Samarqand yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish/ Rasmiy kanal
503 subscribers
441 photos
227 videos
50 links
Государственное учреждение "Мониторинг и контроль пассажирских перевозок" при Управлении транспорта Самаркандской области.

Facebook: https://www.facebook.com/share/14CR4pSm6v/

Instagram: https://www.instagram.com/sam_monitoring_dm?igsh=OGJwNHNkdnZmdmZ5
Download Telegram
“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan viloyat transport boshqarmalari rahbarlari hamda yo‘lovchi tashuvchi korxonalar rahbarlari “Samarqand yo‘lovchi trans” davlat muassasasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar bugungi kunda Samarqand shahrida jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatishda muhim o‘rin tutayotgan korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlarga zamonaviy elektrobuslar parki, ularni texnik xizmat ko‘rsatish va quvvatlantirish infratuzilmasi, shuningdek yo‘lovchi tashish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.

-----

В рамках выставки «Национальная промышленная цепь» руководители областных управлений транспорта со всей республики, а также руководители предприятий-перевозчиков посетили государственное учреждение «Samarqand yo‘lovchi trans».

В ходе визита участники ознакомились с деятельностью предприятия, которое сегодня является одним из крупнейших операторов общественного транспорта Самарканда и обеспечивает перевозку пассажиров современными электробусами.

Гостям были представлены организация работы предприятия, инфраструктура для обслуживания и зарядки электробусов, а также современные подходы к управлению пассажирскими перевозками.
“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ishtirokchilari Samarqand shahrining transport infratuzilmasi obyektlari bilan tanishishni davom ettirmoqda.

Navbatdagi tashrif manzili — “Cho‘pon ota” xalqaro avtovokzali bo‘ldi.

Mazkur avtovokzaldan Toshkent va Jizzax viloyatlari yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga harakatlanuvchi avtobuslar ham ushbu avtovokzal orqali qatnovlarini davom ettirmoqda.

Avtovokzal bir vaqtning o‘zida 100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, yo‘lovchilarga transport xizmatlarini samarali tashkil etish imkonini yaratmoqda.

Tashrif davomida ko‘rgazma ishtirokchilari Samarqand viloyati transport infratuzilmasining muhim obyektlaridan biri bo‘lgan mazkur avtovokzal faoliyati, yo‘lovchilarga yaratilgan qulayliklar hamda qatnovlarni tashkil etish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

---

Участники выставки «Национальная промышленная цепь», продолжают знакомиться с объектами транспортной инфраструктуры Самарканда.

Очередным объектом посещения стала международная автостанция «Чупон-Ота».

С автостанции «Чупон-Ота» осуществляются автобусные рейсы в направлениях Ташкентской и Джизакской областей, а также продолжается движение автобусов, следующих из Ташкента в Бухарскую, Навоийскую, Хорезмскую, Кашкадарьинскую и Сурхандарьинскую области.

Автовокзал рассчитан на одновременное обслуживание 100 автобусов, 150 микроавтобусов и 300 легковых автомобилей, что позволяет эффективно организовать транспортное обслуживание пассажиров.

В ходе посещения участники выставки ознакомились с организацией работы одного из ключевых объектов транспортной инфраструктуры Самаркандской области, обеспечивающего удобство и доступность пассажирских перевозок.
1-iyuldan kasallik nafaqasi (bolnichniy) yangi tartibda to‘lanadi!

Endilikda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash soddalashtirilgan tizim asosida amalga oshiriladi.

Eng muhim 6 ta fakt:

Kim to‘laydi? Dastlabki 5 kunni ish beruvchi, 6-kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘laydi.

👮‍♂️ Kimlarga beriladi? Rasmiy ishlaydigan va kamida 6 oylik sug‘urta stajiga ega bo‘lgan barcha xodimlarga.

Ariza shart emas: Elektron kasallik varaqasi ochilishi bilan barcha jarayonlar avtomatik boshlanadi, ortiqcha hujjat talab etilmaydi.

💳 Pullar qayerga tushadi? Avtomatik ochiladigan virtual ijtimoiy kartaga. Uni “Baraka” ilovasida faollashtirib, darhol ishlatish mumkin.

💵 Nafaqa miqdori:

6 oydan 8-yilgacha stajga — o‘rtacha ish haqining 60%i;

8-yildan ortiq stajga — o‘rtacha ish haqining 80%i.

📅 To‘lov muddatlari:

Oyning 1-5-sanalarida tayinlansa — shu oyning 25-sanasigacha;

Oyning 16-31-sanalarida tayinlansa — keyingi oyning 10-sanasigacha.
 
Yangi tartib kasallik nafaqasini tayinlash va to‘lash tizimini yanada shaffof, qulay va adolatli qilish, fuqarolarga xizmatlarni tezkor hamda zamonaviy shaklda ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da Viloyat transport boshqarmasi hamda Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari faol ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-ijtimoiy islohotlar, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy va kasbiy salohiyatini yuksaltirishga oid dolzarb mavzular yoritildi.

Shuningdek, bugungi "Siyosiy-ma’rifat soati"ning muhim mavzularidan biri jadidchilik harakati namoyandalari, ularning millat ravnaqi, ta’lim va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlandi.

Bunday siyosiy-ma’rifiy tadbirlar davlat xizmatchilarining bilim va dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati hamda kasbiy fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

---

Сегодня сотрудники Областного управления транспорта и Государственного учреждения «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок» приняли участие в мероприятии «Час политического просвещения».

В ходе мероприятия были рассмотрены актуальные вопросы общественно-политических реформ, проводимых в стране, последние изменения в законодательстве, а также темы, направленные на повышение профессионального уровня и духовно-просветительского потенциала государственных служащих.

Одной из ключевых тем сегодняшнего занятия стала деятельность представителей движения джадидизма, их вклад в развитие национального просвещения, образования и общественной мысли.

Подобные мероприятия способствуют расширению кругозора государственных служащих, укреплению чувства гражданской ответственности, патриотизма и преданности своему делу.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Facebookda e’lon qilingan post yuzasidan #rasmiymunosabat

Avvalo, befarq bo‘lmay, yuzaga kelgan holat haqida bizga xabar berganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan "Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi xodimlari tomonidan haydovchi bilan xizmat suhbati o‘tkazildi.

Haydovchi yo‘lovchini haqorat qilganini yoki uni ataylab avtobus eshiklari orasida qisib qo‘yganini qat’iyan rad etdi. Shu bilan birga, u yoshi ulug‘ yo‘lovchi bilan tortishuvga kirishganini hamda suhbat davomida unga hurmatsiz tarzda "sen" deb murojaat qilganini tan oldi. Biz bunday muomalani mutlaqo nomaqbul deb hisoblaymiz. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, jamoat transporti haydovchisi xotirjamlikni saqlashi va yo‘lovchilarga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart.

17-sonli yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi "HamkorTrans" MChJ rahbariyatiga haydovchilar nafaqat yo‘lovchilarni xavfsiz tashish, balki avtobus salonida o‘zaro hurmat muhitini ta’minlash uchun ham mas’ul ekani yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shu o‘rinda yo‘lovchilarimizni ham o‘zaro hurmat va madaniyatli muloqotga chaqiramiz. Aksariyat kelishmovchiliklarning oldini tomonlar xotirjamlikni saqlab, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa, olish mumkin.

Muassasamizning asosiy vazifasi tashuvchilar tomonidan brutto-shartnoma talablarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat.

Shu sababli har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi, har bir holat yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi, haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar olib boriladi hamda muassasamiz vakolati doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

Biz har doim yo‘lovchilarning xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitda harakatlanish huquqini himoya qilamiz.
Shu bilan birga, har bir holatga hissiyotlar emas, balki tasdiqlangan faktlar asosida xolis va adolatli baho beramiz
.