Xayolingda nima bordir gapirgin qiynamasdan
Azoblarim bilmaysanmi yoki atay qilib qasddan
Hali yoshman diysanu Umr o'tadi bir pastda
Men seni o'ylaymanu toki olgan har nafasda
Azoblarim bilmaysanmi yoki atay qilib qasddan
Hali yoshman diysanu Umr o'tadi bir pastda
Men seni o'ylaymanu toki olgan har nafasda
Seni sevib qolganimga uncha ham ko'p bo'lmadi
Shu sanoqli kunlar ichra yurak ham ko'p qiynaldi
Yuragingga yo'l topmoqni harakatin qildim ancha
Bilmadim taqdir ekan barbir foydasi bo'lmadi
Yana qancha turasan fikringda qat'iylarcha,
Seni sevgan yurakni shilasan vaxshiylarcha
Yana qanday turi bordir bu kabi azoblarni
Xijron deb atalmish qo'llaysan jazolarni
Shu sanoqli kunlar ichra yurak ham ko'p qiynaldi
Yuragingga yo'l topmoqni harakatin qildim ancha
Bilmadim taqdir ekan barbir foydasi bo'lmadi
Yana qancha turasan fikringda qat'iylarcha,
Seni sevgan yurakni shilasan vaxshiylarcha
Yana qanday turi bordir bu kabi azoblarni
Xijron deb atalmish qo'llaysan jazolarni
Sabrlar tugab oxir yana yozaman
Qo'llarim bormaydi xat jo'natmoqqa
Qachon tugar axir bundayin sinov
Javob topolmayin yana tonglar otmoqda
Yil ketidan yana yillar bong urar
Bir kuni keladi to'ying kuni ham
Yurak bardosh berar lek qiyin bo'lar
Qiynalib ketdi axir , o'yla uni ham
Qo'shiq aytib olib ketar seni yangalar
Eshitib bu menga o'qilgan janoza diyman
Menga ham kelar to'yga taklifnomalar
Bir chekkada turib ich etim yiyman
Ana eshitilyapdi yor yor ovozi
Nahot keldi o'sha men qo'rqqan kunim
Yurak yig'layapti-yu lek chiqmas ovozi
To'ying kuni bo'lar men o'lgan kunim
Qo'llarim bormaydi xat jo'natmoqqa
Qachon tugar axir bundayin sinov
Javob topolmayin yana tonglar otmoqda
Yil ketidan yana yillar bong urar
Bir kuni keladi to'ying kuni ham
Yurak bardosh berar lek qiyin bo'lar
Qiynalib ketdi axir , o'yla uni ham
Qo'shiq aytib olib ketar seni yangalar
Eshitib bu menga o'qilgan janoza diyman
Menga ham kelar to'yga taklifnomalar
Bir chekkada turib ich etim yiyman
Ana eshitilyapdi yor yor ovozi
Nahot keldi o'sha men qo'rqqan kunim
Yurak yig'layapti-yu lek chiqmas ovozi
To'ying kuni bo'lar men o'lgan kunim
Qora tun qo'ynida zulmatga cho'kib
Zulmatdan bu nurli yuzing axtarsam
Yo'qotishim bilsam sevishim aytmasdim hecham
Agar vaqtni sal ortga qaytarsam
Bu hayot go'yoki bitta charxpalak
Uning ortga aylanganin qachon ko'rishgan?
Oltindan qimmat diydoring malak
Qurbim yetarmikan seni bir bor ko'rishga
Xa to'g'ri yo'llaringga yo'lim kesishar
Ammo ko'p emas oyda yilda bir
Eng og'ir yo'kni ko'targum ammo
Ko'zlaringga qaramoq hammadan og'ir
Kelaman desang bir umr kutishga tayyor oshiqman
Yillar qiynog'iga dosh berdi sevgim
Rad javobin berishga buncha oshiqma
Keyin ketasan bir bora kelgin
Bir bora kelgin yo'lim yoritib
Shu yuzing nurini bir eslab qolay
Keyin ketavergin jonim og'ritib
Roziman mayli shu og'riqla o'lay!
Zulmatdan bu nurli yuzing axtarsam
Yo'qotishim bilsam sevishim aytmasdim hecham
Agar vaqtni sal ortga qaytarsam
Bu hayot go'yoki bitta charxpalak
Uning ortga aylanganin qachon ko'rishgan?
Oltindan qimmat diydoring malak
Qurbim yetarmikan seni bir bor ko'rishga
Xa to'g'ri yo'llaringga yo'lim kesishar
Ammo ko'p emas oyda yilda bir
Eng og'ir yo'kni ko'targum ammo
Ko'zlaringga qaramoq hammadan og'ir
Kelaman desang bir umr kutishga tayyor oshiqman
Yillar qiynog'iga dosh berdi sevgim
Rad javobin berishga buncha oshiqma
Keyin ketasan bir bora kelgin
Bir bora kelgin yo'lim yoritib
Shu yuzing nurini bir eslab qolay
Keyin ketavergin jonim og'ritib
Roziman mayli shu og'riqla o'lay!
Har tong derazadan ilhaq boqardim,
Dunyo suzib yurar edi bulutdek.
Hurlar ostonamga boshini qo'yib,
Tunlar yupatardi azizim kut deb .
Qumloqlarga ko'mib bolaligimni,
Temir shahar aro ishqni axtardim.
Ay dunyo bilmaysan oyog'ing quchib qon yig'lab
Tangriga seni maqtardim.
Men emas quvg'indi odam g'alati ,
Yirtar oshig'ining yaqolarini.
Yo o'tda yoqadi , yo xochga osar,
So'ngagidan tanir daholarini.
Ming yilki odamni odamdek izlab,
Telbalar tangridan bir xat keladi.
Men ketsam o'zimdek xomush, majnunvaxsh,
Shodmonqul keladi , Shuhrat keladi.
Ana Kofarnihon sohillarida
Tushlarini suvga aytar suluvlar.
Ko'zlari umrimdek sarg'aygan buvim
Yirtiq kovush bilan dunyoni quvlar.
Tuproqqa sig'maydi bizning so'zimiz ,
Tovonlardan sizib chiqadi qondek.
Men esa qabrimda mahsharga qadar
Shovullab yotaman Kofarnihondek.
Shuhrat Orif
Dunyo suzib yurar edi bulutdek.
Hurlar ostonamga boshini qo'yib,
Tunlar yupatardi azizim kut deb .
Qumloqlarga ko'mib bolaligimni,
Temir shahar aro ishqni axtardim.
Ay dunyo bilmaysan oyog'ing quchib qon yig'lab
Tangriga seni maqtardim.
Men emas quvg'indi odam g'alati ,
Yirtar oshig'ining yaqolarini.
Yo o'tda yoqadi , yo xochga osar,
So'ngagidan tanir daholarini.
Ming yilki odamni odamdek izlab,
Telbalar tangridan bir xat keladi.
Men ketsam o'zimdek xomush, majnunvaxsh,
Shodmonqul keladi , Shuhrat keladi.
Ana Kofarnihon sohillarida
Tushlarini suvga aytar suluvlar.
Ko'zlari umrimdek sarg'aygan buvim
Yirtiq kovush bilan dunyoni quvlar.
Tuproqqa sig'maydi bizning so'zimiz ,
Tovonlardan sizib chiqadi qondek.
Men esa qabrimda mahsharga qadar
Shovullab yotaman Kofarnihondek.
Shuhrat Orif
Sen meni shunchaki yaratganing yo'q,
Shunchaki yashashni men odat qildim.
Shundanmi hush'usiz, huz'usiz quruq
Shunchaki jimgina ibodat qildim.
Saodat asbobi kalomingda jam,
Yo'lga rahnamoyu ko'ngilga malham
Qu'ron o'qisamda har on o'qisam
Bo'g'zimdan o'tkazmay tilovat qildim.
Rasulning so'ziga qulog'im tutdim,
Lekin qalb qulog'in qattiq bekitdim.
Asli kimligimni ancha unutdim,
Shayton davatini ijobat qildim.
Dardlarga darmonim istig'for, ammo
Quruq oh-u vohlarni bo'lar deb davo
Xasdek xasratimni etib muammo,
Uchragan har kazga shikoyat qildim.
Riyo libosini kiyib tanimga,
Maqtovlar yog'dirib o'zim shanimga.
Zarra amal qilmay o'rganganimga,
Sayrab o'zgalarni hidoyat qildim.
Shuncha xato bilan qarab kechamga,
Gunohlar yukidan botgancha g'amga.
Ko'zlarim chirt yumib boqib olamga,
O'zimni anchayin hijolat qildim.
Sen meni shunchaki yaratganing yo'q,
Shunchaki yashashni men odat qildim
Shunchaki yashashni men odat qildim.
Shundanmi hush'usiz, huz'usiz quruq
Shunchaki jimgina ibodat qildim.
Saodat asbobi kalomingda jam,
Yo'lga rahnamoyu ko'ngilga malham
Qu'ron o'qisamda har on o'qisam
Bo'g'zimdan o'tkazmay tilovat qildim.
Rasulning so'ziga qulog'im tutdim,
Lekin qalb qulog'in qattiq bekitdim.
Asli kimligimni ancha unutdim,
Shayton davatini ijobat qildim.
Dardlarga darmonim istig'for, ammo
Quruq oh-u vohlarni bo'lar deb davo
Xasdek xasratimni etib muammo,
Uchragan har kazga shikoyat qildim.
Riyo libosini kiyib tanimga,
Maqtovlar yog'dirib o'zim shanimga.
Zarra amal qilmay o'rganganimga,
Sayrab o'zgalarni hidoyat qildim.
Shuncha xato bilan qarab kechamga,
Gunohlar yukidan botgancha g'amga.
Ko'zlarim chirt yumib boqib olamga,
O'zimni anchayin hijolat qildim.
Sen meni shunchaki yaratganing yo'q,
Shunchaki yashashni men odat qildim
BILMASLAR
Ko'rdim qishloq, go'zal shaharlar ko'rdim,
Ohorlari ketib borar, bilmaslar.
Jamalaksoch pari-paykarlar ko'rdim,
Bahorlari ketib borar, bilmaslar.
Tugmak bo'lsa yetmas belbog' uchlari,
Dunyo molin mahkam tishlar tishlari -
Bog'larining shirinzabon qushlari -
Olqorlari ketib borar, bilmaslar.
Otlari-ya, qorabayir otlari
Gijinglaydi, deb o'ylasam, dodladi.
Yoli bo'ron bo'lganligin yodladi -
Shunqorlari ketib borar, bilmaslar.
Kuzatib bu dunyoning o'r-qirini,
Bilmay qoldim kelmak, ketmak sirini.
Yolg'on yorlar yalashib bir-birini,
Chin yorlari ketib borar, bilmaslar.
Charsillagan bir o't yonar ichimda,
Men she'r aytsam, aytmadim til uchinda.
Bu talato'p, quv-quv, chop-chop ichinda,
Halima ham o'tib borar, bilmaslar.
БИЛМАСЛАР
Кўрдим, қишлоқ, гўзал шаҳарлар кўрдим,
Оҳорлари кетиб борар, билмаслар.
Жамалаксоч пари – пайкарлар кўрдим,
Баҳорлари кетиб борар, билмаслар.
Тугмак бўлса етмас белбоғ учлари,
Дунё молин маҳкам тишлар тишлари,
Боғларининг ширинзабон қушлари,
Олқорлари кетиб борар, билмаслар.
Отлари-я, қорабайир отлари
“Гижинглайди”, деб ўйласам, додлади,
Ёли бўрон бўлганлигин ёдлади,
Шунқорлари кетиб борар, билмаслар.
Кузатиб бу дунёнинг ўру қирини,
Билмай қолдим келмак, кетмак сирини,
Ёлғон ёрлар ялашиб бир-бирини,
Чин ёрлари кетиб борар, билмаслар.
Чарсиллаган бир ўт ёнар ичимда,
Мен шеър айтсам, айтмадим тил учинда,
Бу талотўп, қув-қув, чоп-чоп ичинда
Ҳалима ҳам ўтиб борар, билмаслар.
«Буюк қушлар» китобидан
Ҳалима Худойбердиева
Ko'rdim qishloq, go'zal shaharlar ko'rdim,
Ohorlari ketib borar, bilmaslar.
Jamalaksoch pari-paykarlar ko'rdim,
Bahorlari ketib borar, bilmaslar.
Tugmak bo'lsa yetmas belbog' uchlari,
Dunyo molin mahkam tishlar tishlari -
Bog'larining shirinzabon qushlari -
Olqorlari ketib borar, bilmaslar.
Otlari-ya, qorabayir otlari
Gijinglaydi, deb o'ylasam, dodladi.
Yoli bo'ron bo'lganligin yodladi -
Shunqorlari ketib borar, bilmaslar.
Kuzatib bu dunyoning o'r-qirini,
Bilmay qoldim kelmak, ketmak sirini.
Yolg'on yorlar yalashib bir-birini,
Chin yorlari ketib borar, bilmaslar.
Charsillagan bir o't yonar ichimda,
Men she'r aytsam, aytmadim til uchinda.
Bu talato'p, quv-quv, chop-chop ichinda,
Halima ham o'tib borar, bilmaslar.
БИЛМАСЛАР
Кўрдим, қишлоқ, гўзал шаҳарлар кўрдим,
Оҳорлари кетиб борар, билмаслар.
Жамалаксоч пари – пайкарлар кўрдим,
Баҳорлари кетиб борар, билмаслар.
Тугмак бўлса етмас белбоғ учлари,
Дунё молин маҳкам тишлар тишлари,
Боғларининг ширинзабон қушлари,
Олқорлари кетиб борар, билмаслар.
Отлари-я, қорабайир отлари
“Гижинглайди”, деб ўйласам, додлади,
Ёли бўрон бўлганлигин ёдлади,
Шунқорлари кетиб борар, билмаслар.
Кузатиб бу дунёнинг ўру қирини,
Билмай қолдим келмак, кетмак сирини,
Ёлғон ёрлар ялашиб бир-бирини,
Чин ёрлари кетиб борар, билмаслар.
Чарсиллаган бир ўт ёнар ичимда,
Мен шеър айтсам, айтмадим тил учинда,
Бу талотўп, қув-қув, чоп-чоп ичинда
Ҳалима ҳам ўтиб борар, билмаслар.
«Буюк қушлар» китобидан
Ҳалима Худойбердиева
Quvgan ham xudo der qochgan ham xudo
Quvgan ham Xudo der,
Qochgan ham Xudo!
Xudo deganlarga
Xudo yor bo‘lsin!
Kaftimga to‘ldirib
Joyladim duo,
Dunyo ishqing bilan
Intizor bo‘lsin!
Senday teng kelarmi
Mehribonlikda,
O‘zingday tinglovchi,
Do‘st bormi yakkash.
Senday bor yo‘q aslo,
Mudom borliqda.
Sendayin yor topilmas
Dilrabo,Dilkash!
Milliard mo‘minning
Eng oqsoq biri,
Qavmning gardiman,
Ey oliy she’rim!
Bir kun tuproq tug‘gan
Gulga ko‘milgum,
Mehrga loyiq ko‘r,
Ko‘ngilning to‘ri!
Dunyoga tinchlikni
So‘rashdan avval,
O‘zimga insof ber,
Hammaga qo‘shib.
Iymoni rost bergin
Har kimga tugal
Yig‘isiz bomdod ber,
Shom ber,beqirg‘in!
Kuygan ham Xudo der,
Kuydirgani ham!
Seni tanimagan ko‘zga
Shifo ber!
Yaratding fitnalar
Uydirganni ham,
Dardi bor dunyoga
O‘zing davo ber!
Nafisa Omon
Quvgan ham Xudo der,
Qochgan ham Xudo!
Xudo deganlarga
Xudo yor bo‘lsin!
Kaftimga to‘ldirib
Joyladim duo,
Dunyo ishqing bilan
Intizor bo‘lsin!
Senday teng kelarmi
Mehribonlikda,
O‘zingday tinglovchi,
Do‘st bormi yakkash.
Senday bor yo‘q aslo,
Mudom borliqda.
Sendayin yor topilmas
Dilrabo,Dilkash!
Milliard mo‘minning
Eng oqsoq biri,
Qavmning gardiman,
Ey oliy she’rim!
Bir kun tuproq tug‘gan
Gulga ko‘milgum,
Mehrga loyiq ko‘r,
Ko‘ngilning to‘ri!
Dunyoga tinchlikni
So‘rashdan avval,
O‘zimga insof ber,
Hammaga qo‘shib.
Iymoni rost bergin
Har kimga tugal
Yig‘isiz bomdod ber,
Shom ber,beqirg‘in!
Kuygan ham Xudo der,
Kuydirgani ham!
Seni tanimagan ko‘zga
Shifo ber!
Yaratding fitnalar
Uydirganni ham,
Dardi bor dunyoga
O‘zing davo ber!
Nafisa Omon
Tanish terak. Ariq yoqasi.
Bo‘tana suv, shirin loyqa suv.
Tol ko‘chada otlar taqasi...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
Yalpiz hidi tutgan dalalar,
Gapga chechan bog‘chaxolalar,
Belanchakda yotgan bolalar...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
Tog‘ ortidan mo‘ralagan kun,
Shiyponlardan o‘rlagan tutun,
Tut shoxiga osilgan tugun...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
O‘qariqdek yolg‘izoyoq yo‘l,
Menga ilhaq, menga mushtoq yo‘l,
O, qadrdon bir juft qadoqqo‘l,
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
Yog‘och eshik ochilar sekin...
Toshmehrman men juda, lekin
Hozir yig‘lavorishim mumkin —
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
Muhammad Yusuf
Bo‘tana suv, shirin loyqa suv.
Tol ko‘chada otlar taqasi...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
Yalpiz hidi tutgan dalalar,
Gapga chechan bog‘chaxolalar,
Belanchakda yotgan bolalar...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
Tog‘ ortidan mo‘ralagan kun,
Shiyponlardan o‘rlagan tutun,
Tut shoxiga osilgan tugun...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
O‘qariqdek yolg‘izoyoq yo‘l,
Menga ilhaq, menga mushtoq yo‘l,
O, qadrdon bir juft qadoqqo‘l,
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
Yog‘och eshik ochilar sekin...
Toshmehrman men juda, lekin
Hozir yig‘lavorishim mumkin —
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
Muhammad Yusuf