Samarqand yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish/ Rasmiy kanal
503 subscribers
441 photos
228 videos
50 links
Государственное учреждение "Мониторинг и контроль пассажирских перевозок" при Управлении транспорта Самаркандской области.

Facebook: https://www.facebook.com/share/14CR4pSm6v/

Instagram: https://www.instagram.com/sam_monitoring_dm?igsh=OGJwNHNkdnZmdmZ5
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
Hozirgi vaqtda viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Tojiyev, masʼul xodimlar hamda tashuvchi korxonalar rahbarlari shahar yo‘nalishlarida avtobuslarda xizmat safarini amalga oshirmoqdalar.

Joyga chiqib o‘rganish jarayonida naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday ish uslubi real holatni ichidan ko‘rish, yuzaga kelayotgan muammolarga tezkor choralar ko‘rish va yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

----
#LIVE
В настоящее время начальник областного транспортного управления Равшан Тожиев совместно с руководителями предприятий-перевозчиков проводят рабочий объезд на автобусах городских маршрутов.

Такой формат работы позволяет не только увидеть реальную ситуацию изнутри, но и быстро реагировать на возникающие проблемы, обеспечивая комфорт и удобство для пассажиров.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Bugungi o'rganish chinakam iliq va samimiy ruhda o‘tmoqda.

Tramvaylardan birida viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Tojiyev yoshi ulug‘ yo‘lovchi bilan yonma-yon o‘tirib qoldi — va oddiy yo‘l birdan samimiy suhbatga aylandi.

Shoshilmasdan, sodda tarzda — yo‘l haqida, o‘zgarishlar haqida, transport har bir inson uchun qulay bo‘lishi qanchalik muhimligi haqida gaplashildi.

Bunday lahzalarni oldindan rejalab bo‘lmaydi, ammo aynan ular eng muhim narsani ko‘rsatadi: odamlar tinglansa va ularga yaqin bo‘linса — hammasi to‘g‘ri yo‘nalishda ketadi.

----
#LIVE
Сегодняшний объезд оказался по-настоящему тёплым и живым. В одном из трамваев начальник областного транспортного управления Равшан Тожиев оказался рядом с пожилым пассажиром — и обычная поездка превратилась в душевный разговор.

Без спешки, по-простому — о дороге, о переменах, о том, как важно, чтобы транспорт был удобным для каждого.

Такие моменты не запланируешь, но именно они больше всего говорят о главном: когда слышат людей и остаются рядом с ними — всё движется в правильном направлении.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha shaharda yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lash tizimiga o‘tish bo‘yicha olib borilayotgan tushuntirish ishlari haqida yozgan edik. Bugun esa bu ishlar Samarqand davlat universitetida davom etmoqda.

“Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi mutaxassislari talabalar bilan uchrashib, yo‘l haqini bank va transport kartalari orqali qanday to‘lash, shuningdek, bir martalik chipta qayerdan va qanday xarid qilish mumkinligini sodda va tushunarli tarzda tushuntirmoqda. Barcha savollarga ochiq va aniq javob berilmoqda.

Asosiy maqsad — har bir fuqaro yangi tizimda o‘zini ishonchli his qilishi, yo‘l haqini to‘lashdagi o‘zgarishlar esa ortiqcha noqulayliklarsiz, silliq tarzda amalga oshishidir.

-----

Вчера мы рассказывали о том, как в городе проходит разъяснительная работа в связи с переходом на безналичную оплату проезда. Сегодня эта работа продолжается уже в Самаркандском государственном университете.

Специалисты государственного учреждения «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок» встречаются со студентами, подробно и по-простому объясняют, как оплачивать проезд банковскими и транспортными картами, где и как можно приобрести разовый билет. На все вопросы — прямые ответы, без формальностей и сложных терминов.

Главная цель — чтобы каждый чувствовал себя уверенно в новой системе и переход на безналичную оплату прошёл спокойно и без лишних неудобств.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozir Samarqandda yo‘lovchi tashish monitoringi va nazorati bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasasi xodimlari uchun chinakam “qizg‘in davr”.

Naqd pulda yo‘l haqi bekor qilingandan so‘ng, aynan ular har kuni: bekatlarda, avtobuslarda, yo‘lovchilar ko‘p to‘planadigan joylarda faoliyat olib bormoqda.

Yangi tizimga o‘tish — bu umumiy jarayon. Va aynan shunday jonli, kundalik ish tufayli bu jarayon barchaga yanada oson va tushunarli bo‘lib bormoqda.

----

Сейчас в Самарканде — по-настоящему горячая пора для сотрудников государственного учреждения мониторинга и контроля пассажирских перевозок.

После отмены наличной оплаты проезда именно они ежедневно работают: на остановках, в автобусах, в местах скопления пассажиров. Объясняют, подсказывают, помогают разобраться в новых правилах и способах оплаты.

Переход на новую систему — это общий процесс. И благодаря такой живой, ежедневной работе он становится проще и понятнее для всех.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💳ATTO transport kartalarini Pochta ko‘chasi, 5-uyda  joylashgan Samarqand shahar pochta bo‘limidan sotib olish mumkin.
Shuningdek:
1. Islom Karimov ko‘chasi, 36-uy;
2. Rudakiy ko‘chasi, 90-uy;
3. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 96-uy;
4. Ilmobod ko‘chasi, 22-uy;
5. Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 92-uy;
6. Beruniy ko‘chasi, 144-uy;
7. Imom al-Buxoriy ko‘chasi, 57-uy;
8. Ro‘dakiy ko‘chasi, 225-uy;
9. Minsk ko‘chasi, 60-uy;
10. Boysun ko‘chasi, 8 "A"-uy;
11. Nor Yakubov ko‘chasi, 2-uy;
12. Gagarin ko‘chasi, 25-uy;
13. N.Sobirov ko‘chasi, 1-uy;
14. Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 1-uy;
15. Ali Qushchi ko‘chasi, 18-uy;
16. Sattepo ko‘chasi, 18-uy;
17. Kimyogarlar qo‘rg‘oni, Zavod ko‘chasi, 1-uy;
18. Zakovot ko‘chasi, 19-uy;
19. Bog‘i Baland mahallasi binosida;
20. Merv ko‘chasi, 118 "A"-uy;
21. O‘rta Xo‘jasoat mahallasi binosida;
22. Xo‘jag‘unjoyish ko‘chasi, 2-uy;
23.Qorasuv massivi, “Obod maskan” mahallasi binosida joylashgan pochta bo‘limlaridan sotib olish imkoniyati yaratildi.

----
💳Транспортные карты АТТО можно приобрести в отделении почтовой связи города Самарканда по адресу ул. Почтовая, 5.

А также:
1. Улица Ислама Каримова, 36;
2. Улица Рудакий, 90;
3. Улица Мирзо Улугбека, 96;
4. Улица Ильмабад, 22;
5. Улица Абдурахмона Джами, 92;
6. Улица Беруни, 144;
7. Улица Имама аль-Бухари, 57;
8. Улица Рудакий, 225;
9. ул. Минская, 60;
10. Улица Бойсуна, 8 «А»;
11. Улица Нор Якубова, 2;
12. Улица Гагарина, 25;
13. Ул. Н.Собирова, 1;
14. Улица Буюк Ипак йули, 1;
15. Улица Али Кушчи, 18;
16. Саттепо, 18;
17. посёлок Кимёгарлар, ул.Заводская, 1;
18. Улица Заковат, 19;
19. в здании МСГ "Боги Баланд";
20. Улица Мервская, 118 «А»;
21. в здании МСГ "Урта Хожисоат";
22. Улица Ходжагунджойиш, 2;
23. в здании МСГ «Обод Маскан» в массиве Карасув.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Oldin bekatlarda yo‘lkira olish va qaytim berishga ko‘p vaqt ketardi, hozir esa yo‘lovchilar tezroq chiqib-tushmoqda, ishlash ham ancha yengillashdi”, — deya fikr bildirmoqda jamoat transporti haydovchilari elektron to‘lov tizimiga o‘tilgach.

Ularning aytishicha, yangi tizim avtobuslar harakatidagi kechikishlarni kamaytirib, ortiqcha bahs-munozaralarning oldini olayapti hamda qatnovni yanada tartibli qilmoqda.

-----

«Раньше на остановках уходило много времени на расчёты и сдачу, а сейчас пассажиры заходят быстрее, и работать стало спокойнее», — такими впечатлениями делятся водители общественного транспорта после перехода на электронную оплату проезда.

По их словам, новая система помогает сократить задержки в пути, уменьшает лишние споры и делает движение автобусов более организованным.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yo‘lovchilar!

☄️Plastik kartaning yo‘qligi — bepul yurish uchun sabab emas!

Bugungi kunda yo‘l haqini bank plastik kartasi, ATTO transport kartasi, QR-kodli bir martalik chipta hamda mobil ilovalar orqali to‘lash mumkin.

Yo‘l haqini to‘lash orqali siz jamoat transporti rivoji va xizmat sifatining yaxshilanishiga hissa qo‘shasiz.

Eslatib o‘tamiz, chiptasiz yurish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasiga ko‘ra,  avtobuslarda chiptasiz yurganlik uchun jarima belgilangan.

Jamoat transportidan foydalanish qoidalariga rioya qiling va yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lang!

-----

Уважаемые пассажиры!

☄️Отсутствие пластиковой карты — не повод ездить бесплатно!

Сегодня оплатить проезд можно разными способами: банковскими пластиковыми картами, транспортными картами АТТО, разовыми QR-билетами,а также через мобильные приложения.

Оплачивая проезд, вы вносите вклад в развитие и качество общественного транспорта.

Напоминаем, что безбилетный проезд является административным правонарушением. Согласно статье 144 Кодекса Республики Узбекистан об административной ответственности, за безбилетный проезд в автобусах предусмотрен штраф.

Соблюдайте правила пользования общественным транспортом и оплачивайте проезд вовремя!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zi yosh yo‘lovchilar elektron to‘lov tizimini noqulay va odatlanish qiyin deb hisoblayotgan bir paytda, nuroniylar barchaga ibrat bo‘lmoqda.

Ular hech kimning yordamini kutib o‘tirmay, o‘zlari bankka borib plastik karta ochdilar va bugun avtobuslarda undan bemalol foydalanmoqdalar.

Yosh to‘sqinlik qilmaydi, eng muhimi — zamon bilan hamnafas bo‘lish istagi.

-----

Пока некоторые молодые пассажиры говорят, что безналичная оплата — это сложно, пожилые люди показывают настоящий пример.

Не дожидаясь помощи, они сами пошли в банк, открыли банковские карты и уверенно пользуются ими в автобусах.

Возраст — не преграда для новых знаний, если есть желание идти в ногу со временем.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ertalabdan — xizmatda.

«Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi xodimlari tong saharda topshiriqlarni olib, Samarqand bo‘ylab yo‘nalishlarga chiqishadi.

Kun davomida ular avtobuslarda va bekatlarda ishlab, yo‘lovchilarga yo‘l haqini naqdsiz to‘lash tartibini tushuntiradilar va savollarga javob beradilar.

Shu bilan birga, xodimlar amaldagi talablarga zid ravishda yo‘lovchilardan naqd pul olayotgan haydovchilarni aniqlamoqda.

-----

С самого утра- на линии.

Ранним утром сотрудники государственного учреждения «Мониторинг и контроль пассажирских перевозок» получают задания и отправляются по маршрутам Самарканда.

В течение дня они работают в автобусах и на остановках: помогают пассажирам освоить безналичную оплату проезда, разъясняют новые правила и отвечают на вопросы.

Одновременно сотрудники выявляют водителей, которые продолжают принимать наличные деньги вопреки действующим требованиям.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Hurmatli yo‘lovchilar!

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahridagi jamoat transportida yo‘l haqi faqat naqdsiz shaklda — bank kartalari, transport kartalari va mobil ilovalar orqali to‘lanadi.

Yo‘l haqini naqd pulda to‘lash, shuningdek, pulni haydovchiga yoki boshqa shaxslarga berish belgilangan tartibni buzish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasiga muvofiq, yo‘l haqini to‘lamaslik yoki jamoat transportidan foydalanish qoidalarini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Belgilangan qoidalarga rioya qilishingizni va yo‘l haqini elektron tarzda o‘z vaqtida to‘lashingizni so‘raymiz.

------

⚠️Уважаемые пассажиры!

Напоминаем, что в городском общественном транспорте Самарканда оплата проезда осуществляется исключительно в безналичной форме — с помощью банковских карт, транспортных карт и мобильных приложений.

Оплата проезда наличными средствами, а также передача денег водителю или другим лицам, является нарушением установленного порядка оплаты.

Согласно статье 144 Кодекса Республики Узбекистан об административной ответственности, за безбилетный проезд или нарушение правил пользования общественным транспортом предусмотрена административная ответственность.

Просим соблюдать установленные правила и оплачивать проезд электронным способом.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Transport kartalarining turlari: qay birini tanlash kerak?

Jamoat transportida har xil turdagi kartalar amal qilib, ular qatnovlarda tejash va to'lovni yanada qulayroq qilish imkonini beradi.

Quyida asosiy turlarini keltirdik:

🟢Yashil karta - maktab o'quvchilari uchun. Imtiyoz bilan qatnash huquqini beradi.

🟡 Sariq karta – talabalar uchun. OTM talabalari uchun tejamkor variant.

🔴 Qizil karta - nafaqadagilar va alohida ehtiyojli odamlar uchun. Transportda imtiyozlardan foydalanishga imkon beradi.

🔵 Moviy karta - barcha yo'lovchilar uchun standart transport kartasi.

⚪️ Virtual karta – ATTO ilovasida mavjud. Yo’l haqini telefoningizdan kartasiz toʻlang!

O’zingizga mos kartani tanlang va qatnovlar uchun tez va qulay tarzda to'lov qiling!

***

Виды транспортных карт: какую выбрать?

В общественном транспорте действуют разные виды карт, позволяющие экономить на поездках и делать оплату удобнее.

Вот основные варианты:

🟢Зелёная карта – для школьников. Дает право на льготный проезд.

🟡 Жёлтая карта – для студентов. Экономичный вариант для учащихся вузов.

🔴 Красная карта – для пенсионеров и людей с особыми потребностями. Позволяет пользоваться льготами на транспорте.

🔵 Синяя карта – стандартная транспортная карта для всех пассажиров.

⚪️ Виртуальная карта – доступна в приложении ATTO. Оплачивайте проезд с телефона без карты!

Выбирайте подходящую карту и оплачивайте проезд быстро и удобно!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telefon orqali yo‘l haqi to‘lovi.

Agar smartfoningiz NFC funksiyasini qo‘llab-quvvatlasa, transport kartasidan foydalanish yanada qulay bo‘ladi — plastik karta sotib olish shart emas.

Buning uchun ATTO mobil ilovasini yuklab olib, telefoningizda virtual karta ochishingiz kifoya.

ATTO virtual kartasini bir necha bosqichda ochish mumkin: ilovani yuklab oling, ko‘rsatmalarga amal qiling va yo‘l haqini telefon orqali tez hamda qulay tarzda to‘lang.

----
Оплата проезда телефоном.

Если ваш смартфон поддерживает NFC, пользоваться транспортной картой ещё проще — покупать пластиковую карту совсем не обязательно.

Достаточно скачать мобильное приложение ATTO и оформить виртуальную карту прямо в телефоне.

Оформить виртуальную карту ATTO можно всего за несколько кликов: скачайте приложение, следуйте инструкции — и оплачивайте поездки телефоном быстро и удобно.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haydovchi avtobusni oddiy transport emas, VIP kinoteatrga aylantirmoqchi bo‘lganga o‘xshaydi 😄

Qora matolar, yarim qorong‘ulik, o‘ziga xos atmosfera…
Faqat film o‘rniga — odatiy Samarqanddagi yo‘nalish.

Sizga ham shunday avtobuslar uchraganmi? 👀

----

Кажется, водитель решил, что это не автобус, а VIP-кинотеатр 😄

Чёрная ткань, полумрак, атмосфера загадочности…
Только вместо фильма — обычный маршрут по Самарканду.

А вам попадались такие автобусы? 👀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👀Hurmatli yo‘lovchilar, avtobusdagi konditsioner ko‘chani sovutish uchun ishlamaydi.

Salon oynalari ochiq bo‘lsa, butun tizimning foydasi qolmaydi: avtobus sovumaydi, konditsioner bekorga ishlaydi, keyin esa “issiq”, “konditsioner ishlamayapti”, “yurib bo‘lmaydi” degan e’tirozlar boshlanadi.

Ko‘pincha qulaylik borida uni qadrlamaymiz.

Keling, haydovchilar mehnati va boshqa yo‘lovchilar qulayligini hurmat qilaylik — konditsioner ishlayotgan bo‘lsa, oynalar yopiq bo‘lishi kerak.

-----

👀Уважаемые пассажиры, кондиционер в автобусе работает не для того, чтобы охлаждать улицу.

Когда в салоне открыты окна, вся система теряет смысл: автобус не охлаждается, кондиционер работает впустую, а потом начинаются жалобы — «жарко», «не работает», «невозможно ехать».

Часто действует принцип: пока есть комфорт — его не ценим.

Давайте уважать труд водителей и комфорт других пассажиров — если работает кондиционер, окна должны быть закрыты.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda jamoat transportida bir holatni tobora ko‘proq kuzatish mumkin.
O‘rindiqlarda o‘tirgan yosh yigit-qizlar diqqatini to‘liq telefon ekraniga qaratgan. Yonlarida yoshi katta insonlar, yosh bolali onalar va homilador ayollar tik turishibdi.

Shunda bir savol tug‘iladi: telefonda haqiqatan ham ko‘zni bir necha soniyaga bo‘lsa-da uzib bo‘lmaydigan darajada muhim narsa bormi? Yoki telefon ekrani atrofdagilarni ko‘rmaslik, o‘rin bo‘shatmaslik uchun qulay bahonami?

O‘rin bo‘shatish majburiyat emas. Bu — tarbiya, hurmat va insonparvarlik belgisi.

Bir o‘ylab ko‘ring: bugun siz notanish insonga o‘rningizni berdingiz, ertaga esa kimdir sizning ota-onangizga shunday hurmat ko‘rsatishi mumkin.

Odamlar tobora ko‘proq telefon ekraniga tikilib qolgan bu davrda, bir-birimizni ko‘rish va qadrlashni unutmasligimiz yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
-----
Сегодня всё чаще можно увидеть одну и ту же картину в общественном транспорте.
На сиденьях — молодые парни и девушки, полностью погружённые в экраны своих телефонов. Рядом стоят пожилые люди, женщины с детьми, беременные пассажирки.

Возникает вопрос: действительно ли в телефоне происходит что-то настолько важное, что невозможно оторвать взгляд даже на несколько секунд? Или экран телефона удобный способ спрятаться от окружающего мира?

Подумайте: сегодня вы уступили место незнакомому человеку, а завтра кто-то проявит такое же уважение к вашим родителям.

В мире, где люди всё чаще смотрят в телефоны, особенно важно не переставать видеть друг друга.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pchilik nazoratchilar faqat qoidabuzarlarni aniqlaydi, deb o‘ylaydi. Aslida esa ularning vazifasi bundan ancha keng.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-may sanasidan boshlab Samarqand shahar jamoat transportida yo‘l haqini naqd pulda to‘lash bekor qilindi.

Shu sababli xodimlar har kuni avtobuslar va bekatlarda yo‘lovchilarga yangi tartibni tushuntirib, elektron to‘lov usullari bo‘yicha maslahat berishadi va savollariga javob qaytarishadi.

Bugungi kunda nazorat bilan bir qatorda tushuntirish ishlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

-----

Многие считают, что контролёры занимаются только выявлением нарушителей. На самом деле их работа гораздо шире.

Напоминаем, что с 1 мая текущего года в общественном транспорте Самарканда была отменена оплата проезда наличными денежными средствами.

В связи с этим сотрудники ежедневно работают в автобусах и на остановках, разъясняют пассажирам новый порядок оплаты, консультируют по вопросам использования электронных способов оплаты и отвечают на возникающие вопросы.

Сегодня разъяснительная работа имеет не меньшее значение, чем контроль за соблюдением установленных правил.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Yaxshi yangilik!

"Dagbitskiy"ga avtobuslar yana qaytdi.

M12, M5, M15, 20, 22, 52, 31, 30, 17 va 99-sonli avtobus yo‘nalishlari Dahbet va Rudakiy ko‘chalari chorrahasi orqali harakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-mayidan boshlab Samarqand jamoat transportida yo‘l haqi faqat elektron tarzda to‘lanadi. Safardan oldin transport yoki bank kartangizni tayyorlab qo‘yishni unutmang.

----

Ждали? Возвращаются! 🚌

Автобусы маршрутов № М12, М5, М15, 20, 22, 52, 31, 30, 17 и 99 вновь курсируют через перекрёсток улиц Дагбитская и Рудаки.

Напоминаем, что с 1 мая текущего года в общественном транспорте Самарканда действует только электронная оплата проезда. Заранее подготовьте транспортную или банковскую карту для оплаты поездки.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚍 Bekatni band qilmang!

Har safar biror avtomobil bekatni egallab olsa, avtobus yo‘l qatnov qismida to‘xtashga majbur bo‘ladi, yo‘lovchilar esa yo‘lning o‘zida tushib chiqadilar.

Kimdir «Men faqat bir daqiqaga» deb o‘ylayotgan paytda, o‘nlab odamlar vaqtini yo‘qotadi va xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi.

Yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini ham hurmat qiling!
Ruxsat etilgan to‘xtash joyigacha bir necha metr yurish hech kimga zarar qilmagan.

----
🚍 Остановка автобуса — не парковка!

Каждый раз, когда автомобиль занимает остановочный карман, автобус вынужден останавливаться на проезжей части, а пассажиры — выходить прямо на дорогу.

Пока кто-то думает: «Я всего на минуту», десятки людей теряют время и рискуют своей безопасностью.

Уважайте других участников движения!
Несколько метров до ближайшего разрешённого места для остановки ещё никому не навредили.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚍 Hurmatli jamoat transporti foydalanuvchilari!

💳 Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-maydan boshlab Samarqand jamoat transportida yo‘l haqini naqd pulda to‘lash bekor qilingan. Yo‘l haqini transport kartasi, bank kartasi, QR-kod hamda boshqa elektron to‘lov usullari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Chiptasiz yurish qoidabuzarlik hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasiga muvofiq ma’muriy jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Qoidalarga rioya qilayotganingiz uchun rahmat va yo‘llaringiz bexatar bo‘lsin!

——

🚍 Уважаемые пользователи общественного транспорта!

💳 С 1 мая 2026 года в общественном транспорте Самарканда действует только безналичная оплата проезда. Оплатить поездку можно транспортной картой, банковской картой, через QR-код и другими электронными способами.

❗️Безбилетный проезд является нарушением и в соответствии со статьёй 144 Кодекса Республики Узбекистан об административной ответственности влечёт наложение штрафа.

Благодарим за соблюдение правил и желаем комфортных поездок!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bank kartasi yoki transport kartangiz yo‘qmi?
Bu muammo emas.


Yo‘l haqini to‘lash uchun infokioskdan QR-kodli bir martalik chipta xarid qilishingiz va jamoat transportidan foydalanishingiz mumkin.

Chipta xarid qilish va yo‘l haqini to‘lash jarayonini osonlashtirish maqsadida siz uchun batafsil bosqichma-bosqich yo‘riqnoma tayyorladik.

-----

Нет банковской или транспортной карты?
Это не проблема.


Для оплаты проезда вы можете приобрести разовый билет с QR-кодом в инфокиоске и  воспользоваться общественным транспортом.

Чтобы процесс был простым и понятным, мы подготовили  подробную инструкцию по покупке билета.
🚌 Tanish holatmi?

Avtobusda validator yoniga kelgandan keyingina kartasini qidira boshlaydigan yo‘lovchilar albatta topiladi. 😄

Cho‘ntaklar, sumka bo‘limlari, kurtka... Qidiruv boshlanadi.

Kichik maslahat: kartani oldindan tayyorlab qo‘ying.
Shunda safar barcha uchun qulayroq bo‘ladi.

----

🚌 Знакомая картина?

Пассажир подходит к валидатору.
И начинается:
— не в этом кармане; — не в этой сумке; — не в куртке; — точно брал с собой... 😄

Поэтому маленький совет: подготовьте карту заранее.

Так поездка будет комфортнее для всех пассажиров.