❤️𝐒𝐨̃𝐧𝐦𝐚𝐬 𝐲𝐮𝐥𝐝𝐮𝐳𝐥𝐚𝐫❤️
13 subscribers
5.92K photos
6.8K videos
6 files
108 links
Assαlom Alαykum Hush Kelιbsιz Kαnαlιmιzgα...🥰

Kαnαlιmιzdα...🕊

🎇 Statuslar
📃 Aforizmlar
📝 Hikoyalar
🎵 Premyeralar
🎬 Videolar
🌌Rasmlar

Kanalimz ochilgan sana 2022.04.12 🤩🤙💫
Bosh admin @Oddiy_bola7821 shunga murojaat qilasila 😉
Download Telegram
Choliqushim [Bass + Slow]
Arziqulov Azizbek
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️1_QISM❤️

Joynamoz ustida rafiqasini sog‘ omon farzandini dunyoga keltirishini so‘rab duo qilayotgan Nizom akani ko‘zlari yoshlandi.....
Ko‘p o‘tmay beshinchi qiz farzand dunyoga keldi....Nizom aka unga Malak deb ism qo‘ydi....farishtalardek sof bo‘lsin deya....
Xadicha beshinchi qiziga mehr bilan tikilib ko‘zlari yoshlandi....
-Allohim bergan ne‘matlaringga shukur...qiz farzand berganingga shukur...meni onalik baxtidan mosuvo qilmaganingga shukur...Malagim iymonli qoriya qiz bo‘lib voyaga yetsin ilohim...-deya qizalog‘ining peshonasidan o‘pdi....
-hormang onasi...malikam..Malagim uxlayaptimi???-dedi Nizom qiziga mehr bilan tikilib...
-kechiring sizga o‘g‘il farzand tuhfa etolmadim...-dedi Xadicha ko‘zlarini yerga qadab.....
Nizom uni iyagidan ko‘tarib o‘ziga qaratdi....
-bunday deya Allohga shirk keltirma..qiz farzand jannatda ota onasiga toj kiydiradi...nasib qilsa Malagim ham haqiqiy soliha farzand bo‘lib voyaga yetajak...-deya chaqaloqning peshonasidan o‘pib qo‘ydi...so‘ng qo‘lidagi chiroyli ro‘molni ayoliga tutqazdi...
-sovg‘amni qabul et...sen yoqtirgan narsani olgim keldi...-dedi mehr bilan rafiqasiga tikilib...
-dadajon...-deya 12 yosh qizi Nasiba yugirib keldi...boshida chiroyli o‘ralgan hijobi...qo‘lida Qu‘ron kitobi...
-labbay qizim..-dedi Nizom mehr bilan tikilib...
-singlimga o‘zim Qu‘ronni yodlataman...unga ro‘mollarimdan birini beraman...-dedi dadasiga jilmayib....
Nizom chin qalbdan Allohga shukronalar keltirdi...o‘zi hohlagandek oilasi bor...mehribon rafiqasi..bir biridan aqlli iymonli qizlari....
Uni ko‘chaga chaqirishdi...Nizom do‘stlar davrasida o‘tirarkan....
-bugun osh meni hisobimdan-dedi...o‘rtada o‘tirgan Sulton masxaromuz ishshaydi....
-hmmm...nima munosabat bilan...qiz tug‘dirganing uchunmi??-deya kuldi....
Nizomning qo‘llari musht bo‘lib tugildi....
-Nima qiz farzand emasmi???-dedi g‘azab bilan...
-Xadicha menga tekkanda etagi o‘g‘ilga to‘la bo‘lardi...afsus...-dedi qo‘lidagi aroqni xo‘plab...
-jim bo‘l...-dedi Ma‘ruf unga g‘azab bilan tikilib...-ming yillik gaplarni eslash shart emas...
-sen hozir nima deding???-o‘rnidan turgancha Sultonga yaqinlashdi Nizom...
-ey og‘ayni o‘zingni bos...uni bilasanku...-dedi Baxodir uni ushlab....
-men senlarga aytganman...shu shayton suvini ichmalaring deb..shuni ichib shayton izmiga yurasanlar..-dedi va qo‘lini siltagancha chiqib ketdi....yo‘lda ketarkan Allohga tavba qildi....
"Allohim o‘zing kechir...bir zum xayolimdan qaniydi menda ham o‘g‘il bo‘lsa degan hayol o‘tdi...qizim Malagim seni dunyolarga alishmayman"dedi oxista qadam bosgancha....boshidagi sallasini to‘g‘irlab qaytadan kiydi...hoji buvisini sog‘indi...uning purma‘no gaplarini....
"Menimcha do‘zaxdagi hamma shaytonlar yer yuzida buvi...aroq...og‘u..chekish...insonlarga nima bo‘lmoqda...qani payg‘ambarimizning solih ummati...."-dedi ko‘kka g‘amgin tikilib.....so‘ng uyi tomon yo‘l oldi.....

Malak bo‘y yetgani sayin go‘zallikka to‘lib borardi...xonasida o‘tirgancha uzun va tim qora sochlarini tarardi...so‘ng oynaga qaradi...yo‘q nimadir yetishmayapti...oxista ro‘molini qo‘liga oldi va chiroyli qilib o‘radi...hijob har bir muslima qizning ori g‘ururi...musulmonlar uchun farz bo‘lgan 5vaqt namozni o‘qishni o‘zi biz bandalar uchun berilgan ulkan baxt...u oynaga qarab ko‘ngli to‘ldi...uzun va keng ko‘ylagini kiydi...
-Alhamdullilah....o‘zimning qizim..-deya xonaga Xadicha aya kirib keldi...-seni Shaxnoza so‘rab keldi...
Bir pas o‘tib xonaga Shaxnoza keldi....
-Malagim yaxshimisan???-dedi dugonasini quchib...
-yaxshiman Allohga shukur...o‘zingda nima gaplar???-dedi Malak dugonasining qo‘llarini ushlab...
-yur...bir aylanib kelamiz!!!-dedi Shaxnoza uning qo‘lini tutib...

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️2_QISM❤️

Shaxnoza onda sonda dalada qo‘ylarni boqardi...akalari yo‘q payti....bugun ham Malakni to‘g‘ri dalaga olib bordi.....
-Shaxnoz...dadang qani???-dedi 40yoshlardagi erkak ularga yaqinlashib...
-dadam hali ishdan kelmadi amaki...-dedi Shaxnoza....
Erkak bir zum Malakka mahliyo bo‘lib qarab qoldi...harir ro‘moldagi nafis va nozik hilqat...xuddi farishtalardek....
Uni xayolini Shaxnoza bo‘ldi...
-amaki uyga boring balki kelib qolarlar....
Erkak zo‘rg‘a nigohlarini Malakdan uzdi...bu qizni nega hech ko‘rmagan ekan...ko‘zlari..xuddi ohunikidek jilvakor...
Shaxnoza amakisi ketgach sekin og‘iz ochdi...
-amakim negadir senga boshqacha qaradi...kechir...-dedi iymanib....

Malakni xayoli kitoblarda edi...u bo‘sh vaqtida ham diniy ham dunyoviy kitoblarlar o‘qishga qiziqardi....ayniqsa "Nasroniy atirguli"...
-Malaaaakkk...-dedi Shaxnoz uni qulog‘ini tagiga baqirib...
-xaaa...-dedi Malak cho‘chib...
-obbo...sen bilan gaplashaman desam nuqul xayoling bir joylarda yuradi...-dedi Shaxnoz labini burib....
-o‘zimni shirinim...xafa bo‘lma...-dedi Malak dugonasini quchib...

Shaxnozni amakisi Nabi aka..uyga yetguncha Malak haqida o‘ylab kelardi...og‘iz solsam menga berarmikin Nizom aka...har xolda oqsuyaklardanman...u esa bizni juda ham xurmat qiladi...deya shirin o‘ylar bilan uyga keldi...noutbukni yoqdi..yangi xabar kelibdi..."Nabi afandi sizni IShID guruhiga qabul qildik..biz bilan jihod qilishingizdan hursandmiz...hohlagan vaqtingiz kelib qo‘shilishingiz mumkin" Nabini chehrasi yorishdi....

-Dadasi sizni Nabijon so‘rab keldilar....-dedi Xadicha ona...
Nizom aka o‘rnidan turib Nabini oldiga keldi....
-Assalomu aleykum Nizom aka yaxshimsiz...
-Allohga shukur yaxshiman...o‘zingizchi Nabijon???
-Alhamdullilah yaxshiman..
-Hoji ota va hoji onamlar ham yaxshimi???
-Alhamdullilah....
-keling o‘tiring mehmon...-deya so‘ridan joy korsatdi...Nabi iymanibgina o‘tirgancha gapni nimadan boshlash haqida o‘ylardi...
-Gapning indallosi Nizom aka...qizingiz nechi yosh???-dedi Nizom akaga oxista qarab...
-qaysi biri...-dedi Nizom aka hayron bo‘lib...
-kichigi....
-ha Malagimmi 16ga kirdi..Alhamdullilah juda oqila qiz bo‘lib voyaga yetdi...-dedi Nizom aka mehr bilan jilmayib...
-jaxlingiz chiqmasa...shu qizingizni so‘rab keldim...-dedi Nabi sallasini boshidan olib qaytadan kiyarkan...
Nizom aka o‘ychan tikildi...
-axir sizni 2ta rafiqangiz bormasmi???
-bor ammo bilasiz shariatimizda 4 nafar ayol olishga ruxsat berilgan...-dedi jiddiy nigohda Nabi....
-Buni inkor etmayman...ammo qizim juda ham yosh...
-oilamni kimligi o‘zingizga ma‘lum..bizda hech kim ayollarni xo‘rlamaydi...kamsitmaydi...Allohga shukur haj safarini ham ado etganmiz...taqvoni mahkam tutganmiz...javobni hozir berishingiz shart emas...kutaman...-dedi Nabi Nizom akaga termulgancha....
Nizom aka sallasini yechib chekkaga oldida qo‘lini stol ustiga qo‘ydi...
-oilangizga hurmatim baland
..bersam shunday joyga beribman qizimni...qizim ra‘yimni ikki qiladigan qizlardan emas...
-rahmat Alloh rozi bo‘lsin men ham oilangizni hurmat qilaman...xabarlashib ayolimni jo‘nataman uyingizga...
Nabi bot bot rahmat aytib chiqib ketdi...yo‘lda yana Malak bilan to‘qnashdi...yuragi urushdan to‘xtab qolay dedi..bu naqadar go‘zal hilqat bo‘lmasa..qanotsiz farishta...qizning beg‘ubor nigohlari Nabiga tushib salom berdi....Nabi alik olarkan...hademay uni o‘zining bo‘lajak rafiqasi sifatida tassavur etib entikib qo‘ydi....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
𝑠𝑒𝑣𝑔𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑘𝑢𝑦𝑔𝑎𝑛𝑙𝑎 𝑏𝑜𝑟𝑚𝑖 .......𝑘𝑎𝑚𝑒𝑛𝑡𝑛𝑖 𝑝𝑜𝑟𝑡𝑙𝑎𝑡𝑖𝑛𝑔𝑙𝑎 ☹️

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️3_QISM❤️

Malak xonasiga kirdida qo‘liga sog‘inch bilan Marishkani Jannat izlab asarini oldi....uning sevgan she‘ri edi bu...
Mendan nima qolar...ikki misra sh‘er
Ikki sandiq kitob...bir uyum tuproq...
Odamlar ortimdan nima desa der...
Men seni o‘ylayman o‘zimdan ko‘proq...
Lola lolajonim...lolaqizg‘aldoq....
Bu she‘rni yozganda shoir nimalarni nazarda tutgan ekan...Marishka senchi...bunchalik hissiyotlar jo‘shqinligi qayerdan....afsus ular bilan hayotda ko‘rishish nasib etmadi....har safar shu she‘rni o‘qiganda negadir Malakni ko‘zlari yoshlanadi....xuddi she‘rdagi hissiyotlar uni vujudida uyg‘onayotgandek...xonasiga onasi kirib keldi....
-shu kitobni juda ham sevasana qizim...-dedi kitobni qo‘llariga olib....
Onam telefon ishlatishimizga qa‘tiy qarshi edilar...undan ko‘ra vaqtimizni foydali narsalarga sarflashimizni hohlardilar...shu sababdan ham hammamiz tartibni sevib ulg‘aydik
..azon ovozida doim bizni hovliga suvlar sepilgan..rayhon hidlari birsiqib turardi...Erta turgan kishini Alloh o‘nglar ishini...bu bejiz emas...har doim erta turib namoz o‘qiganimda ongimda ajib yengillik his qilaman...Allohimdan o‘tinaman doim taqdirimni go‘zal qilgin yo Robbim....
Onam kitobni chekkaga surib ho‘rsinib qo‘ydida gap boshladi....
-Malagim...jonu jahonim
..sening ham bo‘ying yetib qoldi...-dedi ko‘zlari menga mehr bilan qaradi...gap nima haqidaligini fahmladim...ammo kim menga o‘giz soldi ekan...
-bugun uyimizga seni so‘rab kelishdi....oqsuyaklardan bo‘lgan Nabijonni taniysana....-dedi menga o‘ychan boqib....yuragimga qo‘rquv oraladi..ko‘p qizlar kabi men ham turmush qurishdan qo‘rqardim...chunki turmush oson narsa emas..yoqmasa tashlab ketiladigan...men endi katta qiz edim..ota onam nomusi doim bo‘ynimda turadigan...qiz farzand gul kabidir..ey bog‘bon parvarishlashda ehtiyot bo‘lgin
..to egasiga yetquzginingcha so‘lib qolmasin...gard yuqmasin...nega qiz farzand jannat kaliti deyiladi...chunki qiz farzand tarbiyasi mashaqqatlidir...aynan qiz farzand avlodlar davom ettiruvchisidir...
-ha...-dedim iymanib...bizning oilada ota onaning yuziga tik boqish gunoh edi...bu qon qonimizga singib ketgandi....
Onam sekin iyagimdan tutdi...
-Malagim unga turmushga chiqishga rozimisan???-dedi qayg‘uli ifoda aks etdi ko‘zlarida.....

-aya siz rozimisiz???-dedim oxista...
Onam ko‘zlarini olib qochdi....
-otangni ra‘yiga qarshi chiqa olmayman....
-dadam rozimilar???-dedim onam tarafga boqib...
-otang bundan judayam hursand chunki Nabijonni oilasi judayam ibratli va dindor oila..barchasi namozxon...
-ayajon....agar dadam rozi bo‘lsalar siz rozi bo‘lsalaringiz sizlarni qaroringiz uchun roziman...bu bilan oldingizdagi haqqimni ado etolmayman...-dedim ko‘zim yoshlanib....har bir qizning boshida bor bu savdo...shunday paytda hammaning aqli shoshadi...yurak va aql jang olib boradi...iymon o‘rtaga tushadi...aql derkan: seni boqa olsin..yurak derkan:seni sevsin...iymon derkan:Ota onang rozi Alloh rozi...o‘sha payti eng maqbuli qaysi yo‘l...Alloh qalbingizga solgan yo‘l albatta...yolg‘iz Allohdan najot so‘rang...unga ishoning...uning o‘zi eng solihini uchratadi siz uchun....men ham Allohim menga eng chiroyli taqdirni ataganiga ishonaman...va shukur ila yashashda davom etaveraman...mayli u yoshi kattadir...balki menga o‘z tengim berolmagan baxtni berar...oldinda nimalar meni kutayotganini bilmayman...ammo 16yillik ota onam bergan tarbiya va xulqim natijasi men ularning iznidan chiqa olmasdim...
Onamning ko‘zlari yoshlandi....
-Alhamdullilah....qizim men orzu qilgan barcha sifatlarga ega bo‘libdi....-deya onam xonadan chiqib ketdilar....onam chiqib ketgach yotog‘imga yotib yig‘lay boshladim...ne bo‘lganda ham ojiza qilib yaratilganmiz...


@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️4_QISM❤️


Ertasi kuni Nabi deyishganini birinchi ayoli meni unashtirib ketdi...uzoqdan ko‘ra oldim xolos...unchalik chiroyli bo‘lmasada xushmuomiladek ko‘rindi....opalarim bu nikohdan norozi bo‘lsada qarshilik bildira olishmasdi...chunki ular ham ota onam tanlagan yigitlarga uzatilishgandi....kichik opam meni quchdi.....
-tabriklayman singlim...-dedi ammo hursand emasdi....-axir cholku...dadam qanday ko‘zi qiyayaptilar!!!-dedi yig‘lamsirab.....

-opa...-deya yig‘lab yubordim...chunki hamma qizlar qatori men ham turmush qurishdan qo‘rqayotgandim....
Shu payt xonaga hovliqib Shaxnoza kirib keldi...
-nega rozilik berding jinni???-dedi nafrat bilan...
-u emas...dadam rozilik bergan dedi opam yerdagi ko‘rpachaga o‘tirgancha.....
-Saida....bolang yig‘layapti qara....-deya onam opamni chaqirib qoldi....opam turmush qurganiga 2yil bo‘lgandi....uni ham xuddi shu yoshda turmushga berishgandi....qolgan opalarimni ham...yosh bo‘lishsa ham farzand va oilani eplab ketishgandi....ammo ular o‘z tengi bilan turmush qurishgan edi....hamma qizlar qatori men ham orzu qilardim meni ham sevishlarini...men ham kimnidir chin yurakdan sevishni...ba‘zan xayolan uni tasavvur ham qilardim...afsuski orzular orzuligicha qolib ketarkan ayrim paytlar....
-shu Nabi amakimni o‘ldiraman....-dedi g‘azabini bosolmay....
-shaytonga xay ber...Shaxnoz...-dedim pichirlab...u meni yonimga o‘tirib meni quchdi...
-kechir...men seni olib chiqmaganimda u seni ko‘rmas edi....-dedi alam bilan.....uni qo‘liga ko‘zim tushdi....
-bu nimasi???-dedim uning tilinib ketgan qontalash qo‘liga...
-bilasanmi....men sevgan yigit menga singlimni sevishini aytdi....ko‘zlarimga qarab aytdi...-dedi yig‘lab....-nega taqdirimiz buncha achchiq bo‘lmasa...o‘zimni o‘ldirgim keldi....ammo onamni bilasan...-dedi ho‘rsinib.....
-senga ko‘p marta aytganman namoz o‘qi deb...bunday yomon hayollar miyangga kelmasdi....-dedim jaxlim chiqib...bir tomondan unga achinib ketdim....lekin baribir o‘z joniga qasd qilishni oqlamayman....
-yur qochib ketaylik...shaharga..u yerda xolam bor...biz ham taqdirimizni o‘zimiz hal qilaylik...nahotki o‘sha amakimga jim tegib ketaversang???-dedi jiddiy qiyofada.....

-esing joyidami??? Dadamni or nomusichi??? Onamning bergan oq sutichi??? Allohga bergan va‘damchi???-dedim ko‘zim yoshlanib...
-u to‘g‘ri aytayapti...singlim qochib ket....menda pul bor...-dedi kichik opam bizni suhbatimizni eshitib turganini yashira olmay...qo‘lida qizchasi bilan kirib keldi....
-opaaaaa......
-nima opa??? Nima opa????-dedi opam jaxl bilan...-turmush nimaligini bilasanmi??? Er nimaliginichi??? Seni qo‘shqo‘llab qari cholga berishlarini jim kuzata olmayman...
-hay Saida qizim...senga shunday tarbiya beribmidim???-deya ichkariga onam kirib keldilar...-narsalaringni yig‘da eringnikiga jo‘nab ket...jaxl ustida bir narsa deb yubormay!!!
-ayaaaa....-dedi opam norozi nigohda...
-nima dadang bergan insonga tegib kam bo‘ldingmi??? Shumi dadang va men senga bergan tarbiya???-dedi onam astoydil hafa bo‘lib...-meni jonim achimayapti deysanmi...ammo dadangni norozi qilib baxtga erisha olmaysan Malak qizim....-deya menga yuzlandi....
Shaxnoz mung bilan xonamdan chiqib ketdi...Saida opam esa ilojsizlikdan yig‘lardi...xuddi tanam va ruxim ikkiga ajralgandek his qilardim o‘zimni...ey Allohim eng suyukli bandanggagina sinov berishingni bilaman...va sabr qilaman...chunki sen doim sabr qiluvchilar bilan birgasan....
-aya....siqilmang men taqdirimdan roziman....-dedim boshimni quyi solib....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
#kutganim 🌿
Yoq endi konglingdan chiqarolmaysan😊🌿,
Umringda quyoshdek porlayveraman😌🌿.
Ming yillar qariga ketganingda ham☺️🌿,
Men seni samodek chorlayveraman😁🌿.

Ismingni tonglarga yozaman maqtab🥰🌿
Gunchalar bargida uxlayveraman🙃🌿
Yoq baxting meningsiz bololmas tugal😘🌿
Men seni har laxsa yoqlayveraman❤️🌿

Otashman ,dengizman, samoman, nurman😇🌿
Jism-u jahoningni o'rtayveraman 🫢🌿
Ayt ,qanday topasan qochmoqqa imkon🤔🌿
Men seni xudodan sorayveraman🤭🌿

Men songgi tomchiman yagona najot🙂🌿
Faqat sen ichgin deb qistayveraman😁🌿
Yollarimda qoldi, eng songgi hayot😍🌿
Olsam ham ismingni istayveraman🥰🥰🥰🥰🌿🌿🌿🌿




🦋💙Madina


@Sevgi_darbadar2104