Samarqand davlat pedagogika instituti
8.44K subscribers
34.4K photos
2.85K videos
81 files
11.6K links
Samarqand davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

🌐 Rasmiy sayt: samdpi.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 SamDPIda “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarining 2-kuni o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda institutning 5 yilligi munosabati bilan ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” sport musobaqasining 2-kuni tashkil etildi.


Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍8👏2🎉1🕊1
Forwarded from Edu.uz
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.


🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.

🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Tabrik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda Samarqand davlat pedagogika institutining 5 yillik yubileyi muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏4🕊3
Forwarded from Shahzoda Negmatova
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
 
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
 
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
 
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
 
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.

 

Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,

– dedi Prezidentimiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏4🔥1
Forwarded from Shahzoda Negmatova
Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.
 
Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
 
Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.
 
Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.
 
Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.
 
– Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,

– dedi Prezidentimiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏4🔥1
Forwarded from Shahzoda Negmatova
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
 
AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
 
Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.
 
– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,

– dedi davlatimiz rahbari.
 
Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4💯31🔥1
Forwarded from Shahzoda Negmatova
– Bizning eng katta boyligimiz – ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlaridir,

– dedi davlatimiz rahbari.
 
Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda.
 
Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi.
 
Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi.
 
Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi.
 
– Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!

– deya yoshlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏4🔥1
Forwarded from Shahzoda Negmatova
Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi.
 
– Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi,

– dedi davlatimiz rahbari.
 
Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi.
 
Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi.
 
Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan.
 
Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32👍1🔥1
Forwarded from Shahzoda Negmatova
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
 
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi.
 
Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.
 
– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi,

– dedi Prezidentimiz.
 
Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1
❗️❗️❗️❗️❗️✍️✍️✍️✍️✍️

Samarqand davlat pedagogika institutida bo‘sh professor-o‘qituvchi lavozimlariga nomzodlar uchun o‘tkazilgan test sinovlarida yuqori natija qayd etgan nomzodlar bilan suhbat bosqichi o‘tkazilmoqda.


➡️ Jarayonlar adolat, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida, tegishli bo‘limlar nazorati ostida belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilmoqda.

Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏52🔥1
Forwarded from Shahzoda Negmatova
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇲🇾

Samarqand davlat pedagogika instituti va Malayziyaning Kollej Poly-Tech MARA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


➡️ Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Malayziyaning Kollej Poly-Tech MARA (KPTM) delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilg‘or tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida akademik mobillikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, shuningdek, xorijiy tillar va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.


➡️ Muzokaralar yakunida Samarqand davlat pedagogika instituti va Kollej Poly-Tech MARA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👏2😍1