SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.17K subscribers
6.49K photos
690 videos
138 files
1.5K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Forwarded from SamDU Kattaqo'rg'on filiali ||Rasmiy kanal (Xolbo'ta Xo'janov)
#YOSHLAR_OYLIGI_DOIRASIDA
#YANGI_KONSTITUTSIYA_

🇺🇿 Joriy yilning 21-iyun sanasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida "Yangi Konstitutsiya targ'iboti" tadbiri tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti yetakchisi J.Abduraxmonov va “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, PhD J.Quchqorov tomonidan qonunchiligimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida talabalarga ma'lumotlar berildi.
Tadbirda filial profilaktika inspektori E.Baxriyev, Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari A.Jabborov va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir so'ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

SamDU Kattaqo’rg’on filiali
Axborot xizmati
#AYNI_PAYTDA
#YOSHLAR_OYLIGI

YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA "DIREKTOR KUBOGI" MUSOBAQASI O'TKAZILMOQDA

SamDU Kattaqo'rg'on filialida "Yoshlar oyligi" doirasida "Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida filial direktori Sh.Urakov mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar ta'lim-tarbiyasi, iqtidorini qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga to'xtalib, barcha talabalarga omad tiladi.

Mini-futbol boshlandi. Ishtirokchilar 9 ta jamoa bo‘lib, qur'a tashlash orqali maydonga tushishmoqda. Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining Sport faoliyati va O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishlari talabalaridan iborat jamoalari musobaqani boshlab berdi.
#futbol
#Yoshlar_oyligi
#Direktor_kubogi

🏆 “DIREKTOR KUBOGI”NING G'OLIBI ANIQ

⚽️ Joriy yilning 22-iyun kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” sport musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqa qizg'in bahs-munozalarga boy bo'ldi.

⛳️Musobaqa yakuniga koʻra, quyidagi natijalar qayd etildii:

🏆 1-oʻrin- Yosh biznesmenlar jamoasi (Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti)
🥳 2-oʻrin- O‘zbek polvonlari  jamoasi (Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti)
🥳 3-oʻrin- Respect jamoasi (Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti)
Forwarded from Temur Poyonov️️ (𝐊𝐚𝐫𝐢𝐦𝐛𝐞𝐤 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐩𝐨'𝐥𝐚𝐭𝐨𝐯)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev:

"—Yoshlar mani eng katta ishonchim, qudratim, kelajagim va suyanchim! deb aytaman. Bu haqiqatdan shunday."

#Mirziyoyev #yoshlar #maqsadimizbir

🕊TemurPoyonovv |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Tuzilma.uz (Abdiyeva Gulmira)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Markaziy Kengash raisi Yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

🙋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib, Samarqand viloyatidagi barcha oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari hamda yo‘nalish va fakultet koordinatorlari bilan uchrashdi.

#yoshlaroyligi #uchrashuv #yoshlarittifoqi

🇺🇿 Ijtimoiy sahifalarimiz👇
Telegram | 📸 Instagram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RUSTAM XOLMURODOV: SOG‘LOM O‘QUV VA ILMIY MUHIT YARATISH - ENG MUHIM VAZIFA!

Bugun, 23-iyun kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘lib, filial jamoasi, professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

R.Xolmurodov yurtimizda ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, bu kelgusida zamonaviy bilimga, malaka va tajribaga ega kadrlar tayyorlash, tizimdagi qator muammolarga yechim bo‘lishiga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.

Filial faoliyatida yuqori natijaga erishish uchun o‘quv va ilmiy yo‘nalishda sog‘lom, korrupsiyadan xoli, xalqaro tajribalarga asoslangan muhit shakllantirish asosiy vazifa ekanligini qayd etdi. Sifatli ta'lim, mustaqil ta'limni to‘g‘ri tashkil qilish va imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta'minlash bo‘yicha tavsiyalarini berdi.
R. Xolmurodov filialning yangi o‘quv binosi, talabalar turar joyi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.