NASHRIYOTLAR UCHUN RAQAMLI EKOTIZIM
145 subscribers
63 photos
36 videos
1 file
68 links
NURE — nashriyotlar uchun raqamli ekotizim.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Admin.slib.uz tizimida eski maqollarni qo'shish bo'yicha video qo'llanma.

✅ Maqola nomini 3 tilda kiriting
✅ Muallif va kalit so'zlarni qo'shing
✅ Annotatsiya va adabiyotlarni to'ldiring
✅ PDF faylni yuklang va yuboring — tayyor!
Savol va murojaatlar uchun:
📞+998773340009
📩@Slibuz_support

Telegram | YouTube
Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚ADMIN.SLIB.UZ|Jurnal mas'ullari kelib tushgan maqola arizasini ko'rib chiqish va chop etish jarayoni

Admin.slib.uz ga kirib, "Maqola arizalari" bo'limini oching.
1️⃣ Ariza ma'lumoti — maqola ma'lumotlar
2️⃣Texnik ekspertiza — Antiplagiat, AI Detector va savodxonlik tekshiruvi
3️⃣Taqrizlash — taqrizchi Science ID orqali tanlanib, "Taqrizchilarga yuborish" tugmasi bosiladi
4️⃣ To'lov —to'lov amalga oshiriladi
5️⃣Yakuniy bosqich — maqolaga ROI biriktiriladi, maqola fayli yuklanadi.
🤩 Jarayon tugagach, maqola "Maqola (Chop etilgan)" bo'limida ko'rinadi!

Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring.🤩

🔵Telegram |🟥 YouTube
📷Instagram |👥 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SLIB.UZ — Mahalliy ilmiy jurnallar va maqolalarni
bir platformada jamlagan raqamli resurs.⚡️

🤩Platformada O'zbekistonning yetakchi universitetlar va ilmiy muassasalar jurnallari mavjud. 🇺🇿
🤩 Shuningdek, ilmiy faoliyatdagi ko‘plab muammolar uchun zamonaviy yechim.✅


📱 Telegram | 🟥 YouTube
📷 Instagram | 👥 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Izlanuvchilar maktabi
Kuchli tadqiqot yozishdan oldin, kuchli adabiyot topish kerak.

Ko‘pchilik izlanuvchilar dissertatsiya yoki maqola yozishni boshlaydi, lekin mavzu bo‘yicha avval nimalar qilinganini yetarlicha o‘rganmaydi.

Aslida ilm-fan yangi fikr aytishdan oldin mavjud bilimlarni chuqur tahlil qilishdan boshlanadi. Shu jihatdan SLIB.UZ kabi ilmiy manbalarni jamlagan platformalar tadqiqotchilar uchun muhim vosita hisoblanadi.

Chunki ba'zan yangi ilmiy natija yaratishdan ko‘ra, avval yaratilgan natijalarni topish qiyinroq bo‘lib qoladi.

Yaxshi dissertatsiya yoki maqolaning poydevori to‘g‘ri tanlangan va puxta o‘rganilgan adabiyotlar bazasidir.

✅ @scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SLIB.uz — ilmiy jurnallar, mualliflar, taqrizchilar va tahririyatlar uchun yaratilgan zamonaviy raqamli platforma.

✅ Maqola yuborish
✅ Antiplagiat tekshiruvi
✅ AI Detector orqali tahlil
✅ Savodxonlik nazorati
✅ eTaqriz.uz orqali taqrizlash
✅ DOI va ROI integratsiyasi
✅ Jurnal boshqaruvi va monitoringi
✅ Jurnal web saytini yaratish


SLIB.uz ilmiy maqolalarni qabul qilishdan tortib, nashr etishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni yagona platformada birlashtiradi.

Telegram | YouTube
Instagram | Facebook
👍2🔥2
💙💙💙

📣 Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan yagona platforma orqali o‘zbek tili interfeysida erkin foydalanish imkoniyati yaratildi

Innovatsion rivojlanish agentlligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda "Ilmiy tadqiqotchilar va innovatorlar assotsiatsiyasi" jamoat birlashmasi hamkorligida xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga yagona kirish imkonini beruvchi SData (sdata.uz) platformasi ishga tushirildi.

Platforma olimlar va tadqiqotchilarga:
🔵 xalqaro ilmiy manbalarni qidirish;
🔵 maqolalar va ilmiy ma’lumotlar bilan tanishish;
🔵 turli bazalardan yagona interfeys orqali foydalanish imkonini beradi.

SData ochiq fan (Open Science) tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi va ilmiy ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlaydi.

Bugungi kunda platforma:
✅ 336 mln+ ilmiy resurslar;
✅ 316 mln+ ilmiy maqolalar;
✅ 118 mln+ tadqiqotchilar profillari;
✅ 283 ming+ ilmiy jurnallar;
✅ 125 ming+ ilmiy va ta’lim muassasalari ma’lumotlarini qamrab oladi.

Shuningdek, SData OpenAlex, Zenodo va DOAJ kabi xalqaro tizimlar bilan integratsiya qilingan.

🌐 SData — O‘zbekiston ilm-fanini global ilmiy makon bilan bog‘lovchi zamonaviy raqamli platforma.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
📚 Bugun O‘zbekistonning yetakchi nashriyotlari vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida SLIB.UZ bazasining faoliyati, uning imkoniyatlari va ilmiy nashriyotlar uchun taqdim etayotgan xizmatlari muhokama qilindi.
Alohida e’tibor nashriyotlar bugungi kunda duch kelayotgan muammolar va dolzarb masalalarga qaratildi. Nashriyot vakillari bilan mavjud muammolarni batafsil muhokama qilib, ularning yechimlarini SLIB.UZ bazasi imkoniyatlari orqali amalga oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ilmiy nashrlar sifatini oshirish, nashriyot jarayonlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslashish va O‘zbekiston ilmiy jurnallarining xalqaro ko‘rinuvchanligini oshirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.
🤝 Uchrashuv SLIB.UZ va O‘zbekiston nashriyotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
#SLIBUZ #Nashriyotlar #IlmiyNashrlar #IlmFan #Uzbekistan
👍5🔥1
📢 SLIB.UZ’DA YANGI IMKONIYAT!

Endi Science ID’ga ega bo‘lmagan mualliflarning maqolalarini ham bazaga kiritish mumkin.

Muharrir «Science ID mavjud emas» bo‘limini tanlab, muallifning F.I.O., ish joyi va lavozimini qo‘lda kiritadi — shu bilan maqola bazaga qo‘shiladi.

⚠️ Eslatma: qo‘lda kiritilgan muallif tasdiqlanmagan hisoblanadi va maqola uning ilmiy reytingida aks etmaydi. Shu bois, Science ID mavjud bo‘lsa, aynan u orqali qo‘shish tavsiya etiladi.

🚀 Tez kunda — maqola yuklashning 4 ta yangi usuli:
1️⃣ XML fayl orqali avtomatik import
2️⃣ Jurnal sonining to‘liq PDF fayli orqali (AI yordamida)
3️⃣ Alohida maqola faylini yuklash orqali (AI yordamida)
4️⃣ Qo‘lda kiritish


📚 SLIB.UZ sizning takliflaringiz asosida takomillashib bormoqda!

🌐 https://slib.uz
👍3
📚 MILLIY NASHRLAR UCHUN RAQAMLI IMKONIYATLAR
Bugun Ilmiy tadqiqotchilar va innovatorlar assotsiatsiyasi tomonidan milliy ilmiy nashrlar vakillari uchun SLIB.UZ platformasi faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga platformaning imkoniyatlari, undan ilmiy jurnal faoliyatini raqamlashtirishda foydalanish yo‘llari hamda jurnal uchun zamonaviy veb-sayt yaratish imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etildi.
💻 SLIB.UZ orqali jurnalning raqamli platformasini shakllantirish, maqolalarni boshqarish, nashr jarayonlarini tizimlashtirish va jurnalning onlayn ko‘rinishini zamonaviy talablar asosida tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Tadbir milliy ilmiy nashrlarni raqamlashtirish, ularning xalqaro maydondagi ko‘rinishini kuchaytirish va zamonaviy ilmiy nashriyot standartlarini joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
#SLIBUZ #IlmiyNashrlar #MilliyJurnallar #Raqamlashtirish #IlmFan #IlmiyTadqiqot #DigitalPublishing #O‘zbekiston
👍4
Forwarded from Ilmmetriya Uzbekistan
🔬📚 ILMIY INFRASTRUKTURANI RIVOJLANTIRISH: WEB OF SCIENCE VA SLIB.UZ
📅 12-avgust kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Nurmatov Tulkin Isamurodovich bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🤝
🌐 Uchrashuv davomida universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy natijalarning xalqaro miqyosdagi ko‘rinuvchanligini oshirish va zamonaviy ilmiy axborot resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
🔎 Xususan, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi Web of Science imkoniyatlari, ilmiy nashrlar va iqtiboslar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy maydondagi faoliyatini rivojlantirish hamda universitetning ilmiy salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿💻 Shuningdek, Slib.Uz milliy ilmiy platformasi imkoniyatlari taqdim etildi. Platformaning ilmiy jurnallarni raqamlashtirish, ilmiy kontentni tizimlashtirish va mahalliy ilmiy nashrlarning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.
🚀🌍 Uchrashuv xalqaro va milliy ilmiy axborot resurslaridan samarali foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish hamda universitetning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini va raqobatbardoshligini kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🤝 Ilm-fan rivoji — zamonaviy ilmiy infratuzilma va xalqaro hamkorlikdan boshlanadi!
#WebOfScience #SlibUz #IlmFan #IlmiyTadqiqot #NavoiyDavlatKonchilikVaTexnologiyalarUniversiteti #IlmiyInfratuzilma #Naukometriya #IlmiyNashrlar #Research #Science #ResearchAnalytics #DigitalScience
👍1
📚 SLIB.UZ: ilmiy nashrlarni raqamlashtirish va rivojlantirish yo‘lida hamkorlik

Bugun ilmiy jurnallar nashriyotlari vakillari ishtirokida SLIB.UZ platformasining imkoniyatlari va ilmiy nashrlar faoliyatini raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan 3- seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga SLIB.UZ elektron ilmiy kutubxonasi, uning ilmiy jurnallar faoliyatidagi o‘rni hamda nashriyotlar uchun taqdim etayotgan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

💡 Xususan:
— ilmiy jurnallarni yagona raqamli muhitda jamlash;
— nashrlar va ilmiy maqolalarni tizimli boshqarish;
— ilmiy nashrlar sifatini oshirish va raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Seminar davomida jurnal nashriyotlari vakillari bilan fikr va tajriba almashilib, ilmiy nashrlarni raqamlashtirish hamda SLIB.UZ platformasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.


#SLIBUZ #IlmiyNashrlar #IlmiyJurnallar #Raqamlashtirish #IlmFan #IlmiyHamkorlik #Seminar #IlmiyEkotizim
👍2
📢 SLIB.UZ'da yangi imkoniyat!

Endi maqolangizning meta ma'lumotlarini qo'lda kiritishga hojat yo'q! 🎉

PDF faylini yuklash kifoya — sun'iy intellekt texnologiyasi maqola nomini, mualliflarni, annotatsiyani, kalit so'zlarni va boshqa ma'lumotlarni avtomatik aniqlaydi va tizimga yuklaydi.

✅ Vaqtni tejaydi
✅ Xatoliklar minimumga kamayadi
✅ Jarayon tez va qulay

Bu imkoniyatdan bugundan boshlab foydalaning! 👇
🌐 www.slib.uz

#SLIBUZ #SuniyIntellekt #Maqola #Ilm #Innovatsiya #Uzbekistan #AI #IlmiyTadqiqot
👍5