#Eshak_va_inson
Fariduddin Attorning "Tazkiratul Avliyo" nomli kitoblarida shunday rivoyat keltirilgan:
Bir kuni Imom Abu Hanifa ko'chadan o'tib ketayotsalar, qarshilaridan bir ho'kiz chiqib qoldi. Abu Hanifa unga yo'l berdilar.
Odamlar:
- Ey Imom, nega bunday qildingiz? - deb so'rashdi.
- Mening aqlim, uning esa shoxi bor, - deb javob berdilar Imom Abu Hanifa.
Sizning ham qarshingizdan shunday "ho'kiz"lar chiqib qolsa, ularga yo'l bering: unda shox, sizda aql bor.
Ular bilan "suzishib" o'tirmang, baribir yengilasiz.
Ha, aytgancha, "ho'kiz", "eshak" deb kimlarga aytilishini eslatishga hojat bo'lmasa kerak-a.;)

#Tufula
Til uchi biz topa olmaydigan so'zlar makoni.
(Pyer Daninos)
"Hozir-hozir... Tilim uchida turibdi... Esim qursin, nimaydi-ya?"

#Jinoyat
Kitoblarni yoqishdan ham og'irroq jinoyatlar bor. Shulardan biri - ularni o'qimaslik.
(Iosif Brodskiy)

Vrachlarning bizga ba'zi narsalarni ta'qiqlashi ahvolimizning unchalik ham yomon emasligidan darak beradi: eng dahshatlisi - hech nimani ta'qiqlamagani.
(Robert Lembke)

#Muhabbat
Chin muhabbat...
Bunday muhabbatda:
- muhib (ya'ni oshiq) yori g'oyibligida mahzun bo'ladi, siqiladi, xastalanadi;
- u borligida esa yosh boladay quvonib ketadi, qalbi taskin topadi, barcha musibatlarini unutadi;
- yori yaxshi ko'rgan narsalarni yaxshi ko'radi;
- u yomon ko'rgan narsalarni yomon ko'radi;
- yoriga ozor yetsa, u ham ozorlanadi;
- yori xursand bo'lsa, u ham xursand bo'ladi;
- yorini eslatib turuvchi har qanday buyum, so'z va amalni qadrlaydi;
- uning gaplarini tinglashni, imo-ishoralarini kuzatishni yaxshi ko'radi;
- agar yori undan xafa bo'lsa, dunyo uning uchun qabrdan-da tor va qorong'u bo'lib qoladi;
- agar yori undan mamnun bo'lsa, qabr uning uchun dunyodan-da keng va yorug' makonga aylanadi;
- yorining tabassum chog'idagi kulgichlari uni esdan og'diradi;
- ko'zlaridan chiqqan yosh esa yuragidan otilgan qondek unga og'riq beradi;
- uning eng ashaddiy dushmanlari yoriga dushmanlik qilganlar, eng yaqin do'stlari esa yoriga yaxshilik qilganlar hisoblanadi;
- u ko'pincha ko'zlarini yumib yuradi;
- chunki har safar ko'zlarini yumganda yorining timsolini ko'radi;
- u yolg'iz o'zi ketayotganda ham yori bilan bog'liq shirin xotiralarni eslab goh kuladi, goh yig'laydi;
- shuning uchun odamlar uni "telba" deb atashadi;
- u yorining talabini har qanday talabdan ustun qo'yadi;
- uni deb barcha narsadan - molidan, jonidan, ahlidan voz kecha oladi;
- shuning uchun odamlar uni "majnun" (aqlini yo'qotgan) deb atashadi.
- u yori qo'ygan har qanday shartni so'zsiz va muhokamasiz bajaradi;
- u yori bilan uchrashishni intiqlik bilan kutadi;
- u bilan uchrashganda esa o'zini yo'qotib qo'yadi: nima qilishini, nima deyishini bilmaydi;
- undan ayrilayotganda xuddi ruhi jasadidan chiqib ketayotgandek azoblanadi;
- agar undan: "Nima uchun uni bunchalar yaxshi ko'rasan?" deb so'rashsa, u: "Bilmayman!" deb javob beradi...
Mana shu chin muhabbat deyiladi.
________________________
Alloh taolo yaratgan maxluqotlarining ichidan faqat bittasinigina mana shunday muhabbat ila sevish mumkin.
U zot kim ekanligini siz mendan-da yaxshiroq bilasiz.
Alloh taolo barchamizni ushbu zot ummatining "telba" va "majnun" oshiqlaridan qilsin!
©Muhammadoshiq

#Tilanchilik
Kirish imtihonlari oldidan O'tkir Hoshimovdan kichik eslatma:
YEB TO'YMAGAN - YALAB TO'YMAS
Qadim zamonda koʻzi ojiz odam boʻlgan ekan. Albatta, koʻzi ojizlik ayb emas... Xullas oʻsha odam tirikchiligi tang ahvolda qolgach, oʻziga oʻxshash soʻqir bir tilanchiga shogird tushibdi. Gadoylik hunarining sirini oʻrgatishni soʻrabdi.
- Bu hunarning uchta qoidasi bor, - debdi ustozi. - Qayerda boʻlsa ham, qancha boʻlsa ham, kimdan boʻlsa ham olaverasan!
Oradan koʻp yillar oʻtibdi. Ustoz tilanchi hammomning issiq xonasida mudrab oʻtirsa, yonbosh tomondan ovoz kelibdi:
- Xayr qili-i-ing!
- Esing joyidami? — debdi ustoz tilanchi. — Hammomda ham sadaqa soʻraydimi?
- Qayerda boʻlsa ham! - debdi boyagi ovoz.
Ustoz tilanchining achchigʻi chiqibdi.
– Qanaqa betamizsan, yalangʻoch odamda pul nima qilsin?
- Qancha boʻlsa ham!
Ustoz tilanchi shogirdini ovozidan tanib qolibdi.
- Hoy, badbaxt! Kelib-kelib oʻz ustozingni shilasanmi?
- Kimdan boʻlsa ham! - debdi shogird tilanchi...
Albatta, poraxoʻr tilanchi emas. Poraxoʻr avvaliga oʻzini tiyib yuradi. “Insof” bilan oladi. Ammo bora-bora qayerda boʻlsa ham, qancha boʻlsa ham, kimdan boʻlsa ham olishga oʻrganadi. Va... oxiri hammomga yalangʻoch kiradi....
Tagʻin kim bilsin... Qarib-churiguncha umrguzaronlik qiladiganlari oz emas shekilli.
O'tkir Hoshimov. "Daftar hoshiyasidagi bitiklar".

#Ahmoqlar_qancha
Muz qanchalik yupqa bo'lsa, uning ko'tara olishiga qiziquvchilar shunchalik ko'p bo'ladi.
(Genri Shou)

#Ha_yoki_yõq
Taklif va so’rovlarga darrov “Ha” deb yubormang. Qanchadan-qancha “Ha”lar borki, ortidan afsusni olib kelmagan bo’lsa.
Takliflardagi “Ha” rozilik, so’rovlardagi “Ha” tasdiq alomatidir.
Rozi bo’lgach ishni bajarishingiz, tasdiq qilgach oxiratda javob berishingiz bor.
“Shundaymi, shunday emasmi?”, “Mumkinmi, mumkin emasmi?” so’rovlariga “Ha” yoki “Yo’q” deb javob berishni yengil sanamang.
Taklif kiritilganda “Yo’q”, savol so’ralganda esa “Bilmayman” deya olishni o’rganing.
Pifagor aytganidek:
“”Ha” yoki “yo’q” so’zlari juda qisqa bo’lsa ham, ular jiddiy fikrlashni talab qiladi”.
Shoshmang, o’ylang, ehtiyot bo’ling!

#Degan_ekan
Xotinimning barcha qarindoshlari orasida menga hammasidan ham ko’p yoqadigani o’zim, degan ekan Jeyms Kuk.

#Biz
Biz - bir tomchi suv, bir uyum tuproq,
Asli bitta, ammo turfa xil inson.
Qalbimiz, ruhimiz bittadir, biroq,
Biz - ikki yuz: goh malak, gohida shayton...
Biz - mazlum, zaifhol, bechora, faqir,
Ayni vaqtda zolim, berahm, qonxo'r.
Biz - mehrga muhtoj, lekin toshbag'ir,
Tuzin yeb tuzlig'iga tupurgan nonko'r.
Biz - haddan ziyod xudbin, ochofat,
Lagan atrofidagi urushqoq guruh.
Biz - maqtanchoq, ichimiz to'la najosat,
Shunda ham biz pok, boshqalar “makruh”.
Biz - o'lim o'qiga qo'yilgan nishon,
Yana undan qochishni istagan ahmoq.
Biz yengilmas Zotga ko'tarib isyon,
Oxirda "men emas", deydigan qo'rqoq!
Biz kimmiz? Maxluqlar ichra mukarram,
Yuksak ong, zakovat, aql sohibi,
Biz kim? Onasi Havvo, otasi Odam,
Manzili oxirat, dunyo tolibi.
Biz kimmiz? Yig'isi oz, kulgulari ko'p,
Maqsad-vazifasin unutgan g'ofil.
Bo'la turib chumoli ustidagi cho'p,
Taxtiravondaman, deb o'ylagan johil...
Biz mana shunday g'aroyib jonzot,
Biz - bor aybini tan olgan inson.
Tog'dek gunoh bilan qidirib najot
Yo'l olgan avfi keng Rabbisi tomon!
©Muhammadoshiq (2019.08.31)

#Chiroyli_chekinish
Siz shunday ajoyib savol berdingizki, uni men o’z javobim bilan buzishni istamayman.
(Yevgeniy Yasin)

#Aldov
“Seni o’zingdan ko’p aldagan bormikan?” degan ekan Benjamin Franklin.
________________________
Yo’q!
Jur’atsizlik paytida “Bu ishni uddalab bo’lmaydi” deb;
Qo’rquv paytida “Hozir jim turganim yaxshi” deb;
Tushkunlik paytida “Endi hammasi tugadi” deb;
Ma’siyat paytida esa “Uzrim bor” deb o’zimni necha marotaba aldaganman axir.

#Yil_surati
Quruqlik hayotini aks ettiruvchi yilning eng yaxshi surati.
Yonida to’satdan paydo bo’lgan tulkini ko’rib qo’rquvdan “qotib” qolgan bo’rsiq.😅

#Ishtiyoq
Biz uchun qiziqarli bo’lgan har nima hech qachon og’irlik qilmaydi.
(Genri Ford)
_______________________
Nuqsonli hayotimda ko’p kuzatgan narsam: qaysi kitobni o’qishga o’zimni majburlamay to unga qiziqib ketmagunimcha o’sha kitobni oxirigacha tugata olmaganman.
Qiziqishda gap ko’p ekan!

#Taltaytirish
"Agar sening itda bir ishing bo‘lsa, unga janob deb murojaat qil!"
Mana shunday maqollar bizni bir hovuch yaltoqilarga aylantirdi. Itlar bo‘lsa, o‘zlarining janob ekanlariga ishona boshlashdi.
(Adham Sharqoviy)

#Samimiy_subbat
- Sizda bir narsa borki, menga doimo yoqadi.
- Faqat birginami? Axir mening kamchiliklarim juda ham ko'p.
(Oskar Uayld)