Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
9.42K subscribers
36.5K photos
3.24K videos
19 files
9.05K links
Download Telegram
❗️ANOMAL SOVUQ KUTILMOQDA. UNDAN BIRINCHI GALDA KIMLAR SAQLANISHI KERAK?

🔹️Qattiq sovuqda ko‘pincha qon tomirlarining keskin torayishi kuzatiladi. Ayniqsa, gipertoniya, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, insult va infarktdan keyingi holat, stenokardiya kabi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga bunday ob-havo salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularni bosh va yurak sohasidagi og‘riqlar bezovta qiladi.

🔹️Shuningdek, bronx va o‘pka hastaliklari, xususan, bronxial astmaga chalingan bemorlarda kasallikning faol davridagi asoratlar zo‘rayadi. Ya’ni uydan ko‘chaga chiqqanda, bronxospazm yoki stenokardiyaning huruj qilish xavfi ortadi. Shu sababli bunday insonlar shifokor tavsiyasi bilan yonida doimiy ichib yuradigan dorilarini olib yurishi shart.

🔹️Qolaversa, anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlashuviga ham sabab bo‘lishi mumkin. Chunki bunday sharoitda tana a’zolarining muzlab qolish ehtimoli yuqori.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram |Facebook |Website
📌SOVUQDAN QANDAY HIMOYALANISH MUMKIN?

❗️Avvalo, ko‘chaga chiqqanda issiq va qalin kiyimlar kiyish, qo‘lqop va jun paypoqlardan foydalanish juda muhim. Ayniqsa, bosh va yirik qon tomirlari joylashgan bo‘yin qismini issiq tutish zarur. Chunki bo‘yindagi tomirlar inson bosh miyasini qon bilan ta’minlaydi.

🔹️Alkogol va tamaki iste’mol qilishdan voz kechgan ma’qul. Bu zararli odatlar qon tomirlarini keskin toraytirib, qo‘l-oyoqning qisqa muddatda muzlashiga sabab bo‘ladi.

🔹️Qattiq sovuq inson terisini quritib yuboradi. Shu bois ko‘chaga chiqishdan avval tarkibida suv bo‘lgan dori vositalarini teriga surmang. Aksincha, yog‘li kremlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

🔹️Sovuq kunlari ertalab nonushta qilish kerak. Och qolish tananing tez muzlashi va immunitet zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Iste’mol qilinadigan taomlar kaloriyasi issiq kunlarga nisbatan 25-30 foizga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, issiq va suyuq ovqatlar juda foydali.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram |Facebook |Website
#Qish_mavsumi

📌Tayyorgarlik jarayonlari jadal davom ettirilmoqda.

✅️Xususan tumandagi barcha Boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari tomonidan ko'p qavatli uylar yo'laklarini muzlama va qorlardan tozalash uchun tayyorlangan tuz-qum aralashmalardan maxsus qoplarda uylarning kirish yo'laklariga qo'yildi.

🏘Ushbu tayyorgarlik vaqt nuqtai nazaridan juda ahamiyatli. Sababi, sovuq ob-havo sharoitida xonadon egalari BSK xodimlari kechikkan yoki ulgurmagan holatlarda kirish yo'laklariga sepishlari, muzlamalarni eritishda foydalanishlari mumkin bo'ladi.

➡️Ushbu jarayonlar haqida batafsil keyingi postlarimizda tanishtirib boramiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Navbatchi

✅️Sergeli tumani ko'chalarini qordan tozalash, tuz-qum aralashmasini sepish jarayonlari boshlandi.

📍Ayni damda Txay va Yangi Sergeli ko'chasi kesishmasidagi aylanma ko'prikda jarayonlar davom etmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Navbatchi
#Qish_mavsumi

🌨Yog'ingarchilik hamon davom etayotganini hisobga olib, yo'llarni tozalash va tartibga keltirish ishlari bir zumga ham to'xtatilgani yo'q.

🛣Barcha markaziy ko'chalar, ko'priklar, chorrahalar zarur texnik mashinalar yordamida tozalanib, aralashmalar tinimsiz sepilmoqda.

❗️Biz esa Haydovchilar va piyodalardan yo'lda o'ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini, tezlikni oshirmaslik va shoshilmasdan yo'llarni kesib o'tishlarini, yo'l qoidalariga qat'iy amal qilishlarini so'rab qolamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Navbatchi

🌅Tong yorishmasidanoq boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari, obodonlashtirish xizmatchilari yo'laklar va ko'p qavatli uylar oldilarini tozalashni boshlashdi.

🏘Kun davomida tozalash ishlari davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website