SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.17K subscribers
6.49K photos
690 videos
138 files
1.5K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#zakovat
#Talabalik_bahori
#Intellektual_haftalik
#koordinatorlar_faoliyati

Bugun, 19-aprel kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo'rg'on filiali Boshlangʻich tashkiloti tomonidan Zakovat intellektual musobaqasining O'zbek tili va Gumanitar fanlar kafedrasi bosqichi o'tkazildi. Musobaqada har bir bosqichdan tuzilgan talabalar oʻz jamoalarini tuzgan holda ishtirok etishdi. Musobaqani Yoshlar yetakchisi H.Rashidov jamoalarga omad tilagan holda ochib berdi hamda filial koordinatorlari musobaqaga hakamlik qilib, uning adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlashdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rin "Renessans" jamoasiga;
2-o'rin "Agassi" jamoasiga;
3-o'rin "Parvoz" jamoasiga nasib etdi.

Siz ham o'z intellektingizni rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, bizning safimizga qo'shiling.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
yer kuni.gif
14.5 MB
#22_aprel_Xalqaro_Yer_kuni
Ushbu sana jahon bo'ylab har yili keng nishonlab kelinadi.

Bayram 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 50 dan ortiq davlat vakillari tomonidan ma'qullangan.

Ma'lumki, Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to'rt yarim milliard yil bo'lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog'i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to'g'ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yo'g'i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi.

22-aprel sanasida ana shu jihatlarga e'tibor qaratilib, bu kun turli mamlakatlarda insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlaydi.
Forwarded from SamDUKF Zakovat sayyorasi (Sanjarbek)
#Zakovat_sayyorasi
#Koordinatorlar_faoliyati
Filial yoshlar ittifoqi hamkor tashkilotlar bilan faoliyat olib bormoqda...
       Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar ongida vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini shakllantirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Kattaqo'rg'on garnizonidagi harbiy qism bilan imzolangan hamkorlik memorandum asosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari, Zakovat intellektual musobaqasida filial talabalari faol ishtirok etib "ADOLAT" jamoasi 16 ta jamoa oʻrtasida boʻlib oʻtgan intregaga boy oʻyinda faxirli 🥈 oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bu bilan jamoa aʼzolarini tabriklaymiz .
Siz ham keling , oʻyinda ishtrok eting....
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
ONA YURT FIDOYILARI

SamDU Kattaqo'rg'on filialida Samarqand viloyati Harbiy-ma'muriy sektor faoliyatini 2024-yilda tashkillashtirish bo'yicha "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar bo‘yicha filialda rejalashtirilgan tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida belgilangan muddatlarda muloqot va davra suhbatlari o'tkazilib kelinmoqda.

Bugun, Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetida Axborot va tyutorlik soatida belgilangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq O'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi talabalari bilan "Ona yurt fidoyilari" mavzusi ostida muloqot tashkil qilindi.

Unda yo‘nalish tyutori A.Ziyatov yurtimizda yashab, xalqimizning ma'naviyatini, ma'rifatini yuksaltirish, o'zligini tanitishga umri va salohiyatini bag'shida etgan ma'rifatparvar bobolarimiz haqida talabalarga atroflicha ma'lumot berdi. Behbudiy, Munavvar qori, Avloniy, Fitrat, Cho'lpon kabi allomalarimizning jadidchilik harakati haqida suhbatlashib, talabalarning fikrlari tinglandi.
#Bir_haftada_bir_kitob📚
#davom_etamiz

Siz kitob oʻqimasangiz, biz oʻqib beramiz...

Besh muhim tashabbusning 4-yoʻnalishiga koʻra yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish hamda talabalarning kitobga boʻlgan mehrini oshirish maqsadida ushbu loyihaga start berdik.

Shunchaki kuningizning bir soatini kitob oʻqishga (yoki tinglashga) ajrating, zero kitobxonlik - maʼnaviyatning tugallanmas xazinasidir.
⚡️Oʻqing, fikrlang va yuksaling!

Bugun oʻqilishi (tinglanishi) kerak boʻlgan (audio) kitob Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman) 10-qism👇🏻
10. Yulduzli tunlar (yakuniy qism)
t.me/audiokitoblar_uz
🔘 Yulduzli tunlar [10-qism, yakuniy]
Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman).pdf
2.1 MB
Kitobning elektron varianti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SamDUKF
#Konferensiya

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman ochilishida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova qatnashdi.

Konferensiyada respublikamiz hamda xalqaro OTM professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar o‘z izlanishlari, ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiya yalpi majlis ma'ruzalari yakunlangach, Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar; Umumiy va xususiy didaktikani innovatsion rivojlantirishning psixologik-pedagogik mexanizmlari.  Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limga innovatsion yondashuv; Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari; Til va adabiyot ta'limi: muammo va yechimlar; Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda muammo va yechimlar; Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni kabi sho‘balarga bo‘lingan holatda faoliyat olib bordi. Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"KUN XABARLARI" | "MAJIDIY IZDOSHLARI" TEATR JAMOASI MUNOSIB TAQDIRLANDI


SamDU Kattaqo’rg’on filiali
Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis deputatlari va O‘zLiDeP faollari SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Navro‘z Rizayev, O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi raisi Ilhom Botirov va boshqa partiya faollari Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali faoliyati bilan tanishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook