Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva
296 subscribers
13.9K photos
843 videos
7 files
3.52K links
Samarqand viloyat
O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali


Telegram: @uzdavkarantin_antikor_bot
Veb sayt: https://samkarantin.uz/


Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64
Ishonch tel: +99871 202 84 84
Download Telegram
Forwarded from Zarnews.uz
Касаллик сабаб экспортдан қайтган маҳсулот ички бозорга сотилди

—-

Kasallik sabab eksportdan qaytgan mahsulot ichki bozorga sotildi


Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/p3b2

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
03 Dala yumushlari
<unknown>
🎙#SAMARQAND
#RADIOSI📡🌏

📻 FM 1️⃣0️⃣5️⃣🪐2️⃣🏔


Бизга уланиш👇👇
👉https://t.me/SAMARQANDRADIOSI
Қовун пашшаси май ойида ривожлана бошлайди

Фермерлар, деҳқон хўжаликлари ва аҳоли томорқаларида қовуннинг кўплаб навлари етиштирилади. Шу боис экилган ушбу полиз экинини зараркунанда ҳашоратлардан ҳимоя қилиш долзарб масалалардан бири саналади.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/6ix

Каналга қўшилинг: 👇

@samarqandyangiliklari
Forwarded from Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang! (Boqiyev Ilhom)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 3-6 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. 3-6 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida,Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

❗️Shu o‘rinda Samarqand viloyati FVB tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi

Boshqa yangiliklar👇

Facebook | Telegram | instagram | Youtube‌‌
✔️ Endi za'faronni Janubiy Koreyaga ham eksport qilish mumkin

🇰🇷Koreya Respublikasi Hayvonlar va o‘simliklar karantini agentligi bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida za’faron (Crocus sativus) eksportiga fitosanitar ruxsat olindi.

🛒 Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistondan Koreya Respublikasiga mahalliy meva-sabzavotlarni eksport qilish uchun olingan fitosanitar ruxsatlar soni 50 taga yetkazildi. Bular:

🍒 yangi (xo‘l) mahsulotlar: gilos, anor, sarimsoqpiyoz, piyoz, sabzi, lavlagi, ukrop, aysberg salati, rukkola, rayxon, petrushka, selderey, rediska, koriandr, yashil no‘xat, karam;

🥔 quritilgan mahsulotlar: anjir, o‘rik, mayiz, olxo‘ri, olma, nok, nektarin, qovun, olcha, gilos, achchiq qalampir, piyoz, sabzi, pomidor, kartoshka, bulg‘or qalampir, kovul, ukrop, aysberg salati, rukkola, rayxon, yalpiz, petrushka, selderey, za’faron;

🫒 dukkakli mahsulotlar: yeryong‘oq, mosh, loviya;

🥭 boshqa mahsulotlar: tozalangan grek yong‘og‘i, xandon pista, bodom, shirin o‘rik danagi, achchiq o‘rik danagi, kunjut.

💐 Zaʼfaron ko‘plab foydali hususiyatlari bilan mashhur: ovqat hazm qilishni yaxshilab, ishtahani ochadi, undan oshqozon, yurak, jigar, nafas olish aʼzolari va asab tizimini mustahkamlashda, buyrakni tozalashda, ogʻriqni qoldirishda, tinchlantiruvchi, peshob, oʻt va ter haydovchi vosita sifatida foydalaniladi.

Zaʼfaron dorishunoslik sanoatida keng foydalanilib, sharq tabobatining 300 dan ortiq dori-darmonlari tarkibiga kiradi.
Shu bois bugungi kunda ushbu o‘simlikka AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa va boshqa ko‘pgina davlatlarda talab yuqori.

🔔 Za’faron eksport qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!
Za’faron eksportini amalga oshirish uchun quyidagi talablar amal qiladi:

🔸 mahsulot zararkunandalar, tuproq va begona o‘tlar urug‘laridan holi bo‘lishi;

🔸 fitosanitariya choralari bo‘yicha xalqaro standartlarga (ISPM-7 va ISPM-12) muvofiq fitosanitariya sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.

#export #zafaron

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dala nazorati

Ayni paytda zang bilan birga dalalarimizda un shudring, sariq dog‘lanish va septarioz kabi kasalliklar ham uchraydi va ularni zang bilan adashtirmaslik zarur. Shu bois zang va boshqa kasalliklarga qarshi kurash avvalo, ularning ilk paydo bo‘lish o‘choqlari, tarqalish darajasiga qarab qarshi kurash choralarining samaradorligi belgilanadi. Fermer xo‘jaliklari rahbar-mutaxassislari zang kasalligi bo‘yicha muntazam ravishda haftada 1-2 marta konturlar bo‘yicha kuzatuv (monitoring) lar o‘tkazishlari zarur.
❗️❗️Urgut tumanida 3 645 gektarga g‘alla ekilgan. 2 870 gektarda bir yillik ikki pallali begona o‘tlar, 2 750 gektarda ikki yillik ikki pallali, 2 661 gektarda bir yillik boshoqlilar tarqalishi bashorat qilingan. 2 870 gektarda zang va boshqa kasalliklar uchrashi bashorat qilingan. 600 gektarda esa zararli xasva va boshqa zararkunandalar uchrashi prognoz qilingan. 9 459 gektar g‘alla barg orqali biostimulyatorlar bilan oziqlantirilgan.
Bugunda tumandagi “Qayroqli agro”, “Baxrin agro”, Dehqonobod agrofirmasi hamda Navoiy massividagi fermer xo‘jaliklarga ekilgan g‘alla maydonlarida dala nazoratlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal

Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
#Pseudococcus_vovae_Nass

Respublikaning fitosanitar xavfsizligini ta’minlash, zararkunanda va kasalliklarni aniqlash, bir hududdan ikkinchi hududga tarqalishining oldini olish, ularga qarshi ommaviy kurash ishlarini tashkillashtirish, nazorat qilish va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2024-yil 27-martdan 26-aprelga qadar «Dolzarb o'ttiz kunlik» tadbiri e’lon qilingan edi.

Tadbirga asosan Ishtixon tumandagi tashkilot va idoralar, istrohat bog‘lari, madaniy yodgorliklar va katta yo‘l bo‘ylarida parvarish qilinayotgan igna bargli manzarali daraxtlar va butalarga zarar yetkazayotgan «Archa unsimon qurti» hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurasish tadbirlarini o‘tkazilib, keng jamoatchilik orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan bugun, 56-umumta'lim maktabida ham ana shunday nazorat tadbirlari amalga oshirilib, muassasa rahbariga tavsiyanoma va ogohlantirish xatlari berildi.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal

Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Forwarded from ZIYOVUDDIN
Mevali daraxtlarda uchraydigan bakterial kuyish kasalligi

Daraxtlarning gullari, novdalari va mevalari qorayib, yosh ko‘chatlar va novdalar qurib qoladi, hosildorlik keskin kamayadi. Kasallangan daraxtlarning gullari to‘satdan so‘lib, qorayadi. Barglari buralib, qorayadi va novdalarda osilib qoladi (tushmaydi).

Batafsil:👉https://telegra.ph/Mevali-daraxtlarda-uchraydigan-bakterial-kuyish-kasalligi-05-06


Biz👉 http://myurls.co/paxtachi