Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva
297 subscribers
13.9K photos
843 videos
7 files
3.52K links
Samarqand viloyat
O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali


Telegram: @uzdavkarantin_antikor_bot
Veb sayt: https://samkarantin.uz/


Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64
Ishonch tel: +99871 202 84 84
Download Telegram
Chegara maskanida karantin tadbirlari

Bulung‘ur tumani Yuqori Nuqta YPX O‘KChM maskani orqali Surxondaryo viloyatidan Toshkent viloyatiga olib o‘tilayotgan 4 000 kg piyoz, 2 700 kg kartoshka, 3 000 kg piyoz, Samarqand viloyatidan Jizzax viloyatiga olib o‘tilayotgan 300 kg bodring, 100 kg bulg'or qalampiri, 2 500 kg pomidor, 3 000 kg sabzi mahsulotlari “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” gi O‘zR Qonunining 22-moddasi talabiga muvofiq fuqaro transport birligida zararlovchi hasharotlar va begona o‘tlar tarqalib zarar yetkazishini oldini olish maqsadida fitosanitar karantin nazoratidan o‘tkazildi.
Ichki FSS yo‘q mahsulotlarni olib o‘tayotgan haydovchilarga ogohlantirishlar berilib, O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik” to‘g‘risidagi 107-moddasiga asosan
(“Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) ma’muriy javbgarlikka tortilishingiz to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Manba: Аxborot xizmati
#Karantin
#Yangilik

Qishloq xo‘jalik ekinlarini biologik himoyalash bugunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Shu boisdan ham, biomahsulot ishlab chiqaradigan biolaboratoriyalarni ko‘paytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Narpay tumanida yaqinda ish faoliyatini boshlagan “Maroqand sifat” MChJ biolaboratoriyasi o‘z faoliyatini to‘liq boshladi.
Ozarbayjon qishloq xo‘jaligi agro xizmat kursatish Agentligining bir qator mutaxassislari ushbu zamonaviy biolaboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand mintaqaviy filiali direktori Burxon Fayzullaev hamda, Paxtachilik Kengashi ishchi guruh a’zosi, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining biolaboratoriyalar va o‘simliklar klinikalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis Jahongir Narzullaevlar ushbu biolaboratoriya borasidagi to‘liq ma’lumotlar bilan Ozarbayjonlik mutaxassislarni tanishtirdilar, o‘zaro fikr va takliflar bildirildi.
‼️Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, ushbu biofabrika tumandagi 80 ta fermer xo‘jaliklarning 2 364 gektar maydoniga shartnoma tuzgan, hamda, biomahsulotlar bilan ta’minlash biriktirilgan. Shundan, 1 900 gektarini paxta, 464 gektarini esa g‘alla maydonlari tashkil etadi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal

Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Audio
🎙#SAMARQAND
#RADIOSI📡🌏

📻 FM 1️⃣0️⃣5️⃣🪐2️⃣🏔


Бизга уланиш👇👇
👉https://t.me/SAMARQANDRADIOSI
Oqdaryo tumanida chigit ekilgan dala maydonlariga oʻrnatilgan ferоmon tutqichlar monitoring qilinmoqda.

Samarqand viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari A. Ismоilov, O'simliklar karantini va himoyasi Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i D. Qlichev hamda Zararli organizmlar tarqalishini prognozlashtirish va monitoring qilish bo'yicha yetakchi mutaxassis O. Shakarovlar tomonidan tomonidan Yangiobod MMTP hududidagi "Eshnazar Umur Xosili" fermer xo'jaligiga chigit ekilgan dala maydonlariga g'o'zaning ildiz qurtiga qarshi o'rnatilgan feromon tutqichlar hamda sadsh suyuqligi ko'zdan kechirildi. O'rganish davomida boshqarma boshlig'i o'rinbosari hamda tuman bo'limi boshlig'i tomonidan fermer xo'jaligi rahbariga feromon tutqichga tushgan zararkunandalar bo'yicha kerakli tavsiya va ko'rsatmalar berib o'tildi.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin
#infographic #export

Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda sabzi mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM