️Secretius
10.5K subscribers
689 photos
423 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Katta fayllarni ulashish uchun

Katta hajmli bulut biz uchun maʼlumotlarni yonimizda jismonan yoʻq boʻlgan xotirada saqlash yoki ulashish uchun kerak.
Telegram ommabop messenjer, lekin unda 2Gblik cheklov(oldin 1.5Gb edi) bor. 2Gbdan katta fayllarni ulashish uchun transferfile.io servisi mavjud.

Xizmat ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi va 32 Gb gacha bo'lgan fayllarni almashish imkonini beradi. Agar kerak bo'lsa, yuklab olish uchun parol o'rnatish mumkin.

Ulashish tugmasini bosing va havolani nusxalang va kerakli odamga yuboring.

Sayt: transferfile.io
Alternativ versiyasi: anonfiles.com (20Gb)

#sayt #bulut

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
Спам-рассылка в Telegram-каналах от CrosserBot

Если вы в своих каналах добавляли бота CrosserBot в админы, то скорее всего сейчас там вышел пост с призывом выходить на улицы и ссылки на украинские каналы.

Совет: проверьте свои каналы на наличие спам-сообщения и удалите его при обнаружении. Также исключите бота из админства в настройках канала.

@TeleUz

CrosserBot'dan Telegram-kanallarda spam yuborilmoqda

Agar siz kanallaringizda administratorlarga CrosserBot botini qo‘shgan bo‘lsangiz, ehtimol u yerda hozir ko‘chaga chiqishga chaqiruv va Ukraina kanallariga havolalarga ega spam-xabar tarqalmoqda.

Maslahat: kanallaringizni spam-xabar bor-yo‘qligiga tekshirib ko‘ring va topilgan taqdirda, uni o‘chirib tashlang. Shuningdek, kanal sozlamalarida botni administratordan chiqarib tashlang.
Hakerlar kim va ular qanday pul ishlashadi?

Haker atamasi
Hakerni ko'p kishi kompyuterni daxshat tushunadigan yoki telefonni zo'r tushunadigan odam deb o'ylashadi. Aslida esa, hakerlar jinoyatchi. Bilaman, siz shu gapni o'qib hayron qoldingiz. Haker - ingl. "hack" - buzmoq, so'zidan olingan. Haker esa o'z navbatida buzg'unchi degan ma'noni anglatadi. Ko'chadagi Wi-Fi ni buzgan odam haker emas, lekin😅.

Haker nima ish qiladi?
Haker turli xil sistemalarni buzuvchi shaxs. Uning ishi, shu sistemalarni himoyasini yo'q qilish. Kuchli haker uchun buzilmaydigan sistemaning o'zi yo'q. Dasturchilarning ham 70% dan ortig'i kiberhimoya uchun ishga olinadi. Chunki hakerlar yiliga kompaniyalarga juda katta zarar yetkazadi. Davlat organlari uchun hakerlar qo'rqinchli dushman. Davlatning maxfiy sirlari bo'lib, uni o'zlaridan boshqa hech kim bilmaydi. Hakerlar esa shu ma'lumotlarni ommaga tarqatib yuboradi, sistemani buzib, albatta. Shuning uchun ham ular jinoyatchi hisoblanishadi. Ularga beriladigan qamoq jazosi odatda ko'p bo'ladi. Hakerlikni qo'ying, avval dasturchi bo'lib olingchi 😁

Hakerlar qanday pul topadi?
To'g'risini aytsam, hakerlar omadi kelib qolsa, dasturchining 1 yillik oyligini ham topib qo'yadi. Omadi kelmasa, dasturchining 15 yillik umrini qamoqda o'tkazadi. Lekin buyurtmaga ishlovchi hakerlar bor. Ha-ha, ular qonuniy ishlashadi. Aytaylik, sizning katta kompaniyangiz bor. Sizda maxfiy ma'lumotar bor. Buni raqobatchilardan yashirish maqsadida falon so'mga dasturchi olib kelgansiz. Lekin siz dasturchini kuchli yoki kuchsiz ekanini bilmaysiz. Hakerga telefon qilasiz va buyurtma berasiz. Agar haker buza olsa, u sizga qanday buzganligini ko'rsatadi va unga saboq uchun pul berasiz. Dasturchi bilan esa xayrlashasiz.

Hakerlar haqida filmlar
Agar hakerlar aynan kimligini bilmoqchi bo'lsangiz, maslahatim, "Who am I", "Snowden" yoki mashhur serial "Mr. Robot" ni ko'ring.

#savol #javob
Tegishli postlar:
Eng yosh haker

Hakerlar toʻgʻrisidagi qiziqarli faktlar

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
dcabtc.com - Bitkoinga sarmoya kiritganingizda qancha foyda koʻrib, soʻkinishingiz uchun😂

Misol uchun, BTCga kuniga 10 dollar sarmoya kiritish orqali 3 yil ichida pulingiz +400 foizga oshgan boʻlar edi, yaʼni 41 796 dollar.

#sayt
Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
Xiaomi 12 Pro

120 Vt simli, 50 Vt simsiz va 10 Vt teskari(boshqa smartfonni quvvatlash). 4600 mA/soat batareya
3 yillik Android yangilanishi + 4 yillik xavfsizlik yangilanishi

Qolgan maʼlumot rasmda

#xiaomi #xitoy #flagman
Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi multfilm personajini yaratish uchun sizga iqtidor yoki kuchli vositalar kerak emas. Chunki Plask bor.

Plask.ai - sunʼiy intellektga asoslangan 3D animatsion harakatlarni modellashtirish, oʻzgartirish, personajga qoʻllash uchun ajoyib servis.

#sayt
Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
Samsung Galaxy A33 va A53 5G smartfonlari.

#samsung
Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
Telefon sekinlashdi, balki bu sizning aybingizdir?

So'nggi paytlarda smartfon sekin va xatolar bilan ishlayapti, tanish holatmi? Eskirishning oqibatlari, bu hammada har xil tezlikda boʻladi, lekin sizning baʼzi xatolaringiz ham sabab boʻlishi mumkin.

Ilovalar va o'yinlar foydalanuvchi tomonidan o'rnatiladi va o'chiriladi, ulardan ba'zilari zarur, ba'zilari esa yoʻq. Fotosuratlar va videolar hajmi ortib boradi.
Ba'zi dasturlar tizim resurslarini o'zlashtirib, fonda ishlaydi. Gigabayt keshlangan ma'lumotlar, yangilanish fayllari va boshqa tizim "axlatlari" to'planadi. Albatta bu sekin va xato bilan ishlashga olib keladi.

Shuning uchun ham tozalab turish kerak

1️⃣ Kam foydalanilgan ilovalarni olib tashlang.

2️⃣ Keraksiz oldindan o'rnatilgan va zavod dasturlaridan xalos bo'ling(Masalan: Play Movies, Play Music);

3️⃣ Keraksiz, ishlatilingan fayllarni(rasm, video, hujjat) oʻchiring.

4️⃣ Telefoningizga kerakli, lekin kamdan-kam ishlatiladigan fotosuratlarni bulutli xotiraga o'tkazing.

5️⃣ Ilovalar keshlarini tozalashni unutmang!
Kerakli ilovalar:
RAM cleaner lite
Cache Cleaner lite

❗️Agar yuqoridagi tavsiyalarning hech biri yordam bermasa yoki tizimni oʻzingiz tozalay olmasangiz, smartfoningizni zavod sozlamalariga qaytaring. Bu barcha ma'lumotlarni o'chirib tashlaydi.

Tegishli postlar:
Smartfon sekinlasha boshlasa nima qilishim kerak?

#maslahat #telefon #ilova

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
📱iPhone 14 Pro shu dizaynda boʻlishi kutilmoqda.
Kompaniyalar biroz yangi narsa qoʻshib, qimmatroq qilib sotishni oʻrganishib oldi. Oldingidek rivojlanish yoʻq.

💬Sizning fikringiz qanday?

#iphone
Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
realme GT Neo

Smartfon taqdimotidan avval bir nechta rasmlar va maʼlumotlar ulashildi.

4500mA/s va 5000mA/s versiyalari boʻlib, 150Vt tezlikda 3daqiqada 50% quvvatlanadi.

Protsessori MediaTek Dimensity 8100, realme UI 3.0(Android 12) asosida boʻladi.

Taqdimot 22-martda boʻlishi kutilmoqda, narxi esa nomaʼlum.

#realme

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
Kompyuter brauzerida ishlayotgan vaqt kerak boʻluvchi ikkita buyruq

Hamma narsani ham "sichqonimiz" bilan qilmaslik kerakligini aytgan edim. Brauzerda eng kerak boʻluvchi 2ta buyruqni bilib olgan yaxshi.

1. Yangi sahifa ochish.
Windows Ctrl + T
MacBook Command + T

2. Bilmasdan yopilgan sahifani qaytarish.
Windows Ctrl+ Shift + T
MacBook Command + Shift + T

#kompyuter #klaviatura #hotkey

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
@SangMataInfo_bot - bot foydalanuvchilarning userneym va nomlarini oʻzgartirish tarixini koʻrsatib beradi (oldingi useri va nomlarini).

Sizning "tarixingizni" bilishlarini hohlamasangiz quyidagilarni bajaring:
Telegram> Sozlamalar> Maxfiylik va xavfsizlik> Uzatilgan xabarlar> Hech kim
Lekin bu yoʻl har doim ham ish bermaydi ;(

Agar bot ishlamagan boʻlsa, siz qiziqib qolgan odam shu ishni qilib qoʻygan😁
#bot

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
2021yilda eng koʻp sotilgan smartfonlar 10taligi
Deyarli hammasi Appleniki, lekin eng koʻp sotilgani byudjet smartfon Samsung A12.

#reyting
Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
​​Foydali telegram botlar

@StickerDownloadbot - stikerlarni rasm, gif va video koʻrinishiga oʻtkazuvchi bot.

@complete_pdf_bot - rasmni va boshqa hujjat turlarini pdf, pdfni esa rasm qiluvchi bot.

@Filestore_dhk_Bot - bitta fayl(media, hujjat va h.) yoki fayllar guruhini ulashish uchun link yaratish.

@TempMailer_bot - 20daqiqalik soxta pochta beruvchi.

@ExchangeRatesBot - valyuta kurslarini oʻzaro solishtirish uchun.

#telegram #bot #bots
Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Ilovalarni qulflash, fayllarni(video, rasm, hujjat va b.) yashirish

Smartfon - shaxsiy mulk. Lekin baʼzida buni buzishga urinishadi. Toʻgʻri hozirgi smartfonlarda bunday imkoniyat bor(Ikkinchi joy - Xiaomi, Xavfsiz jild - Samsung), lekin ular ortiqcha joy egallaydi.

Applock ilovasi esa atigi ~3Mb.
Bunday ilovalar orasidagi eng yaxshisi.
Qanday ishlatishni bilasiz😜

Yuklab olish 📥

#ilova #maxfiylik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​📨 Soxta elektron pochta

Masalan, birorta notanish saytdan ma'lum bir faylni yuklab olmoqchisiz, ammo ro'yxatdan o'tmasdan buning iloji yo'q. Ro'yxatdan o'tish uchun esa pochtani tasdiqlash talab qilinadi. Lekin bu siz uchun xavfli bo'lishi mumkin.

Bunday hollarda yaxshisi soxta elektron pochta xizmatidan foydalangan ma'qul. Quyidagi botlar sizga aynan shu ishda yordam berishadi:

1. @fakemailbot
2. @TempMail_org_bot
3. @tmpmailbot
4. @DropmailBot
5. @etlgr_bot
6. @mailableBot
7. @TempMailer_bot
8. @WWPagerBot

#email #fakemail #bot

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Anonymus xakerlari Rossiyani tark etishdan bosh tortgan Nestle kompaniyasining maʼlumotlar bazasini buzib kirishdi

Bu dunyodagi eng yirik oziq-ovqat kompaniyasining 10 Gb elektron pochtasi, parollari va mijozlar ma'lumotlaridan iborat bazasi.

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius