SamDUKF Yoshlar ittifoqi
841 subscribers
5.85K photos
573 videos
103 files
1.29K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
9 may – Xotira va Qadrlash kuni
XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ

Shu kunlarda yurtimiz boʻylab  Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bugun shahrimizdagi Birodarlik qabristonida o'tkazilgan xotirlash tadbirida shahar hokimligi, idora va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, mehnat faxriylari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida oʻtganlar ruhiga qurʼon tilovat qilindi.  Bugungi tinch va osuda kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olinib, Birodarlik qabristoniga gul qo’yish marosimi o’tkazildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#SamDUKF
#Yoshlar_ittifoqi
#9_may

🏛 Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialida erta tongdan 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan filial Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan shahar nuroniylari, filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlariga "Sharaf lentalari" tarqatildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#MEHNAT_YARMARKASI

2024-yil 10-may kuni soat 14:00 da SamDU Kattaqo'rg'on filialida Kattaqo'rg'on shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikda MEHNAT YARMARKASI tashkil qilinadi!

Barcha talabalarimiz ushbu yarmarkada faol ishtirok etshlari hamda munosib ish o'rinlariga ega bo'lishlari mumkin!


A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#Xalqaro_hamkorlik
#SamDU_KF

HINDISTONLIK PROFESSORLAR FILIAL TALABALARIGA DARS O'TADI

SamDUning Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov Hindistonning Mumbay texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari Aziziddin Xan hamda Tabassum Qazilarni qabul qildi.

Suhbat jarayonida filial talabalarining Mumbay texnologiya institutida ta'lim olishi, professor-o'qituvchilarimizning malaka oshirishi bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Aziziddin Xan hamda Tabassum Qazi filialda o'quv jarayonlari bilan bevosita tanishib, talabalar bilan suhbatlashishdi. Mehmonlar 2021-yilda filialimizda bo'lganligi, bugun o'quv-ilmiy, moddiy-texnikaviy jihatdan nihoyatda katta yutuqlarga erishilganligi va o'zgarishlar amalga oshirilganligini e'tirof etishdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu xorijiy mutaxassislar bilan shartnoma imzolandi. Endilikda Aziziddin Xan hamda Tabassum Qazi talabalarimizga pedagogika va psixologiya fanlaridan dars berishadi. Shu bilan birga, professor-o'qituvchilarimiz uchun seminar-treninglar tashkil qilinadi.