STUDENTS UNION | PDP UNIVERSITY
750 subscribers
242 photos
92 videos
19 files
114 links
Welcome to the official channel of PDP STUDENTS

Instagram: https://instagram.com/students.pdp
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MVP haftaligi boshlandi!

⚡️ Barchamiz bilgan PDP Ideathon'ning navbatdagi eng muhim haftalaridan bo'lgan, MVP haftaligiga rasman start berildi.

Ushbu video orqali umumiy jarayon bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

🫡 Barcha ishtirok etayotgan jamoalarga o'z loyihalarini yaratishlarida omad tilaymiz!

@STUDENTS_PDP
🔥42🤔2👀2
🎓 Assalomu alaykum, PDP UNIVERSITY talabalari!

🎉 Siz dunyo taomlariga, tarixiga qiziqasizmi? Unda ushbu "International Food Festival" aynan siz uchun!


🤩 Boshqa mamlakatni ifodalovchi jonli va gavjum festival muhitida sayr qilayotganingizni tasavvur qiling. Siz Italiya, Xitoy, Yaponiya, Frantsiya, Meksika va boshqa ko'plab joylardan taomlarni tatib ko'rish imkoniga ega bo'lasiz. Sushi, kartoshka, makaron va tako kabi mazali taomlardan tortib mazali desertlar va shirinliklargacha…

🔰 Festival davomida siz nafaqat xalqaro lazzatlardan bahramand bo'lasiz, balki har bir mamlakatning boy madaniy merosiga sho'ng'ish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Ishtirokchilar o‘zlarining milliy liboslarini g‘urur bilan namoyish etib, o‘zlarining noyob moda an’analari bilan tanishtiradi. Siz ularning an'anaviy kiyimlarini o'ziga xos qiladigan murakkab dizaynlar, jonli ranglar va o'ziga xos uslublarni kuzatish imkoniga ega bo'lasiz.


🚀 Hey do’stim bu festival sizni qiziqtiryaptimi? Unda Juma kuni soat 14:00 da Universitetga tashrif buyuring!
O'zingizga qiziqish, ishtaha va sarguzasht ruhini olib kelishni unutmang. Sizni tez orada "International Food Festival" da ko'rishni intiqlik bilan kutamiz!

@STUDENTS_PDP
👍5🤯21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 PDP University shijoatli talabalari har sohada uddaburon!

🤩 Bugun PDP Universityda "International Food Festival" ya’ni “Chayhana day” festivali ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi!

🚀 Universitet talabalari boshqa davlatni ifodalovchi jonli va gavjum festival muhitida sayr qilishdi. Sushi, kartoshka, osh, makaron, va antiqa mazali taomlardan tortib mazali desert, shirinliklargacha odamni o’ziga jalb qildi! Festivalda 14 ta davlat ishtirok etishdi. Ular orasida Italiya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Meksika, Turkiya va yana ko'plab davlatlar mavjud edi. Talabalar taomlarni tatib ko’rishdi hamda davlatlarning madaniy merosi va tarixi bilan tanishdilar.

🎓 Bu festivalda sizga qaysi davlat manzur keldi? Siz ham o’zingizga qo’shimcha bilim va adrenalin oldingizmi? Festival haqida fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!


@STUDENTS_PDP
❤‍🔥9🔥6🤯53👍3🤔2😁1🏆1👀1
Forwarded from PDP Academy
#guest_lecture

🔥 PDP University campusida ‘guest lecture’lar ketma-ketligi bilan tanishing!

Talabalar va markazimiz oʻquvchilarining har taraflama o’sishlari va rivojlanishlarida, amaliy natija koʻrsatishlarida yordam bera oladigan maxsus mehmonlarimiz o’zlari egallagan bilimlarini ulashish uchun universitetimizga tashrif buyurishmoqda.

5-dekabr, 13:00 da:
Spiker: Bobur Akilkhanov (Jafton.com, Missed.com kompaniyalari rahbari) - “Sun’iy intellekt va IT”

8-dekabr, 18:00 da:
Spiker: Shokir Shukurbayev (Hip-hop artist, notiqlik san’ati ustozi) - “Qo’rqmasdan gapirish sirlari”

❗️
Ro'yxatdan oʻtish uchun havola va qo'shimcha maʼlumotlar, tez orada instagram storis va telegram kanallarda yuklaniladi!

PDP Academy o’quvchilarini ham ‘Guest lecture’larda kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | YouTube
🔥11👍82
Guruh bosqich o'yinlari yakunlandi!

⚡️ PDP University talabalari uchun tashkil etilgan futbol musobaqamizning guruh bosqichining 3-turidan so'ng guruhlardagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin!

Tez orada keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar va to'purarlar ro'yxati e'lon qilinadi!

@STUDENTS_PDP
🔥51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 PDP Universiteti talabalari uchun bugun o’zgacha tajriba va bilimlar kuni bo’ldi…

🔥 PDP Universitetida O'zbekiston IT olamidagi taniqli, Jafton.com, Missed.com va boshqa bir qator loyihalar asoschisi - Bobur Akilkhanov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi!

⚡️ Bobur Akilkhanov bilan o'tgan uchrashuvimiz bizning PDP universitetimizning talabalari uchun ajoyib bir tajriba bo'ldi hamda talabalarimiz uchun ilhomlantiruvchi va motivatsiya manbai bo'ldi. O'zbekiston IT sohasidagi eng zamonaviy loyihalar haqida foydali ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Bobur Akilkhanovning tajribalaridan foydalanish imkoniyati bizning talabalarimizning o'zlarini IT sohasida rivojlantirishlariga yordam beradi.


🚀 Umid qilamizki, talabalar ushbu uchrashuvdan keyin o’zlarini loyihalarini o'ziga xos g'oyalar va innovatsion yondashuvlar bilan kengaytirishadi!

@STUDENTS_PDP
104👍1
📣 Diqqat, PDP University "olovli" talabalari!🎓

🤩 Ertaga PDP Universiteti talabalari uchun Konstitutsiya kuni munosabati bilan o’zgacha tadbir bo’lib o’tadi hamda "International Food Festival" ya’ni “Chayhana day” festivalining taqdirlash marosimi ham bo’lib o’tadi!

💼 Tadbir davomida:

- Konstitutsiyamizning muhim qoidalar haqida;
- O'z erkinlik va huquqlaringizni tushunib, ularga e'tibor qaratish;
- Konstitutsiyadagi muhim masalalarni o'zaro bahslashish va fikrlar almashish imkoniyati;
- Turli xil savol-javoblar, o'yinlar va ko'plab loyihalar bo'lishi kutilmoqda…


🔥 Tadbir ertaga soat 13:00 da PDP Event zone da bo’lib o’tadi!

🎁 Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarni sirli sovg’alar kutmoqda! Barcha talabalarni kutib qolamiz!

@STUDENTS_PDP
6👍2
🎓 Assalomu alaykum, PDP Universiteti talabalari!

🤩 PDP Universiteti talabalari maroqli dam olishlari uchun kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan “Snow Party” o’zgacha bayrami tashkil etilmoqda.

⚡️ “Snow Party” da sizni unutilmas hamda o’zgacha voqealar, qiziqarli o’yinlar Yangi yilga xos ovqatlar va ichimliklar, mazzali shirinliklar, eksklyuziv musiqa va DJ tomoshalar, qo'shimcha surprizlar va sovg'alar hamda sirli mehmonlar kutmoqda…

🚀 O’tkazilish joyi va kuni;
Joy : Hangar by Oila
Sana : 21.12.2023
Vaqt : 17:00

📌 Bilet narxi : 200.000 so’m. Joylar soni chegaralangan! Birinchi 100 ta odamga SOVG'A beriladi!

😎 Dress code : Oq (Oq kiyimda kelish tavsiya qilinadi)

🎁 Murojaat uchun link:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfGCaqxsOLsJo4h_g43MjBmo_7uC33uMTKsjOtnrXszMkg-vw/viewform?usp=sf_link

🌟 Bizning maqsadimiz, sizni o'z hayotingizning eng chiroyli kunida, qish sovug'i ostida o'zingizni xursand his qilib o'tkazishga imkon berishdir. Barcha “olovli” talabalarni kutib qolamiz!
🔥8❤‍🔥21
Live stream finished (14 minutes)
🎓 PDP Universitetining PUBG ishqibozlari siz kutgan kun keldi!

🔥 PDP Universiteti talabalari uchun Kibersportning PUBG yo’nalishi bo’yicha turnir boshlandi! Iqtidorli jamoalarimiz o‘z ishtiyoqini va universitetimiz jamoasida birdamligini namoyish etib, kuch sinashadi.

📌 Turnirda qatnashish uchun:
• Talabalar 4 kishidan iborat jamoa tuzishligi,  (Har bir guruhdan eng kamisa 3tagacha jamoa ishtirok etishlari mumkin)
• Tuzilgan jamoa bilan 17-dekabr, soat  00:00 gacha bo'lgan vaqt mobaynida shu manzildan ro'yxatdan o'tishlari lozim.

🤩 Bu imkoniyatdan unumli foydalanib qoling! Bunaqa imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi!

📝Ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc-JIlvsXtTpDwX_jvrrhLe1aUDncAm1PRxuhbg3ld48KYuwg/viewform?usp=sf_link
👍91🔥1🤔1
PUBG NIZOM.docx
11.7 KB
Ushbu fayl orqali PUBG turniring nizomi bilan tanishishingiz mumkin
1
❄️ PDP Universiteti Students Union jamoasi Yangi Yil bayrami bilan barcha talabalarimizni muborakbod etadi!

☃️ 2024-yil yangi texnologik choʻqqilar, yorqin gʻoyalar va muvaffaqiyatli loyihalar yili boʻlsin, har bir lahza esa ilhom va kiber-muvaffaqiyatlarga to’la bo’lsin! Xonadoningizda sihat-salomatlik, tinchlik xotirjamlik hech qachon tark etmasin.


🎄 Eng yaxshi tilaklar bilan, Students Union jamoasi!

@STUDENTS_PDP
🎉11❤‍🔥5🤓52👍2👌2👻21🔥1😁1
Assalomu alaykum.
Mohirdev IT kompaniyasi rus tilidan oʻzbek tiliga bemalol matn oʻgira oladigan tarjimonlarni izlayapti.

Talablar:
– x va h ni ajrata olishi;
– qachon -ni, qachon esa -ning yozilishini bilishi;
– aeroportni tayyoragoh deb tarjima qilMAsligi kerak.

Toʻlov – soʻzbay, yaʼni nechta soʻz tarjima qilinsa shunga koʻra haq toʻlanadi.
Taʼlim sifatiga hissa qoʻshish siz uchun qiziq boʻlsa, iltimos, shu 👉🏻 formani toʻldiring.

@STUDENTS_PDP
😁8👍43
Vishlistlarni toʻldirishni boshlash kerak.

Talabalar! Yangi yil ham kirib keldi, rejalar va maqsadlar hammada bir olam. MohirDev kompaniyasi yilni nafaqat yangi bilimlar, balki yangi daromad bilan boshlash imkoniyatini bermoqchi.

Nimani taklif qilamiz:
– Qulay ish tartibi: xohlang oʻqishdan keyin ishlang, xohlang boʻsh vaqtingizda. Tanlov sizdan!
– Adolatli toʻlov: mehnatingiz qadrsiz qolmaydi, koʻp ishlansangiz, koʻp topasiz;
– Tajriba: rezyumengizni boyitadigan amaliy ish tajribasiga ega boʻlasiz.

Vazifalaringiz:
– Lidlarni qayta ishlash;
– Kelishuvlarni yopish.

Qanday boshlaysiz:
Qisqa formani toʻldiring, u oʻzbek tilida. Javoblaringizdan kelib chiqib tafsilotlarini gaplashish uchun siz bilan bogʻlanamiz.

@STUDENTS_PDP
👍61❤‍🔥1