SIRDARYO-SO‘X ITHB matbuot xizmati
124 subscribers
1.65K photos
181 videos
17 files
155 links
🇺🇿 SIRDARYO-SO'X IRRIGATSIYA TIZIMLARI HAVZA BOSHQARMASI 📝rasmiy telegram kanali

🏛️ manzil: 150105, Farg'ona shahar,
Al-Farg'oniy ko'chasi-72

☎️ +998 73 244-67-83

📩 e-mail: sirdaryosuh@exat.uz.
fv.havza@minwater.uz
Download Telegram
Yerlarning tanazzulga uchrashi insoniyatning eng jiddiy ekologik muammolaridan biri bo‘lib, undan Yer yuzidagi quruqlikning 40 foizi va 3,2 milliard kishi aziyat chekmoqda.

Markaziy Osiyoda umumiy yer maydonining qariyb 37 foizi degradatsiyaga uchragan bo‘lib, bu oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslari va iqlim barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 26 foizga yetgan: sho‘rlanish darajasi ortmoqda, tuproqdagi gumus miqdori va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi kamaymoqda.

Muammoning jahon miqyosidagi dolzarbligini hisobga olib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va "Zamin" fondi ko‘magida "Ona Yer nidosi" hujjatli filmi suratga olindi va 4-dekabr kuni Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar doirasida FAOning Italiyadagi Bosh qarorgohida ilk bor jamoatchilikka namoyish etildi.

O‘zbekistonda ushbu filmning premyerasi "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamda Davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi. Bu film kamdan-kam hollarda kadrda ko‘rinadigan, ammo har kuni yer bilan ishlaydigan odamlar — fermerlar, agronomlar, olimlar haqida.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi talabalar bilan samimiy suhbatda tuproq degradatsiyasi muammolarini muhokama qildi, bo‘lajak mutaxassislarning g‘oya va takliflarini diqqat bilan tinglab, ekologik jarayonlar mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligi uchun qanchalik xavfli ekanini ta’kidladi.

Ziroat Mirziyoyeva eko-maktab o‘quvchilari va talabalar bilan birgalikda tuproqning qadr-qimmati, uni dehqonlarning ko‘p asrlik tajribasi, barqaror amaliyotlar va ilg‘or texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali asrab-avaylash bo‘yicha fermer va olimlarning sa’y-harakatlari haqidagi hujjatli filmni tomosha qildilar.

Tadbirda, shuningdek, aloqador vazirlik va idoralar, FAO, BMT, BMTTD, Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ), Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD), Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA), KfW taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Filmni "Zamin" fondining YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

#HosildorZamin #OnaYerNidosi

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Irrigatsiya va Agrar universitetlarida "Ona yer nidosi" nomli film premyerasi o‘tkazildi
#19dec

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
«Янги Ўзбекистон» газетасининг 2025 йил 22 декабрдаги 266-сонида «Канал ва ариқларни бетонлаш сувни тежаб, ҳосилга барака киритяпти» номли мақола чоп этилди. Унда Фарғона вилоятида олиб борилаётган ишлар кенг ёритилди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴Farg'ona 24
22.12.2025

Tomchilatib sug‘orish tizimi afzalliklari. Ushbu yo‘nalishda Toshloq tumanida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebooka
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2026 году"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
ФАРҒОНА ВИЛОЯТИДА ШЎР ЮВИШ ИШЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ БЎЙИЧА СЕМИНАРЛАР ЎТКАЗИЛМОҚДА

Фарғона вилоятида қишлоқ хўжалиги ерларининг мелиоратив ҳолатини яхшилаш, шўрланиш даражасини камайтириш ҳамда ер унумдорлигини ошириш мақсадида кузги-қишки мавсумда шўр ювиш ишларини ташкил этиш бўйича кўргазмали семинарлар ўтказилмоқда.

Навбатдаги семинар Қўштепа туманида ташкил этилди. Унда туман ҳокими, туман ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари, туман қишлоқ хўжалиги бўлими, Сув етказиб бериш давлат муассасаси, мелиорация хизмати мутахассислари, шунингдек, кластерлар ва фермер хўжаликлари раҳбарлари иштирок этди.

Семинар давомида кузги-қишки мавсумда шўр ювиш ишларини сифатли ташкил этиш, ерларни шўр ювишга тайёрлашда агротехник талабларга қатъий риоя қилиш масалалари муҳокама қилинди. Хусусан, ер майдонини текисламасдан ва пол олмасдан туриб сув қўйишга йўл қўйилмаслиги, шўр ювиш ишларини фақат полдан полга ўтган ҳолда амалга ошириш зарурлиги таъкидланди.

Маълум қилинишича, жорий кузги-қишки мавсумда вилоят бўйича 26 минг 170 гектар турли даражада шўрланган ер майдонларида шўр ювиш ишларини амалга ошириш режалаштирилган. Мазкур жараёнларни сифатли бажариш мақсадида мелиоратив экспедиция томонидан 1495 та фермер хўжалигига 2990 та тавсиянома, 4903 та контурга эса 9806 та сертификат тарқатилган.

Семинар якунида масъулларга шўр ювиш ишларини белгиланган муддатларда ва агротехник талабларга мувофиқ амалга ошириш, сув ресурсларидан самарали фойдаланиш бўйича тегишли кўрсатмалар берилди.

Сирдарё-Сўх ИТҲБ матбуот хизмати