Sardor Dushamov | PHP forever
4.13K subscribers
1.17K photos
267 videos
10 files
640 links
PHP dasturchi, Workly korxonasida Team Lead. Web dasturlashda 12 yildan ortiq tajriba.
Download Telegram
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Savolni to’g’ri so’rash

Sifatsiz savol: “Menda mana bu narsa ishlamayapti”

Sifatli savol: “Menda mana bu narsa ishlamayapti. Quyidagi ishni qilgan edim, quyidagicha xato beryapti. Mana bu yerda yozilgan ishni qilmoqchiman. Windows ishlataman. Aloqador kodni screenshotda ko’rishingiz mumkin”
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Workly loyihamiz haqida mijozlarning fikrlari.
Forwarded from Nodizayn
Instagramsiz 1 oy va undan olgan xulosalar

Bu yil ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kamaytirishga erishdim. Facebook tarmogʻiga oyda bir, qandaydir maʼlumot kerak boʻlganda kirib turaman. Twitterʼni ham avvalgidek har kuni oʻqimayman. Lekin eng qiyini, Instagramdan uzoqlashish edi. Bundan bir yarim oy oldin telefonimdan Instagramni oʻchirib tashladim va bir oy servisdan foydalanmaslikka qaror qildim.

Instagramdan 2011-yildan beri foydalanaman. Fotografiyaga qiziqishim kuchli boʻlgani uchun, asosan yaxshi kadrlarni joylab borish uchun foydalanardim. Bundan tashqari, triatlon va dizayn boʻyicha foydali maʼlumotlarni olishda ham foydalanaman. Lekin maʼlumot koʻpaygani bilan aynan sizga foyda bermasa, yoki unga ehtiyoj boʻlmasa, sarflangan vaqt bekorga ketadi.

Instagramni oʻchirib tashlab, quyidagi natijalarni seza boshladim:

- Telefondan foydalanishim kuniga 1-1,5 soatga kamaydi.
- Xotirjamlik koʻpaydi. Ijtimoiy tarmoqlarning zararlaridan biri, axborotdan xabarsiz qolib ketishdan qoʻrqib, tez-tez kirib turishingizga undaydi. Zerikkanida yoki dam olayotganda, avtomatik tarzda lentani skrol qilishi odatga aylanib qoladi. Ana shu odat yoʻqoldi.
- Sport bilan shugʻullanish jarayonida, baʼzi mashgʻulotlar natijasi yoki jarayonni Instagramga qoʻyib borardim va bu menga zavq berardi. Bu jarayonga ham qiziqishim ancha kamaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda aynan belgilangan maqsad bo’lmasa, foydalanishni kamaytirgan yaxshi. Mashhur odamlarni yoki do’stlarni kuzatishning foydasidan zarari ko’p. Eng katta zararlaridan biri, ko’pchilik ijtimoiy tarmoqlarda faqat erishgan yutuqlarini boʻlishib boradi yoki hayotining pozitiv qismlari haqida yozishi mumkin (sayohat, dam olish va hokazolar). Aslida, hammaning hayotida yutuq va kamchiliklar mavjud. Boshqalarning yutuqlarini kuzatib, ularning hayotlari bilan oʻzingizning hayotingizni solishtirishingiz xavfli boʻlishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar va telefondan foydalanishni kamaytirish bo’yicha foydali ma’lumotlar:

- Hozirgi zamonda ruhiy sog’lomlikni saqlash siri — Jahongir Rahmonovdan internetdan olayotgan maʼlumotlarni filtrlash va miyani zararli maʼlumotlardan himoyalash boʻyicha maslahatlar.

- Как перестать сидеть в телефоне и начать жить — Azamat Shamuzafarovdan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kamaytirish bo’yicha maslahatlar.

- Прошлые выходные провёл без телефона. А также без компьютера, айпада и чего бы то ни было ещё цифрового — Kostya Gorskiy 3 kun telefonsiz yashab ko’rgani haqida


#ijtimoiytarmoq #instagram #socialnetworking @nodizayn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Achchiq kulgu. Ha aytgancha, Muqimiy ko'chada ham shunday joy bor, deyarli har yili kavlashadi.
Forwarded from Sardor og'a | Fikrlar
Yozayotgan kursim sal cho'zilyapti. Lekin qo'limdan kelgancha, maksimalniy sifatli qilishga, mehr berib qilishga harakat qilyapman.
https://youtu.be/vUiKZz_siBs
Odammetr

Odam yoki odam emaslikni tekshirgich.

🤣🤣🤣
Forwarded from UzGeeks Community
Assalomu alaykum azizlar!!

Barcha UzGeeks September2022 Meetup qiziquvchilarini Sentabr oyi tadbiriga taklif qilamiz.

24 sentyabr kuni o’tkaziladigan tadbirda Amerikaning “Jafton” kompaniyasida Senior Android dasturchi bo'lib ishlab kelayotgan Sherzodbek Muhammadiyev va Keldiyorov Adhamlar o'z bilimlari bilan o'rtoqlashadi.


📆 24 sentyabr shanba kuni,
🕑 Soat 14:00 da
📍 TATU katta majlislar zalida
UzGeeks September2022 Meetup bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ Android dasturchilarda ko'p uchraydigan xatolar
2️⃣ Augmented Reality va AR Core SDK

Sherzodbek Muhammadiyev, Jafton, USA

3️⃣ Dependency injection - Dagger2 (Hilt)

Keldiyorov Adham, Jafton, USA

Tadbir ishtirokchilarini maxsus sovg'alar kutmoqda.

🕰 Tadbirda ishtirok etish ro'yxat asosida bo'lib mutqalo bepul.

👉 Ro'yxatdan o'tish
Assalomu alaykum

Sezdingizlarmi, ko’pchilik IT haqida kanal yuritayotganlar oxirgi paytlarda IT haqida postlar juda kam kanaliga qo’yayotgandek. Xuddiku hamma narsalar aytilib tugab qolgandek. Yoki bori berildi va qomadi)

To’ldirmayapmiz menimcha...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sendan bitta iltimosim bor, telefoningni qo’yibtur bolaman"
Forwarded from Far·hod·jon
roadmap.sh saytiga yangi roadmap’lar qo’shilibdi:

- Design Systems (dizaynerlar uchun yaxshi qo’llanma)
- QA Engineer
- Software Architect

Aytgandek, har bir punktni bosganda qo’shimcha materiallar paneli ochiladi.

@FarLives #engineering #dizayn #qa
Forwarded from Saud Abdulwahed (Saud Abdulwahed)
Kecha tunda mehmonxona qidirib yurgan edim. Bir joydan juda qulay narxi ham tozaligi ham arziydigan hotel topdim.
Kirib reception bilan gaplashdim. Suhbat quyidagicha bo'ldi(Suhbat inglizcha bo'lgani uchun o'zbekchaga dehqoncha tarjima qilib yozdim):

- Hm. Saud, chiroyli ism. Arabcha ism adashmasam?
- Yes. Arabcha ism. Saudiyada tug'ilganim uchun.
- Oh common men. Men ham Saudiyada katta bo'lganman. Qayerida?
- Jidda shahrida. SIzchi?
- Yov tasodifni qarang, men ham xuddi shu shaharda katta bo'lganman. Kettik xonangizga!

Binodan chiqib boshqa binoga qarab 2daqiqa piyoda yurib suhbat qurdik:

- Kim bo'lib ishlaysiz, deb so'rab qoldi.
- Dasturchiman, kod yozaman.
- Shunchalik ham tasodif bo'lishi mumkinmi? Men ham dasturchi bo'lganman!
- Woww, qaysi tillarda yozgansiz?
- Php va Javascript. 8yil bo'ldi kod yozmay qo'yganimga lekin hali ham yodimda hamma narsa.
- Nega dasturlashni tashladingiz, qiynaldingizmi? Yoki yoqmay qoldimi?
- Tashlamadim, hayotimda qo'llab o'z biznesimni boshladim.
- Receptiondami 😅?
- 😂😂😂 yo'q yo'q. Bu ko'rib turgan mehmonxonalaringizni hammasi meniki. Men shunchaki zerikkanda kelgandim. Hozir boshqa loyihalarni ustida ishlayapman. Menga ko'p kerak bo'lar ekansiz.
- 😳🤒.

Shundan keyin suhbat oqimini darrov boshqa yo'lga solib maslahat olishga tushib ketdim. Qolganini siz tushinib olavering.

Bu orada akaning yoshlari 30-35 orasida edi.

@saudabdulwahed
Nima demoqchiligimni tushundingiz menimcha, yozib o'tirmadim 😎😂
Ko'chish eng yomon ko'rgan ishim, bezib
ketganman, jonga tekkan ko'chish. Ne kunlarni
ko'rmadik. Kvartirada arenda qo'yayotganlar,
insof qilinglar. Rus keldi pul ishlab qolaylik deb,
kamroq pulga turgan o'zimizni qora ko'zlarni
ko'chaga haydamang, narxni oshirmang.
#ustoz
Bu kishi meni Ustozim, matematikadan
o’qitishgan. Bundan ham yuqori darajalarga loyiq
inson. Rahmat Ustoz Sizga!

Biz Al Xorazmiy litseyida yotib o’qir edik, bizga
darsni saharlab hali qop-qorong’u paytida uyidan
velikda kelib dars o’tishar edi. Uyidan kelib to’g’ri
yotoqonaga borib birma bir bizlarni shirin
uyqudan uyg’otardi va dars xonasida kutib o’tirar
edi doskaga yozib. Uyiga ham borar edik
o’rganish uchun.
Forwarded from davletovuz
Ўзбекистон фуқаролари учун йиллик ҳаж квотасини икки баробар – 24 минг нафаргача, умра квотасини эса 100 минг нафаргача ошириш юзасидан келишувга эришилди.
Bitta quti yasab pul yig'aversak bo'ladi endi. Oldin buncha navbat bilan qachon kelardi derdik. Endi tezlashadi.🎉🎉🎉
Sanjar Suvonovni ko'pchilik tanisa kerak. Tanimaydiganlar bo'lsa tanishtiray, O'zbekistondagi Android dasturlashni o'rgatadigan TOP o'qituvchilardan biri hisoblanadi.
Juda ko'p shogirdlari bor(kanalimda shogirdlari bor bo'lsa "men" deb qo'yinglar)

Darsda o'tiladigan mavzularni videoga yozib olib youtubega joylab boryapti ekan. Android dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali bo'ladi deb kanalimga linkini qo'yib qo'yyapman.

https://youtube.com/playlist?list=PLAU9HciqfTIl72pSGRGgyyZPB6s7UxG5l
Ustozlar omon bo’lishsin! 🎉
Ustozni yo’qlab GITAga keldim, kelsam bolta bilan keganlarni qo’rqityapti :)