Samarqand yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish/ Rasmiy kanal
501 subscribers
441 photos
234 videos
50 links
Государственное учреждение "Мониторинг и контроль пассажирских перевозок" при Управлении транспорта Самаркандской области.

Facebook: https://www.facebook.com/share/14CR4pSm6v/

Instagram: https://www.instagram.com/sam_monitoring_dm?igsh=OGJwNHNkdnZmdmZ5
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️В связи с проведением 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО, временно будет ограничено движение транспортных средств на некоторых улицах Самарканда
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘zbek tili — ming yillik madaniyat, she’riyat va mehr tili!

Uni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish — barchamizning burchimizdir.

Viloyat Transport boshqarmasida O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida xodimlar davlat tilining ahamiyati, milliy o‘zlikni mustahkamlashdagi va muloqot madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rnini muhokama qildilar.

Ona tilimiz doimo g‘urur va go‘zallik bilan yangrashini tilaymiz!

"Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak.

Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz lozim."

Shavkat MIRZIYOYEV.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚍 Brutto-kontrakt asosida ishlaydigan haydovchilar yo‘lovchilar yo‘l haqini elektron tarzda to‘lashni afzal ko‘rishini ta’kidlashmoqda.

💳 Elektron to‘lov hisob-kitob jarayonini soddalashtiradi va avtobus harakatini tezlashtiradi.

Bunday to‘lov turi — zamonaviy va shaffof transport tizimiga qadamdir.

------

🚍 Водители, работающие по брутто-контракту, отмечают, что им гораздо удобнее, когда пассажиры оплачивают проезд электронным способом.

💳 Безналичная оплата делает процесс посадки быстрее, снижает количество ошибок при расчетах и повышает общую безопасность.

Такая форма оплаты — это шаг к современному и прозрачному транспорту.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi avtoshoh bekati ishga tushirilishi natijasida ilgari tirbandliklar tez-tez kuzatilgan Dag‘bit ko‘chasida transport harakati ancha yengillashdi.

Endilikda yangi avtoshoh bekatiga Oqdaryo, Payariq, Kattaqo'rg'on, Jomboy va Ishtixon tumanlaridan qatnovchi avtobuslar kelmoqda.

Yo‘lovchilar qulayligi uchun avtoshoh bekatidan shaharning turli yo‘nalishlariga 27-, 8-, 20-avtobuslar qatnaydi.

Shuningdek yangi maxsus “Motrit – Dag‘bit ko’chasi ” ekspress yo‘nalishida 6 avtobus qatnovi yo'lga qo'yilgan.

Yangi avtoshoh bekatining ochilishi Samarqand shahrining transport infratuzilmasini yaxshilash va yo‘lovchilar harakatini yanada qulay qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

-----

Благодаря запуску новой автостанции движение транспорта на улице Дагбитской, где ранее часто возникали заторы, стало значительно свободнее.

Теперь на новую автостанцию прибывают рейсовые автобусы из Акдарьинского, Пайарыкского, Каттакурганского, Джамбайского и Иштиханского районов.

Для удобства пассажиров с территории автостанции курсируют городские маршруты №27, №8 и №20.

Кроме того, запущено движение шести автобусов по новому специальному экспресс-маршруту «Мотрит – улица Дагбитская».

Открытие новой автостанции стало важным шагом в улучшении транспортной инфраструктуры Самарканда и повышении удобства передвижения пассажиров.
Samarqand viloyat transport boshqarmasida an’anaviy tarzda oktyabr oyining so‘nggi yakshanbasida nishonlanadigan Avtomobil transporti xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yil yakunlari sarhisob qilinib, soha xodimlarining mintaqadagi transport tizimini rivojlantirishdagi hissasi alohida e’tirof etildi. Eng faol avtomobil transporti sohasi vakillari o‘z mehnatsevarligi, kasbiy mahorati va mas’uliyatli yondashuvi uchun faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tadbir ishtirokchilarini tabriklar ekan, boshqarma rahbariyati avtomobil transporti xodimlarining fidokorona mehnati tufayli Samarqand shahri va viloyatida yo‘lovchi hamda yuk tashish tizimining uzluksiz ishlashi, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Tantanali marosim barcha transport sohasi xodimlariga bildirilgan samimiy minnatdorchilik so‘zlari bilan yakunlandi.

-----

В Самаркандском областном транспортном управлении состоялось торжественное мероприятие, приуроченное ко Дню работников автомобильного транспорта, который традиционно отмечается в последнее воскресенье октября.

В рамках мероприятия были подведены итоги работы за год и отмечен вклад сотрудников в развитие транспортной отрасли региона. Лучшие представители сферы автомобильного транспорта были награждены почётными грамотами и благодарственными письмами за добросовестный труд, высокий профессионализм и ответственное отношение к своей работе.

Поздравляя участников, руководство подчеркнуло, что благодаря самоотверженному труду работников автомобильного транспорта обеспечивается бесперебойное движение пассажирского и грузового транспорта, создаются комфортные и безопасные условия для жителей Самарканда и области.

Мероприятие завершилось теплыми словами признательности в адрес всех, кто ежедневно вносит свой вклад в развитие транспортной системы региона.
Avtomobil transporti xodimlari kuningiz bilan tabriklaymiz! 🚍

Hurmatli avtomobil transporti sohasi xodimlari va faxriylar!

Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli transport tizimi barqaror ishlamoqda, yo‘lovchilarning qulayligi va xavfsizligi ta’minlanmoqda, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalar izchil rivojlanmoqda.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, farovonlik, ishlaringizda yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz!

Har bir yo‘lingiz xavfsiz, texnikangiz ishonchli, yo‘lovchilaringiz esa minnatdor bo‘lsin!

-----

Поздравляем с Днём работников автомобильного транспорта! 🚍

Уважаемые работники и ветераны автомобильного транспорта!

Ваш труд обеспечивает стабильную работу транспортной системы, комфорт и безопасность пассажиров, развитие экономики и социальной сферы.

Желаем вам крепкого здоровья, благополучия, уверенности в завтрашнем дне и дальнейших успехов в работе!

Пусть каждая дорога будет безопасной,
техника — исправной, а пассажиры — благодарными!
Samarqandda jamoat transportida naqd to‘lovdan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Samarqand shahrida yo‘lovchi transportida to‘liq naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu qadam yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va transport tizimining shaffofligini oshirishga qaratilgan.

💳 Naqd pulsiz to‘lovning afzalliklari:
Tez va qulay — mayda pul izlash yoki qaytim kutish shart emas.
Shaffoflik — barcha to‘lovlar avtomatik tarzda qayd etiladi.
Zamonaviy xizmat — elektron to‘lov xalqaro standartlarga mos bo‘lib, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratadi.

Jamoat transportidan foydalanishni yanada yengillashtirish maqsadida Samarqand shahrining bekatlarida bir martalik elektron chiptalar sotib olish uchun to‘lov terminallari o‘rnatilmoqda.

Naqd to‘lovdan voz kechish Samarqand transport tizimini yanada samarali, zamonaviy va yo‘lovchiga qulay qilishga xizmat qiladi.

——

В Самарканде готовятся к отказу от наличной оплаты в общественном транспорте.

В Самарканде идёт подготовка к переходу на полностью безналичную систему оплаты проезда. Этот шаг направлен на повышение удобства для пассажиров и прозрачности работы общественного транспорта.

💳 Основные преимущества безналичной оплаты:
Быстрота и удобство — не нужно искать мелочь и ждать сдачу.
Прозрачность — все операции фиксируются автоматически.
Современный сервис — электронная оплата соответствует мировым стандартам и повышает комфорт поездок.

Так, поэтапно на автобусных остановках Самарканда устанавливаются платёжные терминалы для приобретения разовых электронных билетов.

Отказ от наличной оплаты позволит сделать транспортную систему Самарканда более эффективной, современной и ориентированной на пассажиров.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM