SamDUKF Yoshlar ittifoqi
972 subscribers
6.07K photos
628 videos
136 files
1.39K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#SamDU_KF
#Milliy_qadriyatlar_sayli

SAMDU KATTAQOβ€˜RGβ€˜ON FILIALINING "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI" KOβ€˜TARINKI RUHDA Oβ€˜TDI

Talabalarni asrlar davomida avloddan-avlodga oβ€˜tib kelayotga ezgu qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, milliy urf-odat, an'analarimizni ularga yetkazish, milliy sport turlari, milliy bayramlarimizni keng targβ€˜ib etish maqsadida SamDU Kattaqoβ€˜rgβ€˜on filiali tomonidan Kattaqoβ€˜rgβ€˜on shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogβ€˜ida "Milliy qadriyatlar sayli" tashkil qilindi!

Kattaqoβ€˜rgβ€˜on shahar hokimi G.Alimova, filial direktori Sh.Urakov, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, fuqarolar, talaba va professor-oβ€˜qituvchilar qatnashgan tadbir milliy raqs va ashulalar, lapar va aytishuvlar, ona Vatanni madh etuvchi taronalar, urf-odat va an'analarimiz, sport musobaqalariga boy boβ€˜ldi. Milliy taomlar, amaliy san'at namunalari koβ€˜rgazmasi tashkil qilindi. Faol talaba va ishtirokchilar taqdirlandi.

πŸ‘ A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov