@Seningdirman
#tirik_satrlar
• • •
Közlaring- közlarim öngida!
Men seni sevgancha yangidan-
Aylandim yöllarning changiga...
✍Omon MUXTOR
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#tirik_satrlar
• • •
Közlaring- közlarim öngida!
Men seni sevgancha yangidan-
Aylandim yöllarning changiga...
✍Omon MUXTOR
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#tirik_satrlar
ONAJON
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim.
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang, ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingcha
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang, yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang, qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayr,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
✍Muhammad YUSUF
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
ONAJON
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim.
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang, ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingcha
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang, yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang, qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayr,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
✍Muhammad YUSUF
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
Telegram
Seningdirman | Kundalik
Shaxsiy fikrlar, sheʼrlar, zamondoshlar ijodi va eng sara ijod namunalari kanali
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...
@Seningdirman
#tirik_satrlar
G'ALATI MANTIQ
Ajal kelsa ne diydalar
Yoshlanadi.
Xonadonda g'am tashvishlar
Boshlanadi.
Qabristonning g'alvasin-ku
Qo'yaturing.
Zudlik bilan ko'chasini
Qayta quring.
Anov eski simyog'ochni
Bo'yash kerak.
Kesing darrov, ko'rinmasin
Manov terak.
O'ydim-chuqur yo'llarni tez
Asfal't qiling.
Janozaga axir kimlar
Kelar, biling!....
Bunday chog'da hamma totuv,
Esh bo'ladi.
Bir kechada hamma ishlar
Besh bo'ladi.
Voqealar birdaniga
Evrilsaydi.
Sho'rlik marhum bir fursatga
Tirilsaydi.
Ko'rar edi, mahallasi
Nechog' to'kis.
Ko'chasi ham binoyidek,
Ravon, tekis.
Holbuki, u shu yo'llardan
O'tgandi-ku.
Qish-qirovda avtobus ham
Kutgandi-ku.
Bosim oshib, ko'zlari ham
Tingan edi.
Yaxda toyib, oyog'i ham
Singan edi.
Yo'l tuzaldi, biroq marhum
Yurmay ketdi.
Tirigida bu hurmatni
Ko'rmay ketdi.
Gaplarimdan boshqa ma'no
Axtarmangiz.
Yo'qni boru, borni yo'q ham
Demang hargiz.
Bunday holga na yig'lab, na
Kulish kerak.
Nahot bir ish bitish uchun
O'LISH KERAK.
✍Abdulla ORIPOV
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#tirik_satrlar
G'ALATI MANTIQ
Ajal kelsa ne diydalar
Yoshlanadi.
Xonadonda g'am tashvishlar
Boshlanadi.
Qabristonning g'alvasin-ku
Qo'yaturing.
Zudlik bilan ko'chasini
Qayta quring.
Anov eski simyog'ochni
Bo'yash kerak.
Kesing darrov, ko'rinmasin
Manov terak.
O'ydim-chuqur yo'llarni tez
Asfal't qiling.
Janozaga axir kimlar
Kelar, biling!....
Bunday chog'da hamma totuv,
Esh bo'ladi.
Bir kechada hamma ishlar
Besh bo'ladi.
Voqealar birdaniga
Evrilsaydi.
Sho'rlik marhum bir fursatga
Tirilsaydi.
Ko'rar edi, mahallasi
Nechog' to'kis.
Ko'chasi ham binoyidek,
Ravon, tekis.
Holbuki, u shu yo'llardan
O'tgandi-ku.
Qish-qirovda avtobus ham
Kutgandi-ku.
Bosim oshib, ko'zlari ham
Tingan edi.
Yaxda toyib, oyog'i ham
Singan edi.
Yo'l tuzaldi, biroq marhum
Yurmay ketdi.
Tirigida bu hurmatni
Ko'rmay ketdi.
Gaplarimdan boshqa ma'no
Axtarmangiz.
Yo'qni boru, borni yo'q ham
Demang hargiz.
Bunday holga na yig'lab, na
Kulish kerak.
Nahot bir ish bitish uchun
O'LISH KERAK.
✍Abdulla ORIPOV
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
Уйқу олдидан бир гўзал шеър билан ҳайрлашамиз.
Кошки чарчоқ вужудимизда руҳимиз тетиклашса!
#tirik_satrlar
МУНОЖОТ
Фақат ишқ...
Фақат ишқ...
Бошқаси сароб,
бошқаси шамолнинг оний сурони.
Қирқта тар гулимни айладим хароб,
қирқта қул кўзи-ла кўрдим дунёни.
Қирқта қора қул ётар мозийда,
қирқта черигини йўқотган бекман.
Абадий айрилдим қирқта ғозийдан,
бошимни тошларга урсамми дейман.
Бу дунё нимадир?
Барини кўрдим,
султону гадонинг қаърини кўрдим,
Ғаззолий сиғмаган тубан оламда
шайтондан тўралган ғайирни кўрдим.
Фақат ишқ...
Ишқ гули...
Самовий гулим...
бир нафас дилимга посибон бўлсин,
токим шул нафасда қирқ биринчи қулнинг
ёруғ лабларида хўрсиниқ сўлсин.
Туҳмат мурдалари қалашиб ёттан,
иғволар қуртлаган шўрлик диёрда
замону маконин буткул йўқотган
бир улуғ фарёднинг
боласи зорман.
Ай, қиличдай туйғу,
ай, қотил туйғу,
бас, ортиқ қийнама кимсасиз даштда,
юзимга юзини қўйсин ўшал гул,
дилимнинг қаърини чавақлаб ташла!
✍Шавкат РАҲМОН
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
Кошки чарчоқ вужудимизда руҳимиз тетиклашса!
#tirik_satrlar
МУНОЖОТ
Фақат ишқ...
Фақат ишқ...
Бошқаси сароб,
бошқаси шамолнинг оний сурони.
Қирқта тар гулимни айладим хароб,
қирқта қул кўзи-ла кўрдим дунёни.
Қирқта қора қул ётар мозийда,
қирқта черигини йўқотган бекман.
Абадий айрилдим қирқта ғозийдан,
бошимни тошларга урсамми дейман.
Бу дунё нимадир?
Барини кўрдим,
султону гадонинг қаърини кўрдим,
Ғаззолий сиғмаган тубан оламда
шайтондан тўралган ғайирни кўрдим.
Фақат ишқ...
Ишқ гули...
Самовий гулим...
бир нафас дилимга посибон бўлсин,
токим шул нафасда қирқ биринчи қулнинг
ёруғ лабларида хўрсиниқ сўлсин.
Туҳмат мурдалари қалашиб ёттан,
иғволар қуртлаган шўрлик диёрда
замону маконин буткул йўқотган
бир улуғ фарёднинг
боласи зорман.
Ай, қиличдай туйғу,
ай, қотил туйғу,
бас, ортиқ қийнама кимсасиз даштда,
юзимга юзини қўйсин ўшал гул,
дилимнинг қаърини чавақлаб ташла!
✍Шавкат РАҲМОН
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
Telegram
Seningdirman | Kundalik
Shaxsiy fikrlar, sheʼrlar, zamondoshlar ijodi va eng sara ijod namunalari kanali
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...
#tirik_satrlar
"Billur idishlarda qizil may - hayot!
O, hayot! Sen - yozgan bir she'rimga teng.
Maydagi aksimga ko‘tarsam faryod,
Tegmang, piyolaga cho‘kib o‘lsam men!"
©Nosirjon JO‘RAYEV
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
"Billur idishlarda qizil may - hayot!
O, hayot! Sen - yozgan bir she'rimga teng.
Maydagi aksimga ko‘tarsam faryod,
Tegmang, piyolaga cho‘kib o‘lsam men!"
©Nosirjon JO‘RAYEV
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tirik_satrlar
#videoarxiv
Eshqobil Shukur o'ziga xos shoir va inson. Yaxshi tarbiya va odamiylik sohibi bo'lgan ijodkor. Sizga "Vaqt" nomli she'rining videosini havola etmoqdamiz.
She'rni shoirning o'zi o'qigan
Bizning kanal👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#videoarxiv
Eshqobil Shukur o'ziga xos shoir va inson. Yaxshi tarbiya va odamiylik sohibi bo'lgan ijodkor. Sizga "Vaqt" nomli she'rining videosini havola etmoqdamiz.
She'rni shoirning o'zi o'qigan
Bizning kanal👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
@Seningdirman
#tirik_satrlar
#Matnazar_Abdulhakim
¤ ¤ ¤
Mevalarin to‘kib bog‘lar jim,
Rostlayotir egik qadlarin.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Yuragingdir baxtim ilinji,
Umidlarim — javonmardlarim.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Kutganlaring yolg‘on, qahring — chin,
Yozsam qaytib kelar xatlarim.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Garchi o‘tmas senga o‘tinchim,
Garchi sig‘mas senga hadlarim,
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Sezmas, garchi yuraging sinchi,
Ruh tulporim yegan latlarin.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Yulduzlarning yo‘qolar tinchi,
Osmon quyosh qilar ahdlarin...
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Men bir qushman — osmon o‘kinchi,
Sindi qanot, kuydi patlarim...
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Hijron kunchi, ayriliq — kinchi,
Kulfatlarim sen, sen — baxtlarim...
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
✍️Matnazar ABDULHAKIM
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#tirik_satrlar
#Matnazar_Abdulhakim
¤ ¤ ¤
Mevalarin to‘kib bog‘lar jim,
Rostlayotir egik qadlarin.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Yuragingdir baxtim ilinji,
Umidlarim — javonmardlarim.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Kutganlaring yolg‘on, qahring — chin,
Yozsam qaytib kelar xatlarim.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Garchi o‘tmas senga o‘tinchim,
Garchi sig‘mas senga hadlarim,
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Sezmas, garchi yuraging sinchi,
Ruh tulporim yegan latlarin.
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Yulduzlarning yo‘qolar tinchi,
Osmon quyosh qilar ahdlarin...
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Men bir qushman — osmon o‘kinchi,
Sindi qanot, kuydi patlarim...
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
Hijron kunchi, ayriliq — kinchi,
Kulfatlarim sen, sen — baxtlarim...
Bir sen o‘zing mening birinchi
Hamda boshqa muhabbatlarim.
✍️Matnazar ABDULHAKIM
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
@Seningdirman
#tirik_satrlar
#Alisher_Navoiy
Yuqoridagi qo'shiq she'rining to'liq ko'rinishi. Balki shuni istagandirsiz, deb o'yladik.😊😊
AYLANGIZ
Nozaninlar, benavolarga tarahhum aylangiz,
Lutf agar yo‘qtur, g‘azab birla takallum aylangiz.
Gah biyik, gah past giryon ko‘rsangiz ushshoqni,
Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz.
Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jodu ko‘ngul,
Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz.
Ey balo-u dard, o‘tlar xud solibsiz jonima,
Lek siz ham gah ul o‘ttin tavahhum aylangiz.
Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,
Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz.
Biz fano tufrog‘i bo‘lduq dayr aro, ey ahli zuhd,
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.
Ey mug‘anniylar, Navoiy mast edi — kech uyg‘onur.
Oni uyg‘otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.
EMAS
Sunbulin Layli ochibtur — yel abiroso emas,
Dog‘ini Majnun qonatmish — lolayi humro emas.
Nastaran ko‘zgusida bir sori men, bir sori yor
Chehra aksin ko‘rguzubtur bir, guli ra’no emas,
Gulni o‘xshotqon uchun yorumg‘a go‘yo bog‘ aro
Muztarib ko‘nglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
Sunbul ustidin nasim esgach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas.
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur, marhun qadahpolo emas.
Dema, afg‘onimda bulbul nolasidek yo‘q nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar gul nishotafzo emas.
Gulni sarv uzra xayol ettim ko‘ngul bo‘stonida,
Rost aytay, sarvi gulro‘yum kibi zebo emas.
Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kibi bilturg‘i gullardin biri paydo emas.
Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
✍️Alisher Navoiy
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#tirik_satrlar
#Alisher_Navoiy
Yuqoridagi qo'shiq she'rining to'liq ko'rinishi. Balki shuni istagandirsiz, deb o'yladik.😊😊
AYLANGIZ
Nozaninlar, benavolarga tarahhum aylangiz,
Lutf agar yo‘qtur, g‘azab birla takallum aylangiz.
Gah biyik, gah past giryon ko‘rsangiz ushshoqni,
Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz.
Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jodu ko‘ngul,
Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz.
Ey balo-u dard, o‘tlar xud solibsiz jonima,
Lek siz ham gah ul o‘ttin tavahhum aylangiz.
Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,
Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz.
Biz fano tufrog‘i bo‘lduq dayr aro, ey ahli zuhd,
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.
Ey mug‘anniylar, Navoiy mast edi — kech uyg‘onur.
Oni uyg‘otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.
EMAS
Sunbulin Layli ochibtur — yel abiroso emas,
Dog‘ini Majnun qonatmish — lolayi humro emas.
Nastaran ko‘zgusida bir sori men, bir sori yor
Chehra aksin ko‘rguzubtur bir, guli ra’no emas,
Gulni o‘xshotqon uchun yorumg‘a go‘yo bog‘ aro
Muztarib ko‘nglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
Sunbul ustidin nasim esgach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas.
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur, marhun qadahpolo emas.
Dema, afg‘onimda bulbul nolasidek yo‘q nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar gul nishotafzo emas.
Gulni sarv uzra xayol ettim ko‘ngul bo‘stonida,
Rost aytay, sarvi gulro‘yum kibi zebo emas.
Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kibi bilturg‘i gullardin biri paydo emas.
Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
✍️Alisher Navoiy
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
@Seningdirman
#Tavallud_kun
#Rauf_Parfi
#tirik_satrlar
¤ ¤ ¤
Yana jimlik. Yana sukunat.
To'lib ketar hech narsadan dil.
Hech narsadan boshlanadi gap,
Hech narsani so'zlar yana til.
Qichqiradi bezabon xulyo,
Sukunatda qiynaladi jon.
Hech narsani tan olmas go'yo
Hech narsadan boshlangan jahon.
✍️Rauf PARFI
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#Tavallud_kun
#Rauf_Parfi
#tirik_satrlar
¤ ¤ ¤
Yana jimlik. Yana sukunat.
To'lib ketar hech narsadan dil.
Hech narsadan boshlanadi gap,
Hech narsani so'zlar yana til.
Qichqiradi bezabon xulyo,
Sukunatda qiynaladi jon.
Hech narsani tan olmas go'yo
Hech narsadan boshlangan jahon.
✍️Rauf PARFI
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#Tirik_satrlar
#Matnazar_Abdulhakim
📖MANFAAT SIYOSATI
✍️Matnazar ABDULHAKIM
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#Matnazar_Abdulhakim
📖MANFAAT SIYOSATI
✍️Matnazar ABDULHAKIM
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
@Seningdirman
#Tirik_satrlar
#Erkin_Vohidov
#Kun_mavzusi
¤ ¤ ¤
O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda,
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq.
Birni topsak yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilamiz tortiq.
Ichdik, chekdik, sho‘ro yurtida,
O‘zdik barcha og‘alardan ham.
Yuzsizlikda oshmasak bo‘ldi,
Ovro‘palik tog‘alardan ham.
✍️Erkin Vohidov
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#Tirik_satrlar
#Erkin_Vohidov
#Kun_mavzusi
¤ ¤ ¤
O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda,
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq.
Birni topsak yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilamiz tortiq.
Ichdik, chekdik, sho‘ro yurtida,
O‘zdik barcha og‘alardan ham.
Yuzsizlikda oshmasak bo‘ldi,
Ovro‘palik tog‘alardan ham.
✍️Erkin Vohidov
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
¤ ¤ ¤
#Tirik_satrlar
#zamondoshlar_ijodi
#Azizbek_Hakimov
Seni desam, men aqldan ozaverdim,
Xatlar yozdim har kun she’rlar qo'sha-qo'sha.
Bitta javob kelmasa ham, yozaverdim,
Sen o'shami, ishqilib?
Men o'sha-o'sha.
O'lmayapman, o'lar holda bo'lsam hamki,
Kelmasmiding mabodo men o'lsam hamki?
Bilmaysan-da, seni shunday qo'msaymanki…
Yuragim ham tugay dedi jo'sha-jo'sha.
Tamom bo'ldim.
Tamom nima, bilasanmi?
"Bo'm-bo'sh ikki tomon” nima, bilasanmi?
Yomon!
O'zi yomon nima, bilasanmi?
Toqatim toq, iztirobim qo'sha-qo'sha.
Bir kelsang-chi!
Yig'lasang-chi boshim silab,
Yig'lasang-chi yuzimdagi yoshim silab!
Yo shivirla mayin-mayin, qoshim silab,
“Mayli, to'yib bi-i-ir yig'lab ol, bo'sha, bo'sha!..”
Tamom bo'ldim.
Tamom nima, bilasanmi?..
✍ Azizbek HAKIMOV
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#Tirik_satrlar
#zamondoshlar_ijodi
#Azizbek_Hakimov
Seni desam, men aqldan ozaverdim,
Xatlar yozdim har kun she’rlar qo'sha-qo'sha.
Bitta javob kelmasa ham, yozaverdim,
Sen o'shami, ishqilib?
Men o'sha-o'sha.
O'lmayapman, o'lar holda bo'lsam hamki,
Kelmasmiding mabodo men o'lsam hamki?
Bilmaysan-da, seni shunday qo'msaymanki…
Yuragim ham tugay dedi jo'sha-jo'sha.
Tamom bo'ldim.
Tamom nima, bilasanmi?
"Bo'm-bo'sh ikki tomon” nima, bilasanmi?
Yomon!
O'zi yomon nima, bilasanmi?
Toqatim toq, iztirobim qo'sha-qo'sha.
Bir kelsang-chi!
Yig'lasang-chi boshim silab,
Yig'lasang-chi yuzimdagi yoshim silab!
Yo shivirla mayin-mayin, qoshim silab,
“Mayli, to'yib bi-i-ir yig'lab ol, bo'sha, bo'sha!..”
Tamom bo'ldim.
Tamom nima, bilasanmi?..
✍ Azizbek HAKIMOV
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
@Seningdirman
#Tirik_satrlar
#Iqbol_Mirzo
TUBIDA TOSH DUMALATIB...
Tubida tosh dumalatib soylar o‘tdi,
Yelkasida yaraq-yaraq oylar o‘tdi.
Qamishlarning boylamida naylar o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Tuyog‘idan tillo sochib jayron o‘tdi,
Necha ko‘shki obod ko‘ngli vayron o‘tdi,
Hammasi ham bu holimga hayron o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Ro‘molini qanot qilgan pari o‘tdi,
Ko‘z uchida menga qaray-qaray o‘tdi,
Nigohlari jonimdan ham nari o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Shamol o‘tdi, bulut o‘tdi, yomg‘ir o‘tdi,
Qahratonning qadamlari og‘ir o‘tdi.
Qorabotir o‘tdi, Zuhro, Tohir o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Bir zum qalbim darchasidan ziyo o‘tdi,
Bilmay qoldim chin o‘tdimi – ro‘yo o‘tdi,
Siz o‘tdingiz bu dunyodan dunyo o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
✍️Iqbol MIRZO
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#Tirik_satrlar
#Iqbol_Mirzo
TUBIDA TOSH DUMALATIB...
Tubida tosh dumalatib soylar o‘tdi,
Yelkasida yaraq-yaraq oylar o‘tdi.
Qamishlarning boylamida naylar o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Tuyog‘idan tillo sochib jayron o‘tdi,
Necha ko‘shki obod ko‘ngli vayron o‘tdi,
Hammasi ham bu holimga hayron o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Ro‘molini qanot qilgan pari o‘tdi,
Ko‘z uchida menga qaray-qaray o‘tdi,
Nigohlari jonimdan ham nari o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Shamol o‘tdi, bulut o‘tdi, yomg‘ir o‘tdi,
Qahratonning qadamlari og‘ir o‘tdi.
Qorabotir o‘tdi, Zuhro, Tohir o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Bir zum qalbim darchasidan ziyo o‘tdi,
Bilmay qoldim chin o‘tdimi – ro‘yo o‘tdi,
Siz o‘tdingiz bu dunyodan dunyo o‘tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor,
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
✍️Iqbol MIRZO
Bizning kanal👇👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
Telegram
Seningdirman | Kundalik
Shaxsiy fikrlar, sheʼrlar, zamondoshlar ijodi va eng sara ijod namunalari kanali
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...
#tirik_satrlar
#Erkin_Vohidov
Fuzuliy haykali qoshida
Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan,
Sernavo bulbullar, sayramang biroz.
Karbalo dashtida yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.
Dengiz, to‘lqinlaring urma qirg‘oqqa,
Shoir o‘ylariga bermagil xalal.
Ustoz yuragida she’r tug‘ilmoqda,
Dunyoga kelmoqda bir munis g‘azal:
«Sabo, ag‘yordan pinhon g‘amim dildora izhor et,
Xabarsiz yorimi holi xarobimdan xabardor et,
Ko‘ngil, g‘am gunlarin tanho kechurma, ista bir hamdam,
Ajal xobindin afg‘onlar chekib Majnunni bedor et».
Yaproqlar tebranar she’r maqomiga,
Chechaklar jimgina egib turar bosh.
Marmar sarhovuzning kumush jomiga
Shoir ko‘zlaridan oqib tushar yosh.
Boku bog‘lariga cho‘kmoqda oqshom,
Dengiz mavj uradi tovlanib zarhal.
Shoir yuragidan toshganda ilhom,
Yosh bilan quyulib keladi g‘azal:
«Parishon holing o‘ldim, so‘rmading holi parishonim.
G‘amingdan darda tushtim, qilmading tadbiri darmonim,
Na dersan, ro‘zigorim bo‘ylami kechsun, go‘zal jonim.
Go‘zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatli sultonim».
Oshiqlar uxlaydi Saharga tomon
Fuzuliy devonin boshiga qo‘yib.
Majnun sevgisidan o‘qilsa doston,
Bulbullar tinglaydi butoqqa qo‘nib.
Xalqim jondin sevar dilbar kuylarni,
Xalqim she’riyatga shaydodir azal.
Nechun band etmasin fikr-u o‘ylarni,
Nechun mahv etmasin qalblarni g‘azal?!
«Muqavvash qoshlaringkim, o‘sma birla rang tutmishlar,
Qilichlardirki, qonlar to‘kmak ila zang tutmishlar,
Sahar bulbullar afg‘oni dagil behuda gulshanda,
Fuzuliy nolayi dil so‘zina ohang tutmishlar».
G‘azal ham bo‘lurmi muncha dilrabo,
Bunchalar serishva, bunchalar sernoz.
Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo
Fuzuliy she’riga oshiqligim rost.
Majnundek beorom bo‘lib qolganim
Sarsari yugurgan to‘lqinlar aytsin,
Kechalar uyqusiz she’r yod olganim
Tonggi ufqdagi yolqinlar aytsin.
«Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so‘r,
Zuloli shavq-zavqin tashnayi diydor o'landan so‘r.
Ko‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g‘ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o'landan so‘r».
Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan,
Sernavo bulbullar, sayramang biroz.
Karbalo dashtida yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.
Dengiz, to'lqinlaring urma qirg‘oqqa,
Shoir o‘ylariga bermagil halal.
Ustoz yuragida she’r tug‘ilmoqda,
Dunyoga kelmoqda yangi bir g‘azal.
✍️Erkin Vohidov
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
#Erkin_Vohidov
Fuzuliy haykali qoshida
Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan,
Sernavo bulbullar, sayramang biroz.
Karbalo dashtida yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.
Dengiz, to‘lqinlaring urma qirg‘oqqa,
Shoir o‘ylariga bermagil xalal.
Ustoz yuragida she’r tug‘ilmoqda,
Dunyoga kelmoqda bir munis g‘azal:
«Sabo, ag‘yordan pinhon g‘amim dildora izhor et,
Xabarsiz yorimi holi xarobimdan xabardor et,
Ko‘ngil, g‘am gunlarin tanho kechurma, ista bir hamdam,
Ajal xobindin afg‘onlar chekib Majnunni bedor et».
Yaproqlar tebranar she’r maqomiga,
Chechaklar jimgina egib turar bosh.
Marmar sarhovuzning kumush jomiga
Shoir ko‘zlaridan oqib tushar yosh.
Boku bog‘lariga cho‘kmoqda oqshom,
Dengiz mavj uradi tovlanib zarhal.
Shoir yuragidan toshganda ilhom,
Yosh bilan quyulib keladi g‘azal:
«Parishon holing o‘ldim, so‘rmading holi parishonim.
G‘amingdan darda tushtim, qilmading tadbiri darmonim,
Na dersan, ro‘zigorim bo‘ylami kechsun, go‘zal jonim.
Go‘zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatli sultonim».
Oshiqlar uxlaydi Saharga tomon
Fuzuliy devonin boshiga qo‘yib.
Majnun sevgisidan o‘qilsa doston,
Bulbullar tinglaydi butoqqa qo‘nib.
Xalqim jondin sevar dilbar kuylarni,
Xalqim she’riyatga shaydodir azal.
Nechun band etmasin fikr-u o‘ylarni,
Nechun mahv etmasin qalblarni g‘azal?!
«Muqavvash qoshlaringkim, o‘sma birla rang tutmishlar,
Qilichlardirki, qonlar to‘kmak ila zang tutmishlar,
Sahar bulbullar afg‘oni dagil behuda gulshanda,
Fuzuliy nolayi dil so‘zina ohang tutmishlar».
G‘azal ham bo‘lurmi muncha dilrabo,
Bunchalar serishva, bunchalar sernoz.
Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo
Fuzuliy she’riga oshiqligim rost.
Majnundek beorom bo‘lib qolganim
Sarsari yugurgan to‘lqinlar aytsin,
Kechalar uyqusiz she’r yod olganim
Tonggi ufqdagi yolqinlar aytsin.
«Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so‘r,
Zuloli shavq-zavqin tashnayi diydor o'landan so‘r.
Ko‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g‘ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o'landan so‘r».
Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan,
Sernavo bulbullar, sayramang biroz.
Karbalo dashtida yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.
Dengiz, to'lqinlaring urma qirg‘oqqa,
Shoir o‘ylariga bermagil halal.
Ustoz yuragida she’r tug‘ilmoqda,
Dunyoga kelmoqda yangi bir g‘azal.
✍️Erkin Vohidov
👇👇👇
https://t.me/Seningdirman
Telegram
Seningdirman | Kundalik
Shaxsiy fikrlar, sheʼrlar, zamondoshlar ijodi va eng sara ijod namunalari kanali
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...
Har kimga million bor elan, do'stim,
Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...