SamDUKF Yoshlar ittifoqi
969 subscribers
6.06K photos
626 videos
136 files
1.38K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#ochiq_eshiklar
#SamDU_KF
#koordinatorlar_faoliyati

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti yetakchisi H.Rashidov, yo'nalish va fakultet koordinatorlari Kattaqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarini filial binosi, unda joylashgan Axborot resurs markazi bilan tanishtirib, bugungi kunda filialda yaratilgan shart-sharoitlar hamda keng imkoniyatlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib o'tishdi.
#Bir_haftada_bir_kitob📚
#davom_etamiz

Siz kitob oʻqimasangiz, biz oʻqib beramiz...

Besh muhim tashabbusning 4-yoʻnalishiga koʻra yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish hamda talabalarning kitobga boʻlgan mehrini oshirish maqsadida ushbu loyihaga start berdik.

Shunchaki kuningizning bir soatini kitob oʻqishga (yoki tinglashga) ajrating, zero kitobxonlik - maʼnaviyatning tugallanmas xazinasidir.
⚡️Oʻqing, fikrlang va yuksaling!

Bugun oʻqilishi (tinglanishi) kerak boʻlgan (audio) kitob Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman) 9-qism👇🏻
09. Yulduzli tunlar
t.me/audiokitoblar_uz
🔘 Yulduzli tunlar [9-qism]
Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman).pdf
2.1 MB
Kitobning elektron varianti
#zakovat
#Talabalik_bahori
#Intellektual_haftalik
#koordinatorlar_faoliyati

Bugun, 19-aprel kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo'rg'on filiali Boshlangʻich tashkiloti tomonidan Zakovat intellektual musobaqasining O'zbek tili va Gumanitar fanlar kafedrasi bosqichi o'tkazildi. Musobaqada har bir bosqichdan tuzilgan talabalar oʻz jamoalarini tuzgan holda ishtirok etishdi. Musobaqani Yoshlar yetakchisi H.Rashidov jamoalarga omad tilagan holda ochib berdi hamda filial koordinatorlari musobaqaga hakamlik qilib, uning adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlashdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rin "Renessans" jamoasiga;
2-o'rin "Agassi" jamoasiga;
3-o'rin "Parvoz" jamoasiga nasib etdi.

Siz ham o'z intellektingizni rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, bizning safimizga qo'shiling.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
yer kuni.gif
14.5 MB
#22_aprel_Xalqaro_Yer_kuni
Ushbu sana jahon bo'ylab har yili keng nishonlab kelinadi.

Bayram 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 50 dan ortiq davlat vakillari tomonidan ma'qullangan.

Ma'lumki, Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to'rt yarim milliard yil bo'lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog'i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to'g'ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yo'g'i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi.

22-aprel sanasida ana shu jihatlarga e'tibor qaratilib, bu kun turli mamlakatlarda insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlaydi.
Forwarded from SamDUKF Zakovat sayyorasi (Sanjarbek)
#Zakovat_sayyorasi
#Koordinatorlar_faoliyati
Filial yoshlar ittifoqi hamkor tashkilotlar bilan faoliyat olib bormoqda...
       Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar ongida vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini shakllantirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Kattaqo'rg'on garnizonidagi harbiy qism bilan imzolangan hamkorlik memorandum asosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari, Zakovat intellektual musobaqasida filial talabalari faol ishtirok etib "ADOLAT" jamoasi 16 ta jamoa oʻrtasida boʻlib oʻtgan intregaga boy oʻyinda faxirli 🥈 oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bu bilan jamoa aʼzolarini tabriklaymiz .
Siz ham keling , oʻyinda ishtrok eting....
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook