SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
682 subscribers
21.3K photos
1.57K videos
32 files
2.2K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni

📌 Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish, oʻzlari istagan kasblarga yoʻnaltirish, universitet imkoniyatlarini kengroq namoyish etish maqsadida SamDVMCHBU rektorining 13.05.2025-yildagi 02-01-09/1011-son xatiga muvofiq Agrotexnologiya fakultetida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʻtkazildi.

🔹 Unda viloyatimizning Urgut, Bulung'ur va Pastdarg'om tumanlaridagi 100 dan ortiq umumtaʼlim maktablari bitiruvchi oʻquvchilari, abituriyentlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Ularga fakultet tarixi, bugungi kundagi faoliyati, taʼlim tizimi, oʻquv dasturlari, mavjud yoʻnalishlar, talabalarga yaratilgan sharoitlar, mavjud qulayliklar, bilim dargohida taʼlim berayotgan pedagoglar salohiyati hamda abituriyentlarni qabul qilish tartiblari xususida keng maʼlumotlar berildi. Shuningdek, diplom olgach ularni qanday kasbiy faoliyat istiqbollari kutayotgani haqida maʼlumotlar taqdim etildi
.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#RasmiyMunosabat

📌 Talabalarga forma joriy etilmaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona "talaba formasi" joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qilamiz.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Yugurish_marafoni

“KORRUPSIYADAN HOLI YANGI OʻZBEKISTON UCHUN BIRLASHAYLIK!”

Joriy yilning 17-may kuni Samarqand shahrida yurtimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, fuqarolik masʼuliyatini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ijtimoiy ongni shakllantirish maqsadida “KORRUPSIYADAN HOLI YANGI OʻZBEKISTON UCHUN BIRLASHAYLIK!” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.

⚡️Mazkur marafonda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining professor-o'qituvchilar hamda talaba yoshlari faol ishtirok etishdi.

⚡️Ularning sportga boʻlgan mehrlari, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlashlari va korrupsiyaga qarshi murosasiz pozitsiyalari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlishdi.

⚡️Bu kabi tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirish, jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#TAVALLUD_MUBORAK

🌺Bugun Biotexnologiya fakulteti "O'zbek, rus tillari va adabiyoti" kafedrasi assistenti Gulruh Bozorovaning tavallud kuni.

💐Ushbu ajoyib kun munosabat bilan Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt hamda kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatingizga rivoj tilaymiz!!!

💐Hurmat bilan "O'zbek, rus tillari va adabiyoti" kafedrasi va universitet jamoasi
.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Bugun, 19-may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +29°...+16°, Ochiq havo

Tong: ☀️ +21°
Kun: ☀️ +28°
Oqshom: ☀️ +26°
Namlik: 28%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 6.6 m/s
Bosim: 763 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:14
Quyosh botishi: 19:42

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
📚 Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetida joriy yilning 19-may kunidan1-kurs talabalari uchun imtihon jarayonlari boshlandi.Birinchi imtihon 101-102-103-guruh talabalari uchun Biofizika va radiobiologiya fanidan test shaklida bo'lib o'tdi.

📍 Nazorat jarayoni fakultet tyutori Sh.Sadinova hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilib borildi. Talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, fan bo‘yicha egallagan nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Test jarayoni tartibli va shaffof o‘tdi. Talabalar bilimini baholashda odillik tamoyillariga rioya qilindi.

🎯 Barcha talabalarimizga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami