Samarqand yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish/ Rasmiy kanal
499 subscribers
441 photos
226 videos
50 links
Государственное учреждение "Мониторинг и контроль пассажирских перевозок" при Управлении транспорта Самаркандской области.

Facebook: https://www.facebook.com/share/14CR4pSm6v/

Instagram: https://www.instagram.com/sam_monitoring_dm?igsh=OGJwNHNkdnZmdmZ5
Download Telegram
1-iyuldan kasallik nafaqasi (bolnichniy) yangi tartibda to‘lanadi!

Endilikda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash soddalashtirilgan tizim asosida amalga oshiriladi.

Eng muhim 6 ta fakt:

Kim to‘laydi? Dastlabki 5 kunni ish beruvchi, 6-kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘laydi.

👮‍♂️ Kimlarga beriladi? Rasmiy ishlaydigan va kamida 6 oylik sug‘urta stajiga ega bo‘lgan barcha xodimlarga.

Ariza shart emas: Elektron kasallik varaqasi ochilishi bilan barcha jarayonlar avtomatik boshlanadi, ortiqcha hujjat talab etilmaydi.

💳 Pullar qayerga tushadi? Avtomatik ochiladigan virtual ijtimoiy kartaga. Uni “Baraka” ilovasida faollashtirib, darhol ishlatish mumkin.

💵 Nafaqa miqdori:

6 oydan 8-yilgacha stajga — o‘rtacha ish haqining 60%i;

8-yildan ortiq stajga — o‘rtacha ish haqining 80%i.

📅 To‘lov muddatlari:

Oyning 1-5-sanalarida tayinlansa — shu oyning 25-sanasigacha;

Oyning 16-31-sanalarida tayinlansa — keyingi oyning 10-sanasigacha.
 
Yangi tartib kasallik nafaqasini tayinlash va to‘lash tizimini yanada shaffof, qulay va adolatli qilish, fuqarolarga xizmatlarni tezkor hamda zamonaviy shaklda ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da Viloyat transport boshqarmasi hamda Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari faol ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-ijtimoiy islohotlar, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy va kasbiy salohiyatini yuksaltirishga oid dolzarb mavzular yoritildi.

Shuningdek, bugungi "Siyosiy-ma’rifat soati"ning muhim mavzularidan biri jadidchilik harakati namoyandalari, ularning millat ravnaqi, ta’lim va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlandi.

Bunday siyosiy-ma’rifiy tadbirlar davlat xizmatchilarining bilim va dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati hamda kasbiy fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

---

Сегодня сотрудники Областного управления транспорта и Государственного учреждения «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок» приняли участие в мероприятии «Час политического просвещения».

В ходе мероприятия были рассмотрены актуальные вопросы общественно-политических реформ, проводимых в стране, последние изменения в законодательстве, а также темы, направленные на повышение профессионального уровня и духовно-просветительского потенциала государственных служащих.

Одной из ключевых тем сегодняшнего занятия стала деятельность представителей движения джадидизма, их вклад в развитие национального просвещения, образования и общественной мысли.

Подобные мероприятия способствуют расширению кругозора государственных служащих, укреплению чувства гражданской ответственности, патриотизма и преданности своему делу.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Facebookda e’lon qilingan post yuzasidan #rasmiymunosabat

Avvalo, befarq bo‘lmay, yuzaga kelgan holat haqida bizga xabar berganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan "Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi xodimlari tomonidan haydovchi bilan xizmat suhbati o‘tkazildi.

Haydovchi yo‘lovchini haqorat qilganini yoki uni ataylab avtobus eshiklari orasida qisib qo‘yganini qat’iyan rad etdi. Shu bilan birga, u yoshi ulug‘ yo‘lovchi bilan tortishuvga kirishganini hamda suhbat davomida unga hurmatsiz tarzda "sen" deb murojaat qilganini tan oldi. Biz bunday muomalani mutlaqo nomaqbul deb hisoblaymiz. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, jamoat transporti haydovchisi xotirjamlikni saqlashi va yo‘lovchilarga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart.

17-sonli yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi "HamkorTrans" MChJ rahbariyatiga haydovchilar nafaqat yo‘lovchilarni xavfsiz tashish, balki avtobus salonida o‘zaro hurmat muhitini ta’minlash uchun ham mas’ul ekani yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shu o‘rinda yo‘lovchilarimizni ham o‘zaro hurmat va madaniyatli muloqotga chaqiramiz. Aksariyat kelishmovchiliklarning oldini tomonlar xotirjamlikni saqlab, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa, olish mumkin.

Muassasamizning asosiy vazifasi tashuvchilar tomonidan brutto-shartnoma talablarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat.

Shu sababli har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi, har bir holat yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi, haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar olib boriladi hamda muassasamiz vakolati doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

Biz har doim yo‘lovchilarning xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitda harakatlanish huquqini himoya qilamiz.
Shu bilan birga, har bir holatga hissiyotlar emas, balki tasdiqlangan faktlar asosida xolis va adolatli baho beramiz
.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Разъяснение к посту https://www.facebook.com/share/p/1JmBoAFjcb/ в группе "Я-Самаркандец".

Спасибо, что не остались равнодушны и сообщили о произошедшем.

По данному факту с водителем была проведена служебная беседа сотрудниками Государственного учреждения «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок».

Водитель категорически отрицает, что оскорблял пассажира или намеренно прижал его дверями. Вместе с тем он признал, что вступил в словесную перепалку и, отвечая пожилому человеку, перешёл на «ТЫ». Мы считаем, что подобное поведение недопустимо. Независимо от ситуации водитель общественного транспорта обязан сохранять спокойствие, уважительное отношение к пассажирам.

Руководству предприятия ООО "HamkorTrans", обслуживающему маршрут #17 дано предписание о том, что водители несут ответственность не только за безопасную перевозку людей, но и за создание атмосферы взаимного уважения в салоне автобуса.

В свою очередь призываем и пассажиров к взаимному уважению. Большинство конфликтов можно предотвратить, если обе стороны сохраняют спокойствие и общаются корректно.

Отдельно хотим обратиться к тем, кто в комментариях пишет, что наше учреждение «выгораживает водителей».
Государственное учреждение «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок» не является работодателем водителей автобусов. Их работодателями являются автотранспортные предприятия, обслуживающие маршруты.

Наша задача — контролировать выполнение перевозчиками условий брутто-контрактов.

Именно поэтому каждое подобное обращение рассматривается, по каждому факту проводится проверка, а с водителями проводятся профилактические беседы и принимаются меры в пределах нашей компетенции.

Мы всегда будем защищать право пассажиров на безопасную и уважительную поездку. Но и оценивать каждую ситуацию будем объективно, опираясь на факты, а не на эмоции. Именно такой подход считаем единственно правильным.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har qanday yangilikka ko‘nikish uchun biroz vaqt kerak.

Ko‘plab yo‘lovchilar yangi tartibni tushunish bilan qabul qilib, naqd pulsiz to‘lov tizimiga tez moslashdilar.

Sizlarning mas'uliyatligingiz va zamon bilan hamnafas bo‘lishga intilayotganingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Aynan siz kabi yo‘lovchilar tufayli jamoat transporti yanada qulay bo‘lib bormoqda.

Ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!

----

Для любых нововведений нужно немного времени.

Многие пассажиры с пониманием приняли новые правила и быстро адаптировались к безналичной системе оплаты.

Мы искренне благодарим вас за ответственность и стремление идти в ногу со временем.

Именно благодаря таким пассажирам, как вы, общественный транспорт становится удобнее для всех.

Спасибо за ваше доверие и поддержку!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avtobuslar harakati — dispetcherlik xizmati nazoratida

Siz avtobusda xotirjam o‘z manzilingiz tomon ketayotgan bir paytda, Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasining dispetcherlik xizmati xodimlari yo‘nalishlardagi harakatni diqqat bilan kuzatib boradilar.

Har kuni dispetcherlar yo‘nalishga nechta avtobus chiqqanini, belgilangan harakat jadvaliga rioya etilayotganini, kechikish yoki boshqa chetlanishlar mavjudligini nazorat qiladilar.

Zarur hollarda ular tashuvchilar va mas’ul xodimlar bilan tezkor bog‘lanib, yuzaga kelgan muammolarga o‘z vaqtida munosabat bildirish va tegishli choralarni ko‘rish uchun zarur ishlarni amalga oshiradilar.

Dispetcherlik xizmati — bu doimiy nazorat, tezkor aloqa va jamoat transporti harakatining tartibli hamda barqaror bo‘lishi uchun katta mas’uliyatdir.

------
Движение автобусов — под контролем диспетчерской службы

Пока вы спокойно едете в автобусе по своим делам, сотрудники диспетчерской службы Государственного учреждения «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок» внимательно следят за тем, как организовано движение на маршрутах.

Ежедневно диспетчеры контролируют, сколько автобусов вышло на линию, соблюдается ли установленный график движения, есть ли задержки или другие отклонения от маршрута.

При необходимости они оперативно связываются с перевозчиками и ответственными сотрудниками, чтобы своевременно реагировать на возникающие проблемы и принимать необходимые меры.

Диспетчерская служба — это постоянный контроль, оперативная связь и большая ответственность за то, чтобы движение общественного транспорта было организованным и стабильным.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichkina yo‘lovchi, katta ishonch. 💙

Bugun avtobuslarning birida kichkina yo‘lovchi yo‘l davomida magnitli raqamchalar bilan quvonib o‘ynab bordi. U uchun bu shunchaki yo‘l emas, balki o‘yin va kashfiyotlarga boy kichik bir sayohat edi. 😊

Bolaning mana shunday beg‘ubor xotirjamligi ortida fidoyi insonlarning mehnati bor.

Yo‘llarimiz ravon, avtobus boshqaruvida esa o‘z ishining professional va mas’uliyatli haydovchilari bo‘lsa, yo‘lovchilar xotirjam yo‘lga chiqishi, yaqinlari bilan suhbatlashishi yoki mana shu kichik yo‘lovchimiz kabi, bemalol o‘ynab borishi mumkin.

Video kichik yo‘lovchining onasi roziligi bilan tasvirga olindi.

-----

Маленький пассажир, большое доверие. 💙

Сегодня в одном из автобусов маленький пассажир всю дорогу увлечённо играл с магнитными цифрами. Для него эта поездка была не просто дорогой из одного места в другое, а маленьким путешествием, наполненным игрой и открытиями. 😊

Но за такой детской беззаботностью стоит большой труд взрослых.

Когда дороги хорошие, а за рулём — профессиональные и ответственные водители, пассажиры могут спокойно ехать, смотреть в окно, разговаривать с близкими или, как наш маленький пассажир, просто наслаждаться своей игрой.

Видео снято с разрешения мамы маленького пассажира.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kiberfiribgarlar tobora ayyor va ishonchli ko‘rinadigan usullardan foydalanmoqda.

Noma’lum qo‘ng‘iroq va xabarlarga darhol ishonmang — bugungi hushyorligingiz ertangi xavfsizligingizni ta’minlaydi. 🔐

Ehtiyot bo‘ling va o‘zingizni asrang!

----

Кибермошенники становятся всё изобретательнее.

Не спешите доверять незнакомым звонкам и сообщениям — ваша бдительность сегодня может защитить вас и ваши деньги завтра. 🔐

Будьте внимательны и берегите себя!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Yangi tartibga birgalikda tayyorlanamiz!

1-sentabrdan boshlab jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanishi lozim.

Yangi tartib yo‘lovchilarimiz uchun kutilmagan holat bo‘lib qolmasligi uchun «Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi xodimlari tomonidan hozirdanoq avtobuslar va bekatlarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yo‘lovchilarga yangi tartib haqida ma’lumot berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob bermoqdamiz va yangi talablarga oldindan moslashishga ko‘maklashmoqdamiz.

💳 Eng muhimi — yangi tartib haqida oldindan bilib olish. Shunda 1-sentabrdan boshlab yo‘l haqi to‘lash yanada odatiy va qulay jarayonga aylanadi.
-----
🚌 Готовимся к новым правилам вместе!

С 1 сентября вступают в силу новые требования к оплате проезда в общественном транспорте.

Согласно постановлению Кабинета Министров, оплата за проезд должна производиться непосредственно при посадке в автобус.

Чтобы новые правила не стали неожиданностью для пассажиров, сотрудники Государственного учреждения «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок» уже сегодня проводят разъяснительную работу на остановках и в автобусах.Мы рассказываем пассажирам о новом порядке оплаты, отвечаем на вопросы и помогаем разобраться во всех нюансах.

💳 Главное — быть информированными заранее, чтобы с 1 сентября поездка была привычной, удобной и без лишних вопросов.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Safar uchun qarzdorligingiz bormi? ATTO hammasini avtomatik hal qiladi.

ATTO’da bank kartalaridagi qarzdorlikni yechib olish mexanikasi yangilandi.

Avval kartada qarzdorlik bo‘lsa, validatorda «Karta bloklangan» yozuvi paydo bo‘lar edi va qarzdorlik to‘lanmaguncha karta tizimda bloklangan holda qolar edi.

Endi esa hammasi ancha oson: agar safar uchun qarzdorligingiz bo‘lsa, validatorda yangi xabarnoma paydo bo‘ladi. So‘ng qarzdorlik joriy safar uchun to‘lov bilan birga avtomatik ravishda yechib olinadi.

-----

Есть задолженность за поездку? ATTO решит всё автоматически.

В ATTO обновилась механика списания задолженности по банковским картам.

Раньше при наличии долга валидатор показывал надпись «Karta bloklangan», а карта оставалась заблокированной в системе до погашения задолженности.

Теперь всё проще: если у вас уже есть долг за поездку — на валидаторе появляется новое уведомление. Затем долг спишется автоматически вместе с оплатой текущей поездки.