Samarqand davlat pedagogika instituti
7.43K subscribers
33.7K photos
2.71K videos
77 files
11.2K links
Samarqand davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

🌐 Rasmiy sayt: samdpi.uz
Download Telegram
🎓 SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQARO QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI BO‘YICHA QABUL BOSHLANDI

Samarqand davlat pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi.


🇰🇷 Janubiy Koreya – International University of Teaching Languages

Qo‘shma magistratura dasturi


Mutaxassislik: Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Ta’lim tili: ingliz tili;
Ta’lim shakli: kunduzgi;
O‘qish modeli: 1 yil SamDPI + 1 yil Janubiy Koreyada;
Diplom: ikki oliy ta’lim muassasasi diplomi;
Qabul kvotasi: 10 nafar (to‘lov-kontrakt asosida);
Talab: ingliz tilini kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat.

🇧🇾 Belarus davlat pedagogika universiteti

Qo‘shma bakalavr dasturi


Ta’lim yo‘nalishi: Boshlang‘ich ta’lim
O‘qish modeli: 3 yil SamDPI + 1 yil Belarusda;
Ta’lim tili: rus tili;
Ta’lim shakli: gibrid (onlayn va oflayn);
Diplom: ikki oliy ta’lim muassasasi diplomi.

Qo‘shma magistratura dasturi


Mutaxassislik: Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)
O‘qish modeli: 1 yil SamDPI + 1 yil Belarusda;
Ta’lim tili: rus tili;
Ta’lim shakli: gibrid (onlayn va oflayn);
Diplom: ikki oliy ta’lim muassasasi diplomi.

Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari


Xalqaro ta’lim standartlari asosida tahsil olish;
Ikki oliy ta’lim muassasasining diplomiga ega bo‘lish;
Xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida zamonaviy ta’lim muhitida bilim olish;
Xalqaro tajribaga ega, zamonaviy va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkoniyati.

Magistratura dasturida ish faoliyatini ta’lim bilan uyg‘unlashtirish imkonini beruvchi gibrid ta’lim shakli.

Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari, hamkor oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari haqida batafsil ma’lumot olish hamda hujjatlaringizni topshirish uchun quyidagi havolaga o‘ting:

➡️ tanlov.samdpi.uz

Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
Forwarded from Edu.uz
TUZATISH❗️

Adliya vazirligidan ro‘yxatidan o‘tkazilgan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatga muvofiq xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili fanlaridan B1 darajadagi sertifikatlarga ega talabgorlarga bakalavriatning fanlar majmuasidagi fanlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Sertifikat darajasiga ko‘ra ball taqsimoti:

B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi;

B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3
🟦🟦🟦

Pastdarg‘om tumani "Qorovultepa" mahallasidagi 66-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchisi, ayni paytda Samarqand davlat pedagogika instituti Yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Po‘lat Ergashev "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


🏅 Mukofot Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev tomonidan Vatan ravnaqi, yoshlar siyosatini rivojlantirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan tashabbuskor yoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida topshirildi.

Ushbu yuksak e’tirof Po‘lat Ergashevning yoshlar bilan ishlashdagi samarali faoliyati, tashabbuskorligi va fidokorona mehnatining munosib e’tirofi bo‘ldi.

Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍6😍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанд давлат педагогика институтида касбий (ижодий) имтиҳонлар шаффофлик тамойиллари асосида ўтказилмоқда



Телеграм каналларимиз
🔥3👍2💯1
Forwarded from Shahzoda Negmatova
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

📌 Samarqand davlat pedagogika institutining 5 ta ta’lim dasturi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:


Bakalavriat:
Sun’iy intellekt
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Sport faoliyati: voleybol
Sport faoliyati: kurash

Magistratura:
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Akkreditatsiya jarayonlari mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat 11 nafar ekspert ishtirokida amalga oshirildi. Ularning 5 nafari xorijiy ekspertlar hisoblanadi.


Mazkur natija institutda ta’lim sifati xalqaro talablarga muvofiq ravishda tashkil etilayotgani hamda ta’lim dasturlarining yuqori darajada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍243👏3🏆3🔥2
#Ijodiy_imtihon #3_kun_natijalari

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

Samarqand davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida 15-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 3-kun natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar quyidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihon natijalari qaydnomalari bilan tanishishlari mumkin:

Jismoniy madaniyat – yuklab olish (PDF)


🔗 Batafsil: https://samdpi.uz/uz/news/events/188/

Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #SamDPI
#Qabul_2026 | #Ijodiy_imtihon #4_kun

Samarqand davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kuniga start berildi

Imtihonlarning ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida barcha jarayonlar onlayn translyatsiya orqali yoritilmoqda.


🔴 Jonli efir: live.samdpi.uz

🗣 Hurmatli abituriyentlar! Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan sana va vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.

Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Forwarded from Edu.uz
#soʻragan_edingiz

O‘qishni ko‘chirishda qaysi milliy va xalqaro sertifikatlar uchun tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi?


Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda quyidagi sertifikatlarga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi:

▪️Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar;
▪️
Chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar.;

✳️ Xalqaro sertifikatlar:

▪️ “A Level” (kimyo, matematika, biologiya, fizika fanlari)“B” va undan yuqori daraja;

✔️ Chet tili sertifikatlari (B2 va undan yuqori daraja):

ingliz tili — ELTS (5.5+), TOEFL iBT (72+), Cambridge Exams, Linguaskill, iTEP;
nemis tili — TestDAF, DSD, Goethe-Zertifikat;
fransuz tili — DELF/DALF, Test de Connaissance du Français (TCF);
ispan tili — DELE, SIELE;
turk tili — TYS;
koreys tili — TOPIK II;
arab tili — AT Tanal Al Arabi;
xitoy tili — HSK.

‼️Muhim: Milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa ariza topshirish jarayonida elektron shaklda yuklanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #SamDPI
#Qabul_2026 #Ijodiy_imtihon
#4_kun #NO_COMMENT

Samarqand davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kuni davom etmoqda

Jismoniy madaniyat


Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

BIRINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI

📆 2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #SamDPI
#Qabul_2026 #Ijodiy_imtihon
#4_kun

Samarqand davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kuni davom etmoqda

📸FOTOREPORTAJ:
Jismoniy madaniyat (qizlar)


Bizni kuzating

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥2