SAMARKAND & U.S.A
343 subscribers
8.98K photos
2.64K videos
26 files
3.85K links
Ассалому алайкум азиз ватандошлар!
Каналимизнинг мақсади мусофирчиликда юрган ватандошларни бирлаштириб, хабарлашиб ушбу замин (АҚШ) нинг қонунларига риоя ва қадриятларини ҳурмат қилган ҳолда ўзлигимиз, миллий анъана, урф одат ва қадриятларни унутмаслик!
Download Telegram
AQSHdagi o‘zbekistonliklar yana bir bor bilim maydonida o‘z kuchini namoyish etdi!

Joriy yilning 6-iyun sanasida AQSHning eng nufuzli va ramziy maskanlaridan biri — “One World Trade Center” binosida vatandoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual turniri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

AQSHning turli shtatlaridan tashrif buyurgan 8 ta kuchli jamoa bilim, tafakkur va mantiq sinovida o‘zaro kuch sinashib, haqiqiy intellektual kurashni tuhfa etdi.

Musobaqa yakuniga ko’ra Filadelfiya Burgutlari faxrli 1–o’rinni, USA Zukkolari 2-o’rinni va Tafakkur jamoasi 3-o’rinni egallashdi.

Turnirda O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Furqat Siddiqov, O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi vakillari, AQSh bo‘ylab faoliyat yuritayotgan o‘zbek diaspora tashkilotlari rahbarlari hamda ko‘plab jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanar ekan, ushbu turnir nafaqat bilimlar bellashuvi, balki minglab chaqirim uzoqda yashayotgan vatandoshlarni birlashtirgan, hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlagan unutilmas bayramga aylandi.

Bugun yana bir bor isbotlandi: vatandoshlar qayerda bo‘lmasin, ilmga intilishi, tafakkuri va zakovati bilan ajralib turadi.

Barcha g‘oliblar va ishtirokchilarni chin dildan muborakbod etamiz! Kelgusida ham yanada yuksak marralar, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Zakovatda qatnashgan inson sifatida shaxsan o’zim bir narsani angladim. Chegaralar insonni ajratishi mumkin, ammo ilm va zakovat vatandoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiradi

Quyida ushbu tarixiy intellektual bellashuvdan olingan yorqin va unutilmas lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Shahriyor Аmonov

UZB USA

P.S

Musofirchilikdagi bizni jamoamizdan ham chiqadimi kelajakda shunday bilimga chanqoq yoshlar?

Uzi jamiyatda bunday yoshlarni chiqishiga kim motivator buladı?
https://t.me/Sayqali
1