SamDUKF Yoshlar ittifoqi
995 subscribers
6.11K photos
634 videos
136 files
1.4K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#Karyera_kunlari
#SamDU_KF

FILIALDA KARYERA KUNLARI O'TKAZILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filialida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash, 2-3-kurs talabalarini mutaxassisligi bo'yicha bo'sh vaqtlarida ishlashi uchun imkon yaratish maqsadida "karyera kunlari" mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Tadbirning ochilish marosimida SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktor o'rinbosari S.Elmonov, filial marketing bo'limi boshlig'i S.Axmedov, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov, Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri A.Daminov, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi B.O'rozov hamda muassasa va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil qilingan yarmarkada 53 ta muassasa va tashkilotlar 147 ta bo'sh o'rinlari bilan ishtirok etdi.
#Xushxabar
#SamDU_KF

MASHHURA VA ABDUMALIKDAN OLTIN MEDAL

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston kurash federatsiyasi tashabbusi bilan Milliy va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida xalqaro kurash musobaqasi o'tkazilmoqda.

Musobaqaning Samarqand viloyati bosqichida SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Sport faoliyati yo'nalishi talabalari Mashura Sunnatullayeva hamda Abdumalik Isoqovlar o'z vazn toifasi bo'yicha 1-o‘rin — oltin medalni qo'lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo'llanma oldi.

Musobaqa davom etmoqda.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Xushxabar_IELTS
#SamDU_KF

TALABALARIMIZ ERISHAYOTGAN YUTUQLAR HAQIDA XUSHXABAR BERISHDA DAVOM ETAMIZ!

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Zarina Murtazoyevaning ikki nafar shogirdi IELTS xalqaro imtihoni bo'yicha yuqori natijalarga erishdi:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 3-kurs talabalari Muxlisa Xabibullayeva 7 balni; Odina Erkinova 6 balni qo'lga kiritdi.

Fidoyi ustozlarimizning mehnatini e'tirof etgan holda talabalarimiz va ularning ota-onasiga o'z tashakkurimizni izhor etamiz!


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Besh_tashabbus
#Sport_klubi
#Memorandum_amalda

SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida Sport klubi tomonidan "Besh muhim tashabbus" doirasida Kattaqoʻrgʻon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari hamda filial talabalari oʻrtasida sportning Voleybol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Shuningdek, filial professor-oʻqituvchilari hamda maktab oʻqituvchilari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvilari tariqasida oʻtkazilgan musobaqa qizgʻin bahslarga boy boʻldi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, filial talabalari maktab oʻquvchilarini 5:0 natijada yutdi hamda filial professor-oʻqituvchilari maktab oʻqituvchilari bilan oʻyinda 2:1 natijada gʻalabani qoʻlga kiritdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"KUN XABARLARI" | XOTIRA BOR EKAN - MILLAT BARHAYOT

#11-may
#Samarqand

https://t.me/SamTvr