Shahrisabz tumani hokimligi
5.06K subscribers
34.2K photos
1.79K videos
23 files
7.68K links
Axborot xizmati

Murojaat uchun: @Shthmurbot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятини иқтисодий ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди ва янги корхоналарни ишга туширди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по развитию экономики Кашкадарьинской области и ввел в строй новые предприятия.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Shahrisabz tumanida yana bir yirik sanoat korxonasi faoliyatini boshladi

Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga uyushtirgan tashrifi doirasida qator korkonalarning ochilishi bo‘ldi. Tumanimizdagi "Oqsaroy tekstil" korxonasi shulardan biridir

Ushbu korxonada kalava ip va mato ishlab ishlab chiqariladi. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida 25 million dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib, 480 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

9 ming tonna kalava-ip va 2,5 ming tonna mato ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonaning ishga tushirilishi natijasida 15 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari yaratildi.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot MDH davlatlari, shuningdek, Turkiya, Polsha kabi mamlakatlarga eksport qilinadi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
📊 Қашқадарё вилоятининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати рақамларда

🏢 Статистика агентлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2022 йилда Қашқадарё вилоятининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати рақамларда:

🔸ялпи ҳудудий маҳсулот ҳажми – 49,5 трлн сўм

🔸ишлаб чиқарилган саноат маҳсулотлари ҳажми – 22,8 трлн сўм

🔸бажарилган қурилиш ишлари ҳажми – 7,8 трлн сўм

🔸асосий капиталга ўзлаштирилган инвестициялар ҳажми – 16,2 трлн сўм

🔸 кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми – 15,9 трлн сўм

🔸 чакана савдо товар айланмаси ҳажми – 20,5 трлн сўм

🔸 ташқи савдо айланмаси ҳажми – 547,5 млн АҚШ доллари

🔸экспортнинг ҳажми – 303,4 млн АҚШ доллари

🔸 импортнинг ҳажми – 244,1 млн АҚШ доллари

🔸қишлоқ, ўрмон ва балиқчилик хўжалиги маҳсулотларининг ҳажми – 33,4 трлн сўм

🔸 янги ташкил этилган корхона ва ташкилотлар сони – 8 869 та

🔸доимий аҳолиси сони (2023 йил 1 январь ҳолатига) – 3,5 млн киши

👇 Каналларимизга аъзо бўлинг
|
Instagram| Facebook | Twitter | Telegram

🇺🇿 Лотинда
Prezidentimizning 20-sonli qaroriga asosan Shahrisabz tumani "Big‘mi" MFY Beshkapa qishlog‘idagi 4 gektar maydon 11 kishiga tarqatilgan.

Ushbu maydonlarda "Bir mahalla bir mahsulot" tamoyili asosida no‘xat ekish seminari o‘tkazildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
"Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi

Mazkur Qarorda Shahrisabz va Qamashi tumanlarining turistik-rekratsion salohiyatini oshirish, xorijiy hamda mahalliy turistlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xizmat va savdo obyektlarini infratuzilma bilan ta’minlash orqali aholining daromadini oshirishga e'tibor qaratilgan.

Shahrisabz va Qamashi tumanlarida yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlangan.

Unda Shahrisabz-Miraki yo‘lining 23 km qismini, Miraki-Xisorak yo‘lini ta'mirlash, "Miraki" MFYda 9.1 kelometr oqova suv tarmoqlari va tozalash inshootini qurish, "Miraki" qo‘rg‘onida 2.5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini va 2 transformatorli 2 ta transformator punkitini yangilash nazarda tutilgan.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
#kun_hikmati

Luqmoni Hakimdan so‘radilar:

Eng dono kim?
Aytdi: – Hayot qiyinchiliklaridan g‘amgin bo‘lmagan kishi.

So‘radilar: – Eng yaxshi boylik nima?
Aytdi: – Aql.

So‘radilar: – Qaysi o‘t o‘z yoquvchisini kuydiradi?
Aytdi: – Hasad o‘ti.

So‘radilar: – Qanday bino vayron bo‘lmaydi?
Aytdi: – Adolat binosi.

So‘radilar: – Qaysi achchiq narsaning so‘nggi shirin?
Aytdi: – Sabrning.

So‘radilar: – Qaysi narsaning oxiri achchiq?
Aytdi: – Shoshqaloqlikning.

So‘radilar: – Qaysi dard bedavo?
Aytdi: – Tentaklik.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi