Ушбу канални ўчирамиз
78 subscribers
39.7K photos
7.99K videos
83 files
5.02K links
Download Telegram
Forwarded from 102-maktab Faoliyati
❇️ Toshkent shahar Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida 1-noyabr kuni maktabning MMIBDO' S.Qurbonova, maktab kasaba uyushma raisi: D.Alibaeva, maktab kutubxonachisi M.Maqsudova, ona tili va adabiyot o'qituvchilari ishtirokida o'quvchilar o'rtasida "Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi.
❇️  Tanlovda maktabimizning   9-10-11-sinf bilimdon o'quvchilari o'zaro bellashdilar. 
📚 "Yosh kitobxon" tanlovida quyidagi o'quvchilar faxrli o'rinlar olishdi:
🥇 1-o'rin Nosirova Ominaxon 9-"V" sinf
🥈 2-o'rin Anvarova Xabiba 10-"A" sinf
🥉 3-o'rin Ortiqova Mushtariy 9-"V" sinf.
📚Tanlovda faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi🏆🏆🏆
📚 Tanlov o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va kitobga bo'lgan mehrini yanada uyg'otdi📖📚📙
Forwarded from 39-maktab YANGI BAHOLASH
Shayxontohur tumanidagi 39-sonli umumta'lim maktabida 01.11.2022 kuni 9-10-11-sinf o'quvchilaridan 18 nafari ishtirokida yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o'rganish , o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Yosh kitobxon" tanlovining maktab bosqichi o'tkazildi.
Forwarded from Deleted Account
Shayxontohur tumani 34 A- sonli tarmoq maktabda bugun " Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda 5 ta kitobxon o'quvchi ishtirok etdi. Ulardan quyidagi 3 ta o'rin olgan o'quvchilar " Diplom " bilan taqdirlandi:
1- o'rin 10-"B" sinf o'quvchisi Abdullayeva Munzifa
2-o'rin 10 - "A" sinf o'quvchisi
Baxtiyorova Laylo
3-o'rin 7 -"A" sinf o'quvchisi
Sodiqov Ismoil
Qolgan qatnashuvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Forwarded from 😂 😃
Shayxontohur tumani 59-sonli DIUMda 2022-yil 1-noyabr kuni 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yozuvchi, adib va mutafakkirlarimizning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.
Forwarded from Xorijiy tillar
🇺🇿🤝🇫🇷 Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Fransiya elchixonasi tomonidan YANGI loyiha!

Xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuniga bagʻishlangan maxsus “Envolez-vous pour la France” tanloviga start beramiz! Gʻoliblar 2022-yil dekabr oyida Fransiyaning Nitsa shahriga yoʻl olishadi!

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich shartlari:

1. Ishtirokchilar 2 yil va undan yuqori pedagogik tajribaga ega universitet yoki maktabda fransuz tili oʻqituvchisi boʻlishi lozim;
2. B1 va undan yuqori xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari kerak (DELF, DALF, TCF);
3. Tanlov ishtirokchisi ilgari Fransiya hukumati yoki Agentlik tomonidan taqdim etilgan grantlar sohibi boʻlmagan boʻlishi lozim.

2-bosqich shartlari:
1. Saralangan ishtirokchilar Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan suhbatdan oʻtadilar

🏆Tanlov gʻoliblari 2022-yil 24-noyabrda xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kunida eʼlon qilinadi!

🕒 Tanlovga arizalar 31 oktyabr 23:59 gacha qabul qilinadi!

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun havola 👉 LINK
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun + 998 90 9373917 raqamiga murojaat qiling

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shayxontohur_82-IDUM (UMIDA)
#Yosh_kitobxon

❇️ Yoshlarning bilimi va dunyoqarashini oshirish, o'zbek hamda jahon badiiy adabiyotiga bo'lgan qiziqishini uyg'otish maqsadida barcha bilim dargohlarida "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlov bo'lib o'tmoqda.

Shayxontohur tumani 82-sonli umumta'lim maktabida joriy yilning 2-noyabr sanasida 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

❇️Mazkur tanlovdan foto lavhalar.




82-maktab matbuot xizmati
https://t.me/IDUM_82
🇺🇿Shayxontohur tumanidagi 192-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Oktyabr — ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili fanlari oyligi” ning yakuniy festivali boʻlib oʻtdi.

🖇Festivalda Adolat sotsial demokratik partiyasi vakillari, Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash boʻlimi vakillari, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa fakulteti ustoz va talabalari ishtirok etishdi.

📚Tadbirda maktab oʻquvchilari hamda oʻqituvchilari tomonidan Alisher Navoiy gʻazallari, ona tilimiz va vatanimizni madh etuvchi sheʼrlar yod olindi. “Farhod va Shirin” dostonidan, “Oʻtkan kunlar” romanidan, “Suyunchi” filmidan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter
Forwarded from BOTIRJON YUSUPOV
Тошкент шаҳар Шайхонтоҳур тумани ХТБ тасарруфидаги 180-А сонли умумтаълим тармоқ мактабида 2-ноябр куни мактаб директори Д. Н. Тухтаева, ММИБДЎ М. М. Камаретдинова, касаба уюшма раиси Н. Н. Собирова, мактаб кутубхоначиси Д. Акромова, она тили ва адабиёти ўқитувчилари иштирокида  ,, ЁШ КИТОБХОН" танлови бўлиб ўтди. Танловда мактабнинг 9-10-11 синфнинг билимдон ўқувчилари ўзаро беллашдилар, ғолиб ўқувчилар мақтов ёрлиғи билан тақдирландилар.
Forwarded from Muzaffar.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур туманидаги 186-умумий ўрта таълим мактабида санъатимизнинг севимли санъаткорлари, соҳибжамол актрисаларимиз:
1. Ўзбек Миллий Академик драма театри ва кино актрисаси - Вазира Юнусова;
2. Ўзбек Миллий Академик драма театри ва кино актрисаси - Зебинисо Холиқова билан мактаб ўқитувчи ва ўқувчиларининг ижодий учрашуви бўлиб ўтди.
Шайхонтоҳур туманидаги 186-умумий ўрта таълим мактабининг директори - Шакархон Хасанова тадбирга масъул бўлди.
Шайхонтоҳур туманидаги 186-умумий ўрта таълим мактаб директорининг маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари - Ҳидоятхон Нурмуҳамедова ва мактабнинг ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчиси, журналист - Музаффар Муҳаммадназар ижодий учрашувни ташкиллаштиришди ва ўтказишди.