Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
9.1K subscribers
37.1K photos
3.32K videos
20 files
9.28K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir yangi muassasa - xalq xizmatida

☑️ Ma'lumki, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda hududlarda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot muassasalarini barpo etish maqsadida izchil islohotlar olib borilmoqda.

🏥 Xususan, "2021 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi" asosida Sergeli tumani "Xonobod" mahallasi hududida zamonaviy ko‘rinishda, barcha zarur vositalar bilan jihozlangan 71-oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi.

💉 Ushbu davolash profilaktika muassasasi 250 qatnovga mo‘ljallangan hamda mazkur poliklinika "Xonobod", "Quruvchilar" va "Daryo bo‘yi" mahallalarida istiqomat qiluvchi aholiga xizmat qiladi.

🚑 Shuningdek, 71-oilaviy poliklinikaga tuman Ko‘p tarmoqli poliklinikasining tor soha mutaxassislari ham joylashtirilgan bo‘lib, ushbu mutaxassislar Sergeli tumanining barcha fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatadilar.

🎥 Mazkur lavhamiz shu haqda

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
Yana bir yangi muassasa - xalq xizmatida ☑️ Ma'lumki, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda hududlarda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot muassasalarini…
Еще одно новое учреждение на службе народа

☑️ Известно, что в стране проводятся последовательные реформы по совершенствованию системы здравоохранения, повышению качества первой медицинской помощи и строительству современных медицинских учреждений в регионах.

🏥 В частности, на основании «Инвестиционной программы на 2021 год» на территории махалли «Ханабад» Сергелийского района сдана в эксплуатацию 71 современная семейная поликлиника, оснащенная всем необходимым оборудованием.

🩺 Это лечебно-профилактическое учреждение рассчитано на 250 пациентов и обслуживает население махаллей «Ханабад», «Курувчилар» и «Дарё Буйи».

🚑 В 71-й семейной поликлинике также работают специалисты районной Многопрофильной поликлиники, которая оказывает медицинские услуги всем жителям Сергелийского района.

✍🏻 Пресс-служба хокимията Сергелийского района
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Тошкент шаҳар ҳокими пойтахт йўлларидаги муаммоларни бартараф этиш муҳлатини белгилади.
———
⚡️ Хоким столицы обозначил сроки устранения проблем на дорогах Ташкента.

🎥 YouTube 🌏 Telegram 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Mening uyim" yagona billing tizimi haqida bilasizmi?

Mazkur rolik orqali ushbu savolga javob topishingiz mumkin.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
•—————————————————•
Знаете ли вы о сервисе единого расчета «Мой дом»?

Ответ на этот вопрос вы найдете в этом видео.

✍🏻 Пресс-служба хокимията Сергелийского района
Mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

✳️ Rеspublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sеrgеli tuman bo'limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy-manaviy muhitni sog‘lomlashtirish, islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini shakllantirish maqsadida navbatdagi davra suhbati "Qipchoq" mahallasida tashkil etildi.

🟤 Uchrashuvda 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berildi.

🟤 Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolariga mahalla faollari va ziyolilari tomonidan ijtimoiy makonda internet axborotidan foydalanish, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmaslik hamda ta'lim-tarbiya borasida tushuntirish va tavsiyalar berildi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yashil makon" umummilliy loyihasi amalda

🔰 Xabaringiz bor, Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ta'mirlash ishlarini muvofiqlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida Sergeli tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi biriktirilgan.

🍀 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tuman hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan Sergeli tumani uchun 100 ming tup daraxt ko‘chatlari beg‘araz ajratildi.

🎋 Hozirda ushbu daraxt ko‘chatlari mahalla fuqarolar yig‘inlariga, ijtimoiy soha ob'ektlariga, korxona-tashkilotlarga va muassasalarga belgilangan taqsimot jadvaliga muvofiq tarqatilmoqda.

🎥 Mazkur lavhamiz shu haqda.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Har bir mahallaning yoshlar jamoasi g‘alaba ishtiyoqida

🏆 Mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalarining Sergeli tuman bosqichi davom etmoqda.

⛳️ Saralash bosqichining bugungi kunga mo‘ljallangan bahslariga "Jun-ariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yoshlar sport maydoni mezbonlik qildi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
•————————————————•
Молодые команды каждой махалли стремятся к победе

🏅Продолжается Сергелийский районный этап Кубка председателя СГБ по футболу и мини-футболу среди молодежи района.

⚽️ Сегодняшние отборочные матчи проходили на детско-юношеском футбольном поле в махалле «Джун-Арик».

✍🏻 Пресс-служба хокимията Сергелийского района
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Янги тиббиёт маркази фойдаланишга топширилди
#14apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qisqacha
#video_hisobot

🔘 Sergeli tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2022 yilning I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

🎥 Bizni kuzatishda davom eting.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatiladi

🔰 Sergeli tumani Adliya boʻlimi va Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-173-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga yetkazish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

📋 Uchrashuv davomida joriy yilning 1 avgustidan boshlab bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsati markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilish yo‘lga qo‘yilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati