Shahrisabz tumani hokimligi
5.03K subscribers
32.2K photos
1.68K videos
23 files
7.17K links
Axborot xizmati

Murojaat uchun: @Shthmurbot
Download Telegram
Shahrisabz tumani hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi birgalikda tumandagi 1 va 2-sektor mahallalaridagi yoshlar yetakchilari bilan "qizil" toifadagi yoshlar bilan individual ishlash, ularga yordam ko‘rsatish, biriktirilgan rahbarlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tanqidiy muhokama bo‘lib o‘tdi.

@Shahrisabz_tuman_hokimligi
Шаҳрисабз туман прокурори Жасур Турсунов томонидан "Ўроқ Ибрагимов" ҳудудида ғӯза парвариши агротехникаси  ҳамда ғалладан бӯшаган ер майдонларида такрорий экин экиш борасида амалий семинар ӯтказилди.

@Shahrisabz_tuman_hokimligi
📊2023- yilning yanvar-may oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1208,4 mlrd. so‘mga oshib, 7239,3 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar-may oyiga (112,1 %) nisbatan o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil etdi.

📊Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omillar

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil, ta’lim sohasidagi xizmatlar 35,9 % ga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 23,9 % ga, boshqa xizmatlar 14,0 %, moliyaviy xizmatlari 10,2 % ga o‘sishi ko‘zatildi.

2023- yilning yanvar-may oyida jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirma narxlardagi o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil etdi.

📊Qashqadaryo viloyatining yalpi hududiy mahsuloti qanchaga o‘sdi?

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 9 892,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 % ga o‘sdi.

YAHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur’atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,9 % ni, sanoatda 103,2 % ni, qurilishda 100,1 % ni va xizmatlar sohasida 103,7 % ni tashkil etdi.

👉Kanalga ulanish t.me/qashstatuz
Qishloq xo‘jaligi agrotexnik tadbirlari yuzasidan seminar o‘tkazildi

Seminar Amir Temur hududida bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimining 1-o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov, viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Oblayor Boymirov, tuman hokimi Samad Hasanov va sektor rahbarlari, tuman tegishli tashkilotlari rahbarlari, mutaxassis olimlar va fermerlar ishtirok etdi.

Seminarda g‘o‘za parvarishiga jiddiy e'tibor qaratish, g‘o‘zaga ishlov berish ishlarini o‘z vaqtida samarali olib borish masalalari yuzasidan yo‘l-yo‘riq va ilmiy asoslangan tavsiyalar berib o‘tildi.

Hosil mo‘l-ko‘l bo‘lishini Ollohdan so‘rab, Qur'on tilovat qilindi.

Dasturxon yozilib, osh tortildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi