SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.17K subscribers
6.49K photos
690 videos
138 files
1.5K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! #Filialimizda_Munozara
Siz, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlaringizni rivojlantirishni yoki sinab ko'rishni xohlaysizmi? Unda biz sizni "Munozara" debat turniriga takilf etamiz.

Munozara turnirida tavsiya etiladigan
MAVZULAR:
1. Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarimiz faol.
2. Diplom muvaffaqiyat garovi emas.
3. Elektron kitoblar - oddiy kitoblardan afzal.

“Munozara” turnirini olib borish boʻyicha YOʻRIQNOMA

Murojaat uchun: Intellektual loyihalar koordinatori S.Toshtemirova


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Muhammad_Yusuf_70
#SamDU_KF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim, sport kafedrasi tomonidan tashkil qilingan tadbirni Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani A.Sobirov ochib berdi hamda Muhammad Yusufning barhayot ijodiyoti haqida ma'ruza qildi.

Shundan so‘ng Muhammad Yusuf hayoti, ijodi haqida talabalar tomonidan ma'lumot berildi. Shoirning hayoti, she'rlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, qo‘shiqqa aylangan ijod namunalari kuylandi.
#Ayni_paytda
#SamDU_KF
#Sifat_samaradorlik

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN NAVBATDAGI SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida davom etayotgan "Ta'lim sifati va samaradorligi oyligi" doirasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, pedagogik-psixologik bilimlarini takomillashtirish, dars jarayonlarini tashkil etishning pedagogik qonuniyatlari va mexanizmlari hamda o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro malaka va tajriba almashishini ta'minlash maqsadida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim, sport kafedrasi mudiri To‘lqin Eshquvvatov "Muvaffaqiyatli ta'limning psixologik asoslari: o‘quv motivlari, ta'lim va tarbiya psixologiyasi" mavzusida ma'ruza o‘qidi.
#Bir_haftada_bir_kitob📚
#davom_etamiz

"Siz kitob oʻqimasangiz, biz oʻqib beramiz" shiori ostida kitobxonlikni keng targʻib qilish, maʼnaviyatimizni yuksaltirish uchun eng yaqin doʻstimiz boʻlgan kitoblarni mutolaa qilishda davom etamiz.

Shunchaki kuningizning yarim soatini kitob oʻqishga (yoki tinglashga) ajrating, zero kitobxonlik - maʼnaviyatning tugallanmas xazinasidir.
⚡️Oʻqing, fikrlang va yuksaling!

Navbatdagi oʻqilishi (tinglanishi) kerak boʻlgan (audio) kitob Pirimqul Qodirov qalamiga mansub "Yulduzli tunlar" romanining mantiqiy davomi hisoblanmish "Avlodlar dovoni" romanining 5-qismi havola etilmoqda.👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat!!!
E'lon!!!

Hurmatli Yoshlar ittifoqi koordinatorlari, koordinatorlikka nomzodini qo'ygan talabalar hamda guruh sardorlari SamDU Kattaqo'rg'on fililali Boshlang'ich tashkiloti tomonidan bugun 26.04.2023 kuni soat 15:30 da C 108-xonada yig'ilish bo'lib o'tadi.
Barcha faollik bilan qatnashishini so'rab qolamiz.

Murojaat uchun:
https://t.me/Rashidov_Husniddin


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi

26-APREL - O'ZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUF TAVALLUD TOPGAN KUN

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti) tahsil oldi. Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasida tahsil olgach, 1998-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook