Savodxon.uz
521 subscribers
202 photos
2 videos
8 files
286 links
Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir.

Sayt: https://savodxon.uz
Lugʻat: @SavodxonBot
Facebook: https://www.facebook.com/savodxon

Bogʻlanish: @savodxonuz
Download Telegram
​​Oʻzbek tili lugʻatining boyish manbalari

Oʻzbek tili lugʻatining boyishi asosan, ikki manbaga asoslanadi:

1. Oʻzbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba). Bunda koʻpincha soʻz yasash orqali yangi soʻzlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDH, OʻzMU va boshqa.

Shevalardan soʻz olish ham ichki manba hisoblanadi: oyi, et (goʻsht).

2. Boshqa tillardan soʻz olish (tashqi manba). Oʻzbek xalqi qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan aloqada boʻlib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan. Oʻzbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi soʻzlarni misol qilib keltirish mumkin:

1) arabcha: kitob, maktab, maʼno, harakat, sanoat muomala, doim, meʼda, aʼlo, sanʼat, asosiy, ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin, vaholanki (Oʻzbek tilidagi arabcha soʻzlar koʻproq ot va sifat turkumiga tegishli boʻlib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish (tutuq) belgisi (ʼ) ishtirok etadi: maʼno, qalʼa; koʻpincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, -viy qoʻshimchalarini olib yasalgan boʻladi);

2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar, dasturxon, dastroʻmol, poydevor, poyafzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, doʻst, goʻsht, sust, past, gʻisht (Koʻrinyaptiki, fors-tojikcha soʻzlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, soʻzlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapti);

3) moʻgʻulcha: tuman, navkar, yasovul, yasoq;

4) uygʻurcha: manti, lagʻmon, manpar;

5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan);

6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulyemot, pero, choʻt (schyot).

Rus tilidan olingan soʻzlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos soʻzlar ham bor: buxgalter, soldat, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).

Manba: hozir.org

@SavodxonBot
@Savodxon_uz
Azizlar,

Savodxonlik va oʻzbek tiliga doir kanalda nimalar berilishini xohlaysiz? Qanday maʼlumotlar berilsa, koʻpchilikka foydali boʻladi deb oʻylaysiz?

Agar sizda bu borada takliflar boʻlsa, biz bilan baham koʻring. Biz ularni barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritishga harakat qilamiz.

Bogʻlanish: @Savodxonuz
@Savodxon_uz
Savodxon.uz pinned «Azizlar, Savodxonlik va oʻzbek tiliga doir kanalda nimalar berilishini xohlaysiz? Qanday maʼlumotlar berilsa, koʻpchilikka foydali boʻladi deb oʻylaysiz? Agar sizda bu borada takliflar boʻlsa, biz bilan baham koʻring. Biz ularni barcha ijtimoiy tarmoqlar…»