SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.12K subscribers
6.27K photos
654 videos
138 files
1.44K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#besh_tashabbus
#koordinatorlar_faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning Mart oyida yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda xotin-qizlarning bandligini ish bilan taʼminlash maqsadida 5 muhim tashabbus ilgari surildi.
Shu munosabat bilan bugungi kunda yurtimizda koʻplab oliy taʼlim muassasalarida, turli xil davlat rasmiy tashkilotlarida xotin-qizlar bir qancha kasb va hunarlar yordamida ish bilan taʼminlab kelinmoqda. Jumladan, SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida ham YI Boshlangʻich tashkilot tomonidan tikuvchilikda mahorati bor talaba qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida "Tikuvchilik klubi" tashkil etildi. Hozirda filial talaba qizlari kiyim-kechak, pardalarni bichish, tikish, ularni har xil munchoqlar bilan bezash, turli aksessuarlarni yasash kabi mashgʻulotlar bilan oʻzlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazib kelishmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid?
Anonymous Quiz
20%
Mezolit
29%
Neolit
23%
Eneolit
28%
Bronza
Mamlakatimiz hududlarida quyidagi qaysi
davlatlar qadimgi davrda vujudga kelgan?
1) Kidariylar davlati; 2) Davan davlati; 3) Qang‘ davlati; 4) Afrig‘iylar davlati; 5) Eftaliylar davlati; 6) Kushon davlati.
Anonymous Quiz
57%
2, 3, 6
11%
2, 4, 5
18%
1, 3, 4
14%
1, 5, 6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek tilida chop etilgan birinchi jurnal qaysi?
Anonymous Quiz
27%
Guliston
35%
Toshkent ovozi
28%
Oyina
10%
Boʻston
Amir Temur vasiyatiga koʻra kimni taxt vorisi etib tayinlaydi?
Anonymous Quiz
27%
Umarshayx Mirzo
42%
Pir Muhammad
19%
Jahongir Mirzo
12%
Mirzo Ulugʻbek
#profilaktik_uchrashuv
#koordinatorlar_faoliyati

Joriy yil 15-may kuni SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talabalar turar joyida yotoqxonada yashovchi va koʻp sonli boʻlib turadigan hostellardagi talabalar bilan filial Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi, profilaktika inspektori va yoʻnalish koordinatorlari Sh.Hasanova, M.Roʻziyeva, S.Samadovalar ishtirokida profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda filial yotoqxona mudirasi B.Aripova TTJ nizomi, uning ichki tartib qoidalari bilan yana bir bor tanishtirib oʻtdi. Profilaktika inspektori X.Haydarov talabalar orasida Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha maʼruza qildi. Filial BT yetakchisi H.Rashidov tomonidan talabalarga TTJ da istiqomat qilishda tozalikka rioya etishlari, oʻqish jarayonida odob-axloq qoidalariga amal qilishlari kerakligi toʻgʻrisida zaruriy tavsiyalar berildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
Samarqand tumani markazi nomini toping
Anonymous Quiz
33%
Juma
36%
Gulobod
21%
Toyloq
10%
Qoʻrgʻoncha
DIQQAT E’LON!!!

2024-yil 17-may kuni (ertaga) SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi!

Unda Siz O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a'zolari, ijodkorlar Mamatqul Hazratqulov, Maqsud Jonixonov, Zuhra Eshonqulovalar bilan ijodiy muloqotda bo‘lib, yozgan asarlari, hayoti va faoliyati haqida ma'lumotga ega bo‘lasiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
MAMATQUL HAZRATQULOV

1947-yil 1-fevralda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Mingbuloq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Qishloqdagi 41-o‘rta maktabni bitirgan. 1- maqolasi 7-sinfda o‘qiyotgan paytlarida hozirgi “Yoshlar ovozi” gazetasida bosilgan.

“Oqqush”, “Yorug‘ kun”, “Cho‘li iroq”, “Hayotning bir parchasi”, “Jur’at”, “Quyosh men tomonda”, “Qo‘zichoqning ko‘z yoshlari”, “Intizor”, “Eshiklar ochiq”, “Chiroq o‘chmagan kecha”, “Ko‘kko‘l”, “Diydor”, “Sevgi sozi”, “Gladiolus”, “Ikki sohil”, “Kitobim ichra sen borsan”, “Qizil va yashil” kabi hikoyalar va qissalar to‘plamlari, “Lev Tolstoy va o‘zbek adabiyoti” risolasi nashr etilgan.

“Intizor”, “Eshiklar ochiq”, “Chiroq o‘chmagan kecha”, “Ko‘kko‘l”, “Sevgi sozi”, “Gladiolus”, “Ikki sohil”, “Kitobim ichra sen borsan” hikoyalar va qissalari muallifi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
MAQSUD JONIXONOV

1979-yil 22-martda Samarqand viloyati Urgut tumani Mang‘itobod qishlog‘ida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Qishloqdagi 84-maktabni bitirgan. Ilk maqolasi 11-sinfda o‘qigan paytlarida “Urgut sadosi” gazetasida chop etilgan. Oilali, 3 nafar farzandning otasi. Hozirda Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashaydi.

2001-yilda O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetini bitirgan. 2000-yilda “Qishloq hayoti” gazetasida faoliyat boshlagan. “Xalq so‘zi” gazetasida ham faoliyat olib borgan. 2018-yildan beri “Jamiyat” gazetasida bosh muharrir.

15 yoshidan ijod qiladi. Ijodining asosiy qismi badiiy publitsistikada. 2012-yilda “Yonimizdagi odamlar”, 2019-yilda “Bir umrlik sado”, 2022-yilda “Bir qo‘shiq kuylayki” va “Devona qildi ishq mani” , 2024-yilda “Devor ortidagi haqiqatlar” kitoblari nashr etilgan.

“Bir umrlik sado” kitobidagi “Onamga yigirma ming”, “Mehr” hikoyalari mashhur bo‘lgan.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
ZUHRO ESHONQULOVA

1975-yil 21-yanvarda Urgut tumani O‘krach qishlog‘ida tug‘ilgan.
Birinchi she’ri 5-sinfda o‘qigan paytlarida “G‘uncha” jurnalida chop etilgan. Oilali, 3 nafar farzandning onasi.

1999-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Maktabda, Samarqand maishiy xizmat kasb-hunar kollejida, Samarqand tibbiyot kollejida o‘quvchilarga ona tili va adabiyoti fanidan dars bergan. Samarqand viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida “Yosh notiq va jurnalist” to‘garagi rahbari vazifalarida ishlagan. 2017-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat olib boradi.

Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati: “Yuragimga aylanar Vatan”, “Ishq dostoni”. “Samarqanddan esgan sabolar”. “Nima yaxshi dunyoda?” she’riy kitoblari, “Ulug‘bekning nurli nigohi” publitsistik kitobi, “Sadoqat va matonat”, “Mangu ruhlar suhbati” dostonlari mashhur.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook