Saida Mirziyoyeva
32.7K subscribers
2K photos
293 videos
134 links
Download Telegram
Bugun AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori ko‘rsatkichlar uchun emas, balki e’tiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga ko‘targan holda amalga oshirayotgani ta’kidlandi.

Biz xalqaro savdo tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish niyatidamiz va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishda AQSh ko‘magiga tayanamiz.


Сегодня у нас состоялась встреча с торговым представителем США Кэтрин Тай.

Было подчёркнуто, что Узбекистан привержен осуществлению экономических реформ и проводит политику, ставящую во главу угла процветание и благополучие народа, а не просто впечатляющую статистику.

Мы намерены стать полноправным участником международной торговли и рассчитываем на содействие США в ускорении принятия Узбекистана в ВТО.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Barchangizni Qurbon hayiti bilan tabriklayman! Eng ezgu niyatlar ijobatini tilayman!

Yaratgan qalbingizni quvonchga toʻldirsin, ofiyat, halovat, fayz-barakot ato etsin!

Ulug‘ ayyom muborak boʻlsin! 🤲🏻


Дорогие узбекистанцы! В светлый праздник Курбан хайит примите самые тёплые пожелания!

Пусть Всевышний наполнит вашу душу смирением и добродетелью и услышит все просьбы.

C Великим праздником Вас! 🤲🏻
😍♥️🙏
Bugun Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdik.

Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildik. Xalqlarimizni bir-biriga yaqinlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rishga kelishib oldik.

-

Сегодня у нас состоялась встреча с Послом Республики Казахстан в Республике Узбекистан Бейбутом Атамкуловым.

Обсудили возможности для укрепления культурных и исторических связей двух стран. Договорились прилагать ещё больше усилий для сближения наших народов.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yolgʻon xabarlarga, dezinformatsiyaga qarshi kurash milliy xavfsizlikni taʼminlashning ustuvor vazifalaridan biriga aylangan bugungi kunda OAV xodimlarining professionalizmi va masʼuliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Barcha ommaviy axborot vositalari  vakillarini kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman.

Jamiyatga haqiqatni yetkazishdek, yurtimizda soʻz erkinligini himoya qilishdek muhim ishingizda muvaffaqiyat tilayman!

-

В наше время, когда борьба с фейковыми новостями и дезинформацией стала одним из приоритетов в обеспечении национальной безопасности, профессионализм и ответственность работников СМИ приобретают особую значимость.

Я поздравляю всех представителей средств массовой информации с профессиональным праздником!

Желаю вам успехов в самой важной для вас работе — доносить правду до общества и быть на страже свободы слова в нашей стране!
Bugun Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdik.

Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildik.

Xususan, afg‘onistonlik qizlarni Termiz shahrida o‘qitish loyihasi, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Qatarning yetakchi universitetlarida tahsil olish boʻyicha grant o‘rinlarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

_

Сегодня у нас состоялась встреча с послом Катара в Узбекистане Хасаном Хамзой Хашимом.

Мы обсудили вопросы дальнейшего расширения сотрудничества между нашими странами, в том числе реализацию совместных проектов в области образования и культуры.

Особо хотелось бы отметить проект по обучению афганских девушек в городе Термезе, а также увеличение грантовых мест для студентов из Узбекистана на обучение в ведущих университетах Катара.
Bugun mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlayotgan Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel bilan uchrashdik.

Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini, ilg‘or tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

-

Сегодня у нас прошла встреча с послом Израиля в Узбекистане Зеавит Бен-Хиллель, которая завершает свою миссию в нашей стране.

Мы высоко ценим её огромный вклад в развитие отношений между нашими государствами, активное сотрудничество и интересные инициативы, а также желаем успехов в дальнейшей деятельности.
Kecha @acdfuz tomonidan Tashkent City Mall markazida tashkil qilingan «Jadidlar. Turkistonga maktublar» koʻrgazmasiga bordim.

Qisqa umr ko'rgan bo'lishiga qaramay, ilm-fanni va xalqimiz madaniyatini rivojlantirish yoʻlida katta ishlar qilishga ulgurgan 73 nafar talaba-jadid taqdiri menga juda taʼsir qildi.

Millatimiz uchun iftixor tuygʻusi mana shunday hikoyalarda tarbiyalanadi 🙏🏼

-

Вчера я посетила выставку «Джадиды. Письма в Туркестан» в Tashkent City Mall, организованную @acdfuz.

Меня впечатлила история 73 туркестанских студентов-джадидов, которые за свою недолгую жизнь многое сделали для развития науки и культуры нашего народа.

На таких примерах воспитывается гордость за нацию🙏🏼
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Jadidlar. Turkistonga maktublar» multimedia koʻrgazmasi

-

Мультимедийная выставка «Джадиды. Письма в Туркестан»
Men uchun har doim, har bir ishda – qatʼiyatda, mehnatsevarlikda, adolatda oʻrnak boʻlib kelayotgan inson.

Tugʻilgan kuningiz bilan, dadajon!🙏🏼

-

Человек, который всегда является примером для меня во всём: в стойкости характера, в трудолюбии, в справедливости.

С днём рождения, папочка!🙏🏼
Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi! 🥇

Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O’zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o’yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo’yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.

Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir!

Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi! 🇺🇿
-

Сегодня весь Узбекистан и меня переполняет радость — первая золотая медаль на Олимпиаде в Париже! 🥇

Первое «золото», завоёванное нашими спортсменками на летних олимпийских играх и первая золотая медаль в истории Узбекистана по дзюдо!

Блестящая победа Диёры Келдиёровой, её триумф — это мотивация для многих девочек, которые упорно занимаются в спортивных секциях и мечтают о самых высоких результатах!

Диёра, вся страна гордится Вами! 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozog'iston, biz siz tomon yo'l olyapmiz!

-

Казахстан, мы едем к вам!