SamDUKF Yoshlar ittifoqi
835 subscribers
5.96K photos
616 videos
123 files
1.35K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#KITOB_TAQDIMOTI
#SAMDU_KF

HAR BIR INSONNI O'Z-O'ZINI TAFTISH QILISHGA CHAQIRADIGAN ASAR!

Kitoblar ko'p, ayniqsa, texnologiya tobora rivoj topayotgan bugungi kunda kitob chop ettirish, uni kitobxonga yetkazish har doimgidan yengil yumush.

Biroq, qo'lga olib, bir boshlagandan tugatmaguningizgacha qo'ldan qo'ygingiz kelmaydiganlari sanoqli. Ijodkor jurnalist Hamidulla Xushvaqtovning "O'ZINGIZGA VIJDON SOTIB OLING!" nomli asari ana shunday kitoblardan biri, desak bu kitobni mutolaa qilib ulgurganlar fikrimizni tasdiqlaydi.

SamDU Kattaqo'rg'on filialida ushbu kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda kitob muallifi Hamidulla Xushvaqtov, filial direktorining birinchi o'rinbosari Sh.Mustafayev, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov, dekan o'rinbosari J.Abduraxmonov hamda filial professor-o'qituvchilari, koordniatorlar va talabalar qatnashdi. Ustozlar, talaba yoshlar asar haqida, muallifning ijodiy faoliyati haqida to'xtalib o'tishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalik_bahori
#yosh_kitobxon
#koordinatorlar_faoliyati

Maʼlumki, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanloviga start berilgani toʻgʻrisida e'lon berilgan edi. Bugun, 13-aprel kuni filial kutubxonasida ushbu tanlovning 2-sharti ya'ni "Savol-javob sharti boʻyicha "Pedagogika va tillarni oʻqitish" fakulteti bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovni filial Besh tashabbus loyihalar koordinatori S.Samadova va Intellektual loyihalar koordinatori S.Toshtemirovalar barcha jamoalarga shartlarni batafsil tushuntirgan holda tanlovning shaffof tarzda o'tkazilishini nazoratga olib borishdi.

Tanlovning har ikkala shartida ham faol qatnashib, filial bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan quyidagi jamoalar bilan tanishing:
"Aks-sado" jamoasi - 1-oʻrin;
"Turkiston" jamoasi - 2-oʻrin;
"Yuksalish" jamoasi - 3-oʻrin.

Tanlovning filial bosqichida ham faol ishtirok etishni unutmang!
#Tyutor_faoliyati

TYUTORLAR OTM FAOLIYATINING ASOSIY "GENERATORI"GA AYLANMOQDA

Talabaning darsdagi va undan keyingi bo‘sh vaqti, davomadi nazorati, o‘zlashtirishi, orzu-umidlari va qiziqishlari, muammoli holatlari, yashash sharoiti, ularning ota-onalari bilan doimiy hamkorlik... Bu oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar nazoratidagi muhim vazifalardandir.

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti O‘zga tilli guruhlarda rus tili 1-, 2- va 3-kurslardagi 7 ta guruhning 163 nafar talabasi menga biriktirilgan. Faoliyatimning dastlabki kunlaridan yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar nuqtayi nazaridan ish boshladim...

Batafsil bu yerda: 👇
telegra.ph/tyutor-ziyatov-04-13