SamDUKF Yoshlar ittifoqi
832 subscribers
5.92K photos
581 videos
104 files
1.32K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#navbatdan_tashqari_yigʻilish
#koordinatorlar_faoliyati


Joriy yilning 13-may kuni SamDU Kattaqo'rg'on filialida Boshlangʻich tashkilot koordinatorlari tomonidan talaba qizlar oʻrtasida navbatdan tashqari yigʻilish o'tkazildi. Unda filial Talaba qizlar koordinatori Sh.Hasanova, Besh tashabbus loyihalar koordinatori S.Samadova, "Yoshlar daftari" va metsenatlik dasturlari koordinatori M.Roʻziyeva hamda fakultet koordinatorlari ishtirok etib, talaba qizlarning odob-axloqi, iffati uning go'zalligining asosi ekanligi, hayolilik va pokizalik ularning shiori bo'lishi, kiyinish madaniyati toʻgʻrisida muhim tavsiyalar berishdi. Muammoli holatlarni muhokama qilishdi. Talaba qizlar o'zlarining taklif va savollarini berib, kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
#Huquqiy_savodxonlik

TALABALAR O‘Z HUQUQLARINI BILADIMI?

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyatni yuksaltirish" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari hamda fakultetlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda filial profilaktika inspektori Xolbek Haydarov talabalarning savollariga javob berdi. Dars vaqtida, darsdan bo‘sh vaqtlarida, ijara xonadonlari, talabalar turar joyida, jamoaviy tadbirlarda amal qilishi zarur bo‘lgan qoidalarga to‘xtalib o‘tdi.

YI filial BT koordinatorlari Shahribonu Hasanova hamda Malika Ro‘ziyevalar mavzu yuzasidan talabalarga ma'lumotlar taqdim etdi.

Tadbirda Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlari tyutorlari qatnashdi.

A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#besh_tashabbus
#koordinatorlar_faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning Mart oyida yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda xotin-qizlarning bandligini ish bilan taʼminlash maqsadida 5 muhim tashabbus ilgari surildi.
Shu munosabat bilan bugungi kunda yurtimizda koʻplab oliy taʼlim muassasalarida, turli xil davlat rasmiy tashkilotlarida xotin-qizlar bir qancha kasb va hunarlar yordamida ish bilan taʼminlab kelinmoqda. Jumladan, SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida ham YI Boshlangʻich tashkilot tomonidan tikuvchilikda mahorati bor talaba qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida "Tikuvchilik klubi" tashkil etildi. Hozirda filial talaba qizlari kiyim-kechak, pardalarni bichish, tikish, ularni har xil munchoqlar bilan bezash, turli aksessuarlarni yasash kabi mashgʻulotlar bilan oʻzlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazib kelishmoqda.