591 subscribers
473 photos
65 videos
2 files
313 links
Welcome to Seb's:
Ko'proq taqrizlar: @deadreviewsociety
Letterboxd: https://boxd.it/b7sBN
Iqtiboslar - @Sitataland
Memlar jamiyati - @KinoMemlar
Filmlar bazasi - : https://t.me/+ctLY67N-uQk5YWRi
Download Telegram
1/2
Serialdagi yagona depressiv, yolg'iz xarakter BoJack emas, ikkinchi darajali har bir, qaytaraman har bir xarakter o'z dillemasiga ega, birovnikidan ko'p bo'lsa ko'p, kam emas ularniki ham. Hamda serial buni bizga o'rgatishni juda qoyilmaqom qilib uddalaydi. "O'zing uchun o'l yetim" dunyo bu degan tushunchani zo'r berib tushunib olamiz. Eng birinchi boshidan serial quvnoq kayfiyat bilan boshlanib, oxirida sizni bir tubi ko'rinmas bo'shliq yoqasida tashlab ketadi. Har mavsumda ajoyib energiya bilan boshlanib, hayotinglardagi eng ta'sir etadigan depressiv seriallardan biri sifatida mavsumini tugatadi. Har qismni deyarli, sizga ko'ryapsanmi bu o'shandan ham yomoni deya tugatadi. Butun boshli serial BoJackga o'xshaydi, oxirida sizni bor energiyangizni yutib olganday, ichingizda bo'shliq qolganday tashlaydi va ketadi.

BoJack xuddi qolganlardan va o'zidan bor enrgiyani so'rib oluvchi qahramonga o'xshaydi. Baxtga allergiyasi borday xuddi. Nimadir yaxshi narsa bo'lsa uning atrofida, unga o'zligi urib ketib yomonlashmaguncha qo'ymaydi, ataylab qilmaydi lekin. Bunaqa ishlar ko'p bo'lganidan, u yaxshi odamlardan qochadigan ham bo'lib qolgandir ehtimol. Kunidagi shiori ham bizniki bilan bir xil, hali bundanam yomoni bo'ladi.

Gap BoJack haqida. U Golivuddagi bir mashhurlardan, yoki sobiq mashhurlardan biri. Hozirgi zerikarli hayotida qiladigan yagona ishi, atrofdagi ishlardan nolib o'tirish, shuni ham ko'nglidagiday qilolmayapti. U ko'p ichadi, bir ichganda to'xtamay ichadi, u doim o'zim istagan vaqtda to'xtashim mumkin, lekin to'xtatishni istamayman degan o'yda bo'lib ichadi, yana ichadi va hokazo. Ko'pincha ichganda nimadir bo'lmag'ur ishlar qiladi. Hatto senga email yuborishi ham mumkin, nima mavzuligini farqi yo'q, istasa qanchalik mast ekanligi haqida ham yozishi mumkin, keyin "b" harfini shunchaki 27marta bosib emailni yakunlashi ham mumkin, balki uxlab qolgan bo'lar o'sha paytiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii. Kim bilsin.

"BoJack Horseman" bu shunchaki oddiy kattalar uchun mo'ljallangan animatsion serial emas. U ulardan bir kalla yuqori turadi. U hayotdagi eng real, hayotiy, insoniy serial, bosh qahramoni odam bo'lmasa ham. Birinchi mavsumda ko'rib qora yumorga boy yaxshiroq serialga o'xshaydi deb o'ylaysan. Ana bor ikkinchi mavsumda ham ozgina shunaqa o'ylarsan, lekin keyinchalik qismlar o'tib borgani sari bu boshqacha bir shedevrga aylana boradi. Hazillari sifatli, jiddiy sahnalari esa borgan sari qayg'uli bo'lib boraveradi. Bu kabi ishlarni qilishdagi kalit esa bosh qahramon orqali beriladi asosan. To'g'rilaydigan bo'lsam, kalit emas qolip.

"BoJack Horseman' bu netflix striming servisida premyera qilingan, va hozirgacha o'zining ko'plab muxliskariga ega bo'lgan serial. Syujetga ko'ra, BoJack ismli 80- , 90-yillarda sitkomda o'ynab mashhur bo'lgan, va hozirgacha 20 yillab ekranlardan g'oyib bo'lib ketgan ot haqida. BoJack endi kitob yozyapti, uning fikricha kitobi o'ta yaxshi chiqsa (albatta shunday chiqadi deb ham o'ylaydi yana) uni odamlar yana yaxshi ko'rib qoladi, shunchaki bir sitkom aktyoridan ham ko'ra ko'proq bu safar. Lekin avval bunaqa kitobni yozish kerak.

#tavsiya #drama #komediya #serial #netflix
hali bundan ham yomoni bo'lishi haqida - BoJack Horseman

P.S: Agar eng boshidan shu yergacha erinmay o'qib kelgan bo'lsanglar yomon yangiligim bor: abzaslarni teskari tartibda o'qish kerak edi, aslida taqrizni original holidan teskari tartibda yozib chiqdim. Balki eng boshidan qanaqa axlat bu deb o'qib kelgan bo'lsanglar, endi oxirgi abzasdan birinchisi tomon ham o'qib ko'ringlar erinmasanglar, endi boshqacha ma'no chiqadi bu . . . bir balodan, to'g'risi o'zimam bilmayman nimaligini ortiq. Imloviy nimadirlari bo'lsa ham kerak, bu allambaloni boshidan to'g'rilab edit qilib chiqmayman endi.
P.S.S: Serialni o'zilarga ma'qul tilda, o'zinglar topib olinglar ko'rginglar kelsa.
Like for real: why be happy ?
Three little orphans: one, two, three . . .

Sarah Lynn

"BoJack Horseman"da Sarah Lynn ismli qahramon bor. Uning haqida serialdagi eng yaxshi ochiq gapni serial boshida Diana aytgan. Aniq to'la gapni eslolmayman, lekin erta ijodida bemalol zo'r mavzularni ko'tarib chiqqan erkin ijodkorning keyinchalik industriya ichida cho'kishi haqida. Yana ham, mizogonistik jamiyatdagi cho'kishi haqida.

Kelinglar u haqida gapirib beraman. Sarah Lynn juda kichik yoshidanoq "Horsin' around" deb nomlangan sitkomda suratga tushgan, BoJack Horseman bilan birga. U juda ham kichikligidan industriyaga kirib kelgan, lekin albatta bunaqa qarorni o'zi chiqarmagan. Uning hikoyasidagi bu bo'lim onasiga borib taqaladi. Onasi prodyuserga ko'z suzib, keyin qizini sitkomga qo'shtirib qo'yadi, va albatta bu bilan o'z farzandiga yaxshilikni ravo ko'radi, keyinroq hayotida kamchilik bo'lmasin deb. Lekin hammasi ham o'sha ona o'ylaganchalik ketmaydi.

Sarah Lynn dastlabki maktab chog'laridanoq o'ta mashhur bo'lib ketgach, o'zi tenggi bolalar bilan ham uncha yaxshi chiqisha olmaydi, bolalikdan boshlab yolg'iz o'sadi. Unga yagona hayotidagi arzimas maqsadni esa BoJack beradi. U sahnada Sarahdan nimaiki talab qilinsa shu ishni qilish kerakligini, borini tomoshabinlarga berish kerakligini aytadi, chunki sening qilayotgan ishlaringni kelajakda hech kim tushunmaydi, hatto oilang ham tashlab ketadi, senda esa faqat shu muxlilslaring qoladi oxirida,- deya.

Sitkom tugaganidan so'ng, Sarah endi dunyoga sitkomda o'ynagan kichkina qizaloqdan ko'ra boshqacharoq, kattaroq obrazda ko'rinishni istaydi. U pop yulduz bo'lishni istaydi. Va buni qarangki anchalin yillar mashhur pop yulduz bo'lishga ham erishdi. Lekin, o'sha mashhurlik orasida uning biladiganlari, o'zining naqadar yolg'izligi, hech kim uni tushunmasligi, hech kimsa uni eshitkisi kelmasligi, hamma undan nimadir xohlashi bo'ldi.

O'zi kichikligidan arxitektor bo'lishni orzu qilgan, lekin shu kichik yoshidan miyyasini kollejni omadsizlar makoni deya singdirishgandan so'ng o'sha mashhurlar makonida qolgan qiz u. Hayotida maqsad qolmagan onlardan, erta o'smirligidan dorilarga, qurug'iga ruju qo'ygan, hayotda o'zi erishmagan orzulari, yo'qotgan maqsadlarini badalini nuqul ichkilik va dorilardan chiqaradigan insonga aylangan qiz u.

Eng alam qiladigani esa, unga kichikligida BoJackning aytgan gaplari nuqta verguligacha o'z tasdig'ini topganida. Golivudni qanchalik odamlardan insoniyligini sug'urib tashlaydigan ajdarho ekanligini tasdiqlaydigan timsol u. Yerga ko'milgan orzularing, bolaligingda qilgan orzularing qolib hozir yoqmaydigan ishda ishlaydigan insonliging timsoli u. Hayotdan yo'qotgan maqsadlaring timsoli u.
Word: Mazoxist

Defenition: Asosan Lars Von Trier, yana Ingmar Bergmann va yana ba'zida Gaspar Noe muxlislariga nisbatan ishlatilinadigan atama.

Eslatma: Aranofskiyning muxlislariga nisbatan ishlatilsa ham bo'ladi
Kanalda yangi rubrika!

Avvaliga buni rubrika emas top ro'yxat ko'rinishida chiqarmoqchi edim, lekin dangasaligimdan bunaqa qilishga erindim, lekin bunaqa filmlar ko'pligi uchun bu g'oyani rubrika ko'rinishida taqdim etishga qaror qildim.

Kinomanlar ko'prigi - ushbu nom ostida bo'ladi yangi rubrika. Undan ko'zlangan asosiy maqsad kinomanlar safini kengaytirish, endi kinolarni ko'rayotgan odamlarga yaxshi hamroh bo'lish edi boshida, sababi endi ko'rib boshlagan odamga darrov "Dogville" ni tavsiya qilmaysizku, nimadir yaxshi kino tavsiya qilish kerak. Keyin men o'yladimki, lekin bu ro'yxat kinomanlarga zerikarli bo'lib qoladiku, tabiiy ular men endi kino ko'rmoqchilarga aytadigan filmlarni deyarli hammasini ko'rgan bo'ladiku. Shuning uchun o'zgartirish kiritishga qaror qildim.

O'zgarishga ko'ra, har bir sonda ikki film (juftlikda) taqdim etiladi. 1-film endi boshlayotganlar uchun taqdim etilsa, 2-si esa berilgan filmga alternativ sifatida beriladi. 2-film (alternativ)da birinchi berilgan filmga yaqin, g'oya jihatdan (yoki bo'lmasa atmosferami, xullas nimasidir) o'xshash, lekin ko'pchilikning ko'zidan chetdan qolgan bo'lishi mumkin filmlar beriladi.

Ya'ni birinchi filmni ko'rib yoqtirgansiz, yana shunga o'xshash, lekin avval ko'rmagan nimadir ko'rgan bo'lsangiz, umid qilamanki yordam beraman. Bugun ilk soni post qilinadi, va kanal nomidan kelib chiqib bildingiz deb o'ylayman ilk film qaysi bo'lishini. Agar uni topgan bo'lsangiz, alternativini ham taxmin qilishga urinib ko'ring.
#Kinomanlarkoprigi

1. La la land

Sebastian jazzni yoqtiradigan bo'lajak professional pianinochi. Mia esa o'zida yorqin kelajak ko'radigan bo'lajak aktrisa. Bu ikkala "bo'lajak" yoshlar bir shaharda uchrashib qolishdi. Ikkalasini bir-biridek boshqa hech kim tushunmaydiganday. Ularning sevgisi hamda kelajak tomon intilish yo'llari haqida o'ta go'zal ranglarga boy #myuzikl.

Yorqin ranglar orqali insonni o'ziga mahliyo eta oladigan, hamda bu ranglar va musiqa umumiyligi ostida o'ta kuchli romantik atmosfera hosil qiladi film. Hatto myuzikl va romantik filmlani yomon ko'radiganlar ham aynan "La la land"ga kelganda istisno qilishadi ko'pincha, ya'ni ularga ham yoqadi demoqchiman. Endigina kino olamiga qiziqib kelganlar uchun o'ta qiziqarli eksperiment, yana tanishlaringizga tavsiya qilish uchun ham ideal tanlovlardan biri. Filmda hech qanaqa ochiq sahnalar, beldan pastki hazillar yoki gaplar yo'qligidan kelib chiqsak bemalol sherik bilan ham ko'rish mumkin (tushundinglarku nima demoqchiligimni).

P.S: filmni hali ko'rmaganlar esa tomoshadan keyin bu kanalda nima qilib yurganlarini bilib olish baxtiga ega bo'lishsa ajab emas ))

———

Alternativ film:

The umbrellas of cherbourg (Шербурские зонтики, Les parapluies de Cherbourg)

Qiz endi 16 yashar, yigit esa endi 20 yoshda. Bu ikki o'smir bir-birini sevishadi. Yigit asli o'zi yetim, turmush tarzi ham bir muncha oddiyroq, lekin o'zi ko'ngli pok, sof, mehnatdan qochmaydigan odam. Qiz ham faqat onasi bilan turadi, lekin ularning turmushi picha o'ziga to'qroq. Qiz va onaning soyabon sotadigan do'koni bor, ikkalasining tirikchilik manbai bu do'kon. Ikkala yoshning sevgisi birlashishi yo'liga esa qizning onasidan ham boshqa bir sabab chiqib qoldi . . .

Film 1964-yilda ekranlarga chiqqan myuzikl hisoblanadi. To'g'risi ochiq bo'lib xulosamni aytadigan bo'lsam, dastavval film boshida oddiy bir kambag'al yigit boyroq qizni yaxshi ko'rib qolishi haqidagi hikoya deb o'ylovdim. Lekin butun boshli filmni tugatgach o'ta qattiq adashganimni tushunib yetdim. Bu filmni nima uchun ko'rishingizga sabablar keltirmasdan oldin bir gapni aytay. Agar hatto "La la land" ham yoqmagan bo'lsa, unda bu filmni ham yoqtirmaysiz ehtimol. Lekin yuqoridagi film sizning sevimlilaringizdan bo'lsa aniq "The umbrellas of cherbourg"ni ham ko'rishingiz kerak.

Agar Ues Andersonga ham hatto ranglarni ishlatish bo'yicha masterklass o'tab qo'yadigan rejissyorni izlab yurgan bo'lsangiz bu rejissyor bizning filmimizning rejissyori: Jak Demi. Filmdagi ranglar o'ta go'zal muhit hosil qilgan, uning filmi davomida deyarli to'xtovsiz ijro qilinadigan 1,5 soatlik orqa fondagi Jazz esa sizga o'ta yoqimli bonus. Menimcha La la land filmini bemalol "Sherburg soyabonlari" filmining Shazel rejissyorligidagi remeyki deb e'lon qilaversak bo'ladi. Farqi biri Fransiyada, ikkinchisi LA da sodir bo'lishida, yana oradan 50yilcha o'tgan farqida. Axir qarang, ranglar, hamda jazz musiqasi aynan ikkala filmni bir-biriga bog'lashi juda aniq misol bo'lib turibdiku. Lekin menimcha "The Umbrellas of Cherbourg" nisbatan og'irroq bo'lsa kerak, o'zi bu rubrikamizning har bir kelasi qismlarida ham birinchi filmdan Alternativ deb beriladigan ikkinchi filmni o'rtasidagi farq ikkinchi film og'irroqligida bo'ladi.

Siniq qalblar uchun jazz klubi sifatida - Seb's
Jazzchilar! Shanba kuni soat 21:21 da "BoJack Horseman" seriali haqida kanalda audiochat bo'lib o'tadi.

Mehmon spikerimiz: Katta og'a

Hammani suhbatda kutib qolaman!
U telegramda animeshniklarni rosa yomonladida, "Ah, yosh bolalar" deb telefonini cho'ntagiga soldi. Keyin esa o'zi Marvel bilan DC ni superqahramonlar haqida kinolarini ko'rishga tushdi
Bitta qiziq narsani o'qib qoldim. Oskar uchun eng yaxshi xorijiy filmga nominatsiyaga qo'yish uchun bir mamlakat faqat bitta filmni tanlab berarkan, undan oshiq emas. Buning evaziga ba'zi yillarda ko'p yaxshi kinolar nominatsiyaga qo'yilmay qolib ketarkan. O'zi buni ham uncha yomon tomoni yo'q, oskardagilar hamma yaxshi chiqqan kinoga berib keta olmaydiku mukofotni. Ba'zi shu mukofotga nominatsiyasi qo'yilmay qolgan qiziq filmlardan yozaman quyiga:

1. "Anatomy of a fall" - O'tgan yili Fransiya ushbu filmni o'rniga "The taste of things" filmini nominatsiyaga qo'ygan. Menimcha "Anatomy of a fall" eng yaxshi xorij filmi uchun yaqqol favorit bo'lardi nominatsiyaga qo'yilganda. Mayli shundog'am yilni eng yaxshisi bo'lish uchun kurashdi-ku.

2. Cries and Whispers - 1974-yilgi oskar uchun Shvetsiya "Scenes from a marriage" filmini ro'yxatdan o'tkazgan, ochig'i film menimcha yomon emasdi, baribir yakuniy o'nlikda unga joy tegmagan. Lekin Bergmanning asari oldida bir pog'ona past edi baribir. Lekin, "Cries and Whispers" shunga qaramasdan yilning eng yaxshisi bo'lish uchun nominatsiyaga qo'yilgan.

3. Spirited away - Yaponiya 2002-yil uchun "Out" filmini ro'yxatdan o'tkazgan, natijada esa yakuniy o'nlikga ham kira olmagan. Ammo baribir, Spirited away ham o'z darajasini ko'rsatib yilning eng yaxshi animatsiyasini qo'lga kiritgan.

4. Ran - Yaponiya tomondan yana bir xabar. Yaponlar 1986-yilgi oskar taqdimoti uchun "Gray Sunset" filmini o'z nomlaridan tasdiqlagan, film esa yakuniy o'nlikga ham kiritilmagan. "Ran" filmi esa qator nominatsiyalarda eng yaxshisi bo'lish uchun kurashgan

5. Y tu mama Tambien - va nihoyat men eng kutmagan qaror. Meksika Alfonso Kuaronning shedevrini rad etib, "Violet parfume: nobody hears you" filmini ro'yxatdan o'tkazgan. Va bu yog'ini taxmin qilganingizday ro'yxatdan o'tkazgan filmlari nominatsiyaga ham qo'yilmagan.

Mana sizga tayyor ko'rish uchun kinoro'yxat. Sizning bu ro'yxat yoki filmlar haqida fikrlaringiz qanday?
Yaxshi obunachi bu postlarga reaksiya bosib, hushi borida izoh yozib, kanaldagi postlarni ulashib turadigan obunachi.
Meni kanalimda esa bunaqalar meteorit tushganda dinozavrlar bilan birga qirilib ketgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Upd: Oulusta yaqin kunlarda xabar uzatishni ham taqiqlab qo'yishni reja qilayapti ekan
Bu post ularning yuzini ochib berdi 😤
P.S: Ichkarida ni o'zim ham ko'rganman yomoni
Obunachilar 1000tadan o'tgach, og'amiz sustlashib qoldilar
Enigma o'rta poleolit davrida va'da qilgan filmlar tarjimasini kutayotgan obunachilar.
Obunachilar: siqilmanglar, reklama tarjimani tezlashtiradi
Yaqinda Sydney Sweeneyni ham yomonlagandi Bobil ahli 😒
Breaking bad muxlislari hozircha Tarantinov tomon.
Hali ularniyam seriali 1-o'rindan qolib ketsa ko'ramiz 😒
Tarantinovning seriallar ro'yxatida bironta anime ham chiqib qolishiga umid qilib o'tirgan animeshniklar:
Seb's
Tarantinovning seriallar ro'yxatida bironta anime ham chiqib qolishiga umid qilib o'tirgan animeshniklar:
Kinomanlar davrida siqilgan xalq (animeshniklar) uchun alohida post qiberdim, mendakasi yo'q o'zi.