikkinchi o‘ringa – 75 million so‘m, uchinchi o‘ringa – 50 million so‘m mukofot beriladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston metallurgiya kombinatining “Yoshlik oromgohi” negizida yil davomida faoliyat yuritadigan Respublika iqtidorli yoshlar oromgohi tashkil etiladi.

Bu maskanda yoshlarimiz yil davomida aniq fanlar bilan birga, badiiy adabiyot, tasviriy sanʼat va musiqa bo‘yicha ham bilim va malakasini oshiradilar.

Har bir viloyat va tumanda “Chavandozlar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Joylarda sport to‘garaklarini tashkil qilayotgan murabbiylarga inventar sotib olish uchun subsidiya ajratiladi, bo‘sh turgan binolar imtiyozli asosda ijaraga beriladi.

Shuningdek, kamida 100 nafar yoshlarni sportga muntazam jalb qilgan murabbiylarga byudjetdan oylik to‘lash tartibi joriy etiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar va talabalar forumida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yigit-qizlarimizning turli sohalardagi muvaffaqiyatlari bilan tanishdi va yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Shuningdek, yosh oilalarning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.

“Daftarlar”ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, “Temir daftar”da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratamiz.

Maʼlumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22-28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.

Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap.

Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, taʼlim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinadi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон ёшлари ва талабалари форумига ташриф буюрди.
Форум ўтаётган Ботаника боғида ёшларнинг турли соҳаларда эришаётган натижаларини акс эттирувчи кўргазма ва намойишлар кўздан кечирилди.
Давлатимиз раҳбари ёшларнинг ютуқлари билан танишди. Улар билан суҳбатлашиб, ўқиш ва изланишларига муваффақиятлар тилади.
Президент нутқ сўзлаб, барча йигит-қизларни 30 июнь – Ёшлар куни билан табриклади.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Форум молодежи и студентов Узбекистана.
В Ботаническом саду, где проходят мероприятия форума, организованы выставки и демонстрации достижений молодежи в области науки, техники, литературы и искусства.
Глава государства ознакомился с достижениями молодежи. Побеседовав с юношами и девушками, пожелал им успехов в учебе и исследованиях.
Затем Президент выступил с поздравительной речью в честь 30 июня - Дня молодежи.

#Mirziyoyev #forum #yoshlar #nutq

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🎉🎊 Кеча Шайхонтоҳур туманида жойлашган "Жар" спорт мажмуасида 30-июнь- Ёшлар кунига бағишланган Янги У́збекистон бирлашайлик шиори остида Sport Fest 2021 спорт фестивали бўлиб ўтди.

⚽️ Тадбир доирасида спорт фестивали ҳам ташкил этилди. Унда, Шайхонтоҳур тумани жамоаси спортнинг футбол тури буйича Тошкент шахар туманлари ўртасида 🥇1-урин сохиби булишди.

🏆 Ғолиблар муносиб тақдирланишди.