SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.17K subscribers
6.49K photos
690 videos
138 files
1.5K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#Talabalik_bahori #Intellektual_haftalik
#koordinatorlar_faoliyati

Joriy yilning 2-may kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo'rg'on filiali Boshlangʻich tashkiloti tomonidan Zakovat intellektual musobaqasining Pedagogika va tillarni o'qitish fakultet bosqichi o'tkazildi. Musobaqada kafedralardan faxrli o'rinni egallagan jamoalar ishtirok etishdi. Musobaqani fakultet dekani A.Sobirov, dekan o'rinbosari F.Ismatov jamoalarga omad tilagan holda ochib berishdi hamda yo'nalish tyutorlari, filial koordinatorlari musobaqaga hakamlik qilib, uning adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlashdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rin "Parvoz" jamoasiga;
2-o'rin "Renessans" jamoasiga;
3-o'rin "Besties" jamoasiga nasib etdi.
Jamoalarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Siz ham o'z intellektingizni rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, bizning safimizga qo'shiling.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#OTA_ONALAR_KONGRESI
#Ayni_paytda

SHERZOD URAKOV: OTA-ONALAR FAOLIYATIMIZDAGI ENG YAQIN HAMKORLARIMIZDIR!

Bugun, 3-may kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida navbatdagi ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Filial hamda ota-onalar hamkorligini mustahkamlash eng asosiy maqsad etib belgilangan ushbu tadbirda bugun Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ta'lim olayotgan talabalarining ota-onalari ishtirok etmoqda.

Unda so‘zga chiqqan filial direktori Sh.Urakov ota-onalar filialimiz o‘quv jarayonlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, yoshlar bilan ishlashdagi eng yaqin hamkorlar ekanligini e'tirof etdi. Ayni paytda bo‘lg‘usi pedagog kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan filial faoliyatida ko‘zlangan yuqori natijalarga erishishda ota-onalar bilan mustahkam hamkorlik qilish muhim ekanligini qayd etdi. Zarur taklif va tavsiyalarga to‘xtalib, ota-onalarning murojaatlarini tinglamoqda.
#Таълим_сифати

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Ta'lim sifati va samaradorligi oyligi" davomida barcha darslar ochiq dars shaklida o‘tildi.

Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim, sport kafedrasi o‘qituvchisi Zulfiya Qarshiyeva Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari fanidan Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga "Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida o'yinning roli va maktabgacha ta'lim tashkilotining ta'lim va tarbiya jarayonida uning ahamiyati" mavzusida ochiq dars tashkil qildi.

Darsni filialning mas'ul rahbar xodimlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar kuzatib baholashdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"KUN XABARLARI" | ADABIY-BADIIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

#3-may
#Samarqand

https://t.me/SamTvr