Saida Mirziyoyeva
29.9K subscribers
1.83K photos
261 videos
133 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har safar may oyida Jizzaxdagi litseyda o‘qigan yillarim, u yerdagi so‘nggi qo‘ng‘iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshiyevani ko‘rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga yetdim – jonajon litseyimga bordim, ustozim bilan ko‘rishdim.

Rosa sog‘ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda o‘qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo‘ldim. Eng shirin xotiralarim uyg‘ondi.

Hayotda o‘z o‘rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko‘rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi.

-

Конец мая всегда на меня навевает воспоминания о лицее в родном Джизаке, о «Последнем звонке», и хочется снова увидеть моего любимого куратора Зухру Зиятовну Яхшиеву. И в этом году мне это удалось.

Мы встретились и тепло пообщались, вспомнили наши лицейские годы, посмотрели архивные фотографии и даже сходили в бывший лицей, который теперь стал школой. Было приятно вернуться в эти стены, полные воспоминаний.

Эта встреча напомнила мне, как важно поддерживать общение с людьми, которые сыграли значимую роль в нашей жизни, и как ценно делиться с ними радостными моментами и переживаниями.
Bugun O‘zbekistonning barcha maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi.

Barcha ustozlar va o‘quvchilarni o‘quv yilining yakuni bilan tabriklayman! Katta hayot ostonasida turgan bitiruvchilarga omad tilayman.

Har bir shogirdining yorqin kelajagi uchun beqiyos hissa qo'shayotgan o‘qituvchi va murabbiylarga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman. Sizning mehnatingiz qanot bag‘ishlaydi!

-
Сегодня во всех школах Узбекистана прозвенел последний звонок.

Поздравляю учителей и учеников с окончанием учебного года! Желаю выпускникам успехов на новом жизненном этапе.

От всего сердца благодарю учителей и наставников за их неоценимый вклад в будущее каждого ученика. Ваш труд вдохновляет!
Kecha Milliy kino saroyida Prezidentimiz tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Film Ashtarxoniylar davrida (XVII asr) yashab oʻtgan buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi, dunyoga mashhur Registon maydonining asoschisi Amir Bahodir Yalangtoʻshga bagʻishlangan. Unda fidoyi ajdodimizning hayoti, siyosiy faoliyati, qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.

Filmni tomosha qilar ekanman, ulugʻ Amir Yalangtoʻshning hayot yoʻli barchaga, xususan yoshlarimizga haqiqiy ibratdir, degan oʻy xayolimdan oʻtdi.

Jahongir Ahmedov boshchiligidagi ijodiy guruhning oldiga kino orqali tariximizni dunyoga yanada tanitish, xalqimizning milliy gʻururini koʻtarish kabi ezgu vazifalar qoʻyilgan edi. Nazarimda, “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi bu masʼuliyatli missiyani bajara oladi.

Film ijodkorlarini samimiy tabriklayman.


Вчера во Дворце кино состоялась премьера художественно-исторического фильма «Баходыр Ялангтош», снятого по инициативе Президента.

Картина посвящена Амиру Баходиру Ялангтoшу, великому полководцу, жившему в период Аштарханидов (XVII век), покровителю наук и основателю всемирно известной площади Регистан. Это рассказ о нашем самоотверженном предке, его жизни, политической деятельности и героических поступках.

Во время просмотра фильма я подумала, что жизненный путь  Амира Ялангтоша является настоящим примером для многих из нас, особенно для молодёжи.

Перед творческим коллективом во главе с режиссёром Джахонгиром Ахмедовым были поставлены большие задачи: донести до мира нашу историю посредством кинематографа и привить нынешнему поколению  чувство гордости за неё. На мой взгляд, фильму «Баходир Ялангтош» удастся  выполнить эту ответственную миссию.

Я искренне поздравляю всех причастных.
Bugun Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik bilan uchrashdik.

Suhbat davomida 2025-yilda Samarqand shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi hamda О‘zbekiston va ICESCO o‘rtasidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

-

Сегодня у нас состоялась встреча с Генеральным директором Исламской организации образования, науки и культуры (ИСЕСКО) Салимом аль-Маликом.

Мы обсудили перспективы сотрудничества между Узбекистаном и ИСЕСКО в рамках признания  Самарканда культурной столицей исламского мира в 2025 году.