Sharipov Abror
3.03K subscribers
244 photos
13 videos
85 files
462 links
ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз
Download Telegram
Agar talaba bitta fandan birinchi paraga kechikib kelsa, o'sha fanning keyingi paralariga ham "nb" qo'yiladimi?

Javob: Buning hammasi fanning xususiyatlariga bog'liq. Kalendar tematik reja bo'yicha fan 4 soatlik darsdan iborat bo'lsa, demak talaba kechikib keladimi yoki umuman kelmaydimi o'sha kunga 4 soatga o'zlashtirmagan ("nb") hisoblanadi.

Faqatgina quyidagi holatlarni hisobga olish zarur. Fan ma'ruza, amaliy mashg'ulot, laborator mashg'ulot va klinik mashg'ulot turlariga bo'lingan taqdirda birinchi parada olgan "nb"si faqatgin bitta turdagi mashg'ulotga qo'yiladi xolos. Masalan, birinchi para ma'ruzaga kech qolgan talaba ma'ruzaga nb olib, o'sha fanning keyingisi amaliy mashg'ulotiga bemalol ishtirok etishi mumkin.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Hozirgi 5-6 kurs talabalari OSCE dan yiqilsa, yakuniy testgacha yana bir marta "zaxod" (qayta topshirish)ga ruxsat beriladimi?

Javob: ON yoki YN turiga kiritilmagan yoki "2" bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. OSCE nazorat turi yakuniy nazorat turi ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, undan yiqilgan talaba keyingi yakuniy nazorat turi bo'lgan testga qo'yilmaydi va u akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor hisoblangan talabalarga keyingi semestrdan boshlab 1 oy qayta topshirish uchun muddat beriladi. Agar ON va YN dan qarz bo'lsa ON va YN ni topshiradi. JN, ON va YN qarz bo'lsa undan uchchala nazorat turini ham topshiradi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Turkiyaning Ankara universitetidan professor ma'ruzasi rejalashtirilgan❗️

Vaqti
: 21-22 noyabr 2023 yil, soat 12:00
Joyi: 2-qavat ma'ruza zali
Ma'ruzachi: Anatomiya kafedrasi mudiri professor Ayhan Comert

P.S.: Ankara universiteti 1946 yilda tashkil topgan bo'lib, Turkiyaning oliy ta'lim muassasalari ichida yetakchi hisoblanadi va jahonning top 1000 talik universitetlariga kiradi.

——-

A professor's lecture is planned from Ankara University, Turkey❗️

Time: November 21-22, 2023, 12:00 p.m
Location: 2nd floor lecture hall
Speaker: Professor Ayhan Comert, Head of the Department of Anatomy

P.S.: Ankara University was founded in 1946, it is the leader among the higher education institutions of Turkey and is included in the top 1000 universities of the world.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Qaysi fanlar qanday shaklda yopiladi?

Imtihonlar qaysi fanlardan o'tkazilishi haqidagi jadvalni e'tiboringizga havola qilamiz.

P.S.: Sinov degan shakl bu joriy nazorat bilan yakunlanadigan fanlarni nazarda tutadi.

——
Which subjects will taken in what form?

We bring to your attention the table of the subjects in which the exams will be held.

P.S.: The test form refers to the subjects that will be completed with the current control.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Pediatriya yo'nalishi uchun❗️

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
‼️Qishki ta'tildan so'ng 2 hafta malakaviy amaliyot!

1, 2 va 3-kurs davolash yo'nalishi talabalariga 08.01.2024-20.01.2024 oralig'ida o'zi yashab turgan hududda qishki amaliyot o'tishi belgilandi. Ma'lumki bir o'quv yili davomida 1-kurslar 4 hafta, 2 va 3-kurslar 6 hafta amaliyot o'tashi belgilangan. Shuning 2 haftasi qishki ta'tildan so'ng, qolgani esa yozda o'tashi belgilandi. Shu munosabat bilan qaytish biletlarini olishda ushbu sanalarni hisobga olib qo'yishingizni so'raymiz.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Talabalik guvohnomasi kerakmi?

Xabaringiz bor, talabalik guvohnomasini chop qilib berish amaliyoti Hemis tizimiga o'tilgandan keyin to'xtatib qo'yilgan edi. Lekin kundalik hayotimizda: bilet olishda yoki boshqa holatlarda ushbu guvohnomaga talab bo'lganligi sababli, Hemis tizimida talabalik guvohnomasini olish imkoniyati qo'shilgan. Shu munosabat bilan kimga talabalik guvohnomasi kerak bo'lsa dekanatga uchrashsangiz sizga guvohnoma shakllantirishadi va uni xoh elektron xoh o'zingizni hisobingizdan printerda chop qilib yoningizda olib yurish imkoniyatingiz mavjud.

P.S.: ko'rinishi yuqoridagi rasmdagidek bo'ladi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
❗️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi muborak!

Baxodirov Sardor Baxodir o'g'li nufuzli sovrin muborak bo'lsin!

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
O'zbekiston_Respublikasi_Prezidenti_va_nomli_davlat_stipendiyalari.pdf
3.9 MB
2023/2024-o’quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarining g’oliblari e’lon qilindi.

Barcha stipendiya sohiblarini tabriklaymiz.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
❗️Nufuzli stipendiya muborak!

Shuningdek:
O'roqova Umida Islom Karimov nomidagi stipendiya sovrindori
Surabova Jasmin Ibn Sino nomidagi stipendiya sovrindori bo'lishdi.

Barcha sovrindorlarni tabriklaymiz!

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Forwarded from TTATF |Rasmiy kanali
🏫 "Yil talabasi -2023" Respublika tanlovining Filial bosqichi natijalari bilan tanishingi!

➡️Tanlovda quyidagi 6 ta nominatsiya boyicha g‘oliblar aniqlandi:

🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
Kurbanova Sabina Tavakalovna-🥇
Ashurova Shaxnoza Ortiq qizi-🥈

🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
Rayimnazarov Shaxzot Muhiddin o‘g‘li-🥇
Marupov Javohir Isomiddin o‘g‘li-🥈
Xurramova Kamola O‘ktamovna-🥉

🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Boboyorova Hayitoy Uchqun qizi-🥇
Toshniyozov Hasan Berdiyor o‘g‘li-🥈

🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
Ismoilov O‘tkir Sultonbek o‘g‘li-🥇
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi - 🥈

Shukurova Barchinoy Abdulhofiz qizi👏
Nuraliyeva Madina Ergash qizi - 🥇
Raxmatulloyeva Shaxlo Sherzod qizi -🥈

🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi
Qo‘shoqova Gulhayo Bahodir qizi - 🥇

👏G'oliblarning bundan keyingi ishlariga omad tilaymiz

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rasmiy sahifalari:
📱 Telegram |📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Malakaviy amaliyotning bekor bo'lgani haqida tarqalgan xabarlar yolg'on!!!

Ba'zi guruhlarda go'yiki mening kanalimda qishki malakaviy amaliyot bekor qilinganligi haqida xabar tarqatilgan ekan. Bu xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini, reja qilinganidek 1-3 kurslar (3-kurs "Pediatriya" yo'nalishidagi talabalar bundan mustasno) qishki ta'tildan so'ng 2 hafta malakaviy amaliyot o'tashlari belgilab qo'yilgan.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Joriy nazoratdan 60 balldan past ball ham umumiy JN hisoblashda hisoblanadimi?

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ma'muriyatining 2023/2024-o'quv yili uchun bu boradagi qarori ijobiy bo'ldi. Ya'ni talaba joriy baho olish davomida 30 ball, 50 ball va h.k. olgan bo'lsa semetr oxirida o'rtacha joriy nazorat balini hisoblashda ushbu ballar ham hisobga olinib, o'rtachasi chiqarib olinadi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
So'rovnomalarda ovoz berishlar

Yakuniga yetayotgan yilning so'nggi kunlarida, internet kanallari “eng, eng, eng” tanlovlarida ovoz berishga da'vat etuvchi chaqiriqlar bilan to'lib-toshayapti. O‘zimizda o'tgan shunday bir tajribam haqida hikoya qilmoqchiman.

Bir kuni "Eng yaxshi nomzod" deb nomlangan, go'yoki rasmiy manbalardan kelib chiqqan bir so'rovnoma bizga yetib keldi. Bu so'rovnoma shunchaki ahamiyatsiz bir o'yin emas, balki jamoatchilik fikrini o'lchashning muhim vositasi kabi ko'rinardi. Biz ham butun jamoa ishtiyoq bilan qatnashdik va sa'y-harakatlarimiz natijasida yuqori o'rinlarni egalladik. Biroq, va'da qilingan mukofotdan darak bo'lmadi. Aslida, bu kanalning maqsadi so'rovnoma o'tkazish emas, balki obunachilar sonini oshirish ekanday tuyuldi nazarimda.
O'tgan kunlar va haftalar davomida, men ushbu kanalning haqiqiy niyatini anglab yetdim. Ular obunachilar sonini oshirish maqsadida bu kabi so'rovnoma va tanlovlarni tashkil etishgan. Vaqt o'tishi bilan, kanal pullik reklamalar bilan shug'ullanishni boshladi. Men esa o'zimni yosh boladek aldanib qolgan his qildim.

Shu yili yozda, biz kanaldan ta'lim bilan bog'liq muhim bir e'lonimizni chop etishni so'radik. Lekin ular bizdan xizmatlar pullik ekanini ta’kidlashishdi. Bu meni yanada hayratga soldi, chunki ular bizga avvalgi so'rovnomada va'da qilingan mukofotni berishni rad etishgan, uning o’rniga shu e’lonni chop qilishni so’rasakda “yo’q” degan javob oldik.

Bu tajribadan so'ng, men bir narsani tushunib yetdim: har qanday ovoz berishda ishtirok etishdan oldin, uning manbai va maqsadini diqqat bilan o'rganish kerak. Faqat rasmiy va ishonchli manbalardan kelib chiqqan ovoz berishlar haqiqatdan ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, hozirgi kunda Sog'liqni Saqlash Vazirligida o'tkazilayotgan "Eng namunali tibbiyot OTM" tanlovi yoki yaqinda Open Budjetda filialimizga stadion qurish bo'yicha loyihada qatnashishimiz juda muhim. Shuning uchun, sizdan iltimos, barcha ovoz berishlaringizni ahamiyatli loyihalarga asrab qo'yishingizni so'rayman. Faqat shu orqali biz o'z jamoamiz va jamoatchiligimiz uchun haqiqiy yutuqlarga erishishimiz mumkin.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
1-3 kurslarga, YN dan o'ta olmaganlarda qanday imkoniyat bor?

Yakuniy baholashdan qoniqarsiz baho olgan talabalarga dekanat ruxsati bilan bir marta YaBni qayta topshirishga ruxsat beriladi, ikkinchi qayta topshirish talabaning arizasiga binoan koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to'lov qiymati yozgi semestr uchun to'lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
1-davolash 5-kurs TOP 10 likka kirgan talabalar ro'yxati‼️

P.S. Talabalarning keyingi o'qishlariga ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
1-davolash 4-kurs TOP 10 likka kirgan talabalar ro'yxati‼️

Talabalarning keyingi o'qishlariga ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

P.S. Ba'zi talabalarning ballari bir xil bo'lgani uchun 10 talik ro'yxatiga 13 kishi kiritildi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
OTM Kengashidan:

Kimyo, biologiyadan yuqori ball olib DTMdan o'tib o'qishga kirgan talaba 1 kursda o'quv jarayonida fandan 5 olmasa nima deyish mumkin?

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
OTM Kengashidan:

PQ-38 qaroriga asosan endi tibbiyot OTM talabalari 2 bosqichda (3-kurs va 6-kursda) davlat test markazi tomonidan o'qib turgan fanlardan imtihon topshiradi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror